Baytlar (bytes va bytearray)
Pythonda baytli satrlar – bu nima va qanday maqsadlarda qo`llaniladi? Baytli satrlar oddiy satrlarga juda o`xshab ketsa-da, lekin, ba`zi farqlari ham mavjud. Keling shu farqlar haqida gaplashamiz.
Bayt o`zi nima? Bayt – raqamli axborotni saqlashva qayta ishlashda qo`llaniladigan eng kichik, minimal o`lchov birligidir. Baytlar ketma-ketligi o`zida ma`lum bir axborotni saqlaydi (matn, tasvir, musiqa …).
Baytli satr yaratamiz:
>>> b'bytes'
b'bytes'
>>> 'Байтлар'.encode('utf-8')
b'\xd0\x91\xd0\xb0\xd0\xb9\xd1\x82\xd0\xbb\xd0\xb0\xd1\x80'
>>> bytes('bytes', encoding = 'utf-8')
b'bytes'
>>> bytes([50, 100, 76, 72, 41])
b'2dLH)'
Bu yerdagi birinchi turgan uchta usul bilan biz tanishmiz. Oxirgisini esa tushuntirishimiz kerak bo`ladi. Bytes funksiyasi 0 dan 255 gacha bo`lgan sonlardan iborat ro`yxatni qabul qiladi va chr funksiyasini qo`llash oqibatida hosil bo`ladigan baytlarni qaytaradi.
>>> chr(50)
'2'
>>> chr(100)
'd'
>>> chr(76)
'L'
Baytlarni nima qilish kerak? Baytli satrlar deyarli barcha satrli ma`lumotlarning metodlarini qo`llasada, ular amalga oshirish kerak bo`lgan ishlar unchalik ham ko`p emas. Odatda ularni faylga yozish/fayldan o`qish yoki nimadir bir boshqa narsaga (ko`rinishga) o`tkazish mumkin. (Albatta, juda qattiq istasangiz, ularni chop etish ham mumkin). Ularni satrga aylantirish uchun decode metodi qo`llaniladi.
>>> b'\xd0\x91\xd0\xb0\xd0\xb9\xd1\x82\xd0\xbb\xd0\xb0\xd1\x80'.decode('utf-8')
'Байтлар'
Bytearray.
Pythonda bytearray – massiv baytdir. Bytes tipidan faqatgina uni o`zgartirish mumkinligi bilan farq qiladi. U haqida boshqa aytadigan muhim gap ham yo`q.
>>> b = bytearray(b'hello world!')
>>> b
bytearray(b'hello world!')
>>> b[0]
104
>>> b[0] = b'h'
Traceback (most recent call last):
File "", line 1, in
b[0] = b'h'
TypeError: an integer is required
>>> b[0] = 105
>>> b
bytearray(b'iello world!')
>>> for i in range(len(b)):
... b[i] += i
...
>>> b
bytearray(b'ifnos%}vzun,')
22-bob
Dostları ilə paylaş: |