1. Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so'zlar berilgan?



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə1/19
tarix23.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#157323
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
ONA TILIDAN TEST SAVOLLARI


AZAMATJON

Ona tili

1. Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so'zlar berilgan? A) shudring, yanga, dengiz
2. …gapirmasinmi? Ushbu so'zda urg'u qaysi bo'g'inga tushadi?- A) ikkinchi bo'g'inga B) uchinchi bo'g'inga
3.Quyidagi so'zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlining cho'ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo'yiladi?
- 1) ma...no; 2) san...at; 3) mo'...tadil; 4) in...om;
5) shu...la.
A) 1,2,3,4,5 B) 1,5 C) 1,3,5D) 2,4

4.Quyidagi so'zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalash uchun qo'yiladi?-1) qat...iy; 2) da...vo; 3) mo'...jiza; 4) sur...at;5) e...lon.


A) 1,4 B) 2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 2,5

5.Qator undoshli so'zlar berilgan javobni belgilang.


A) traktor, paxta, chaqqon B) ikki, million, metall C) stol, do'st, daraxt D) paxta, nimcha, o’simlik

6.Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur darsiga izzat-ehtirom bilan qadam qo'ymoq lozim. Ushbu gapda qo'sh va qator undoshli so'zlar miqdorini aniqlang.


A) 1 ta qo'sh undosh, 2 ta qator undoshli so'z
B) 2 ta qo'sh undosh, 2 ta qator undoshli so'z

7.Qaysi harf til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi? A) ch B) sh C) j D) k


8.shudring so'zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud?


A) 3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari

9.Kongress so'zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud?


A) 2 ta til orqa, 2 ta til oldi undoshlari
B) 2 ta til orqa, 4 ta til oldi undoshlari

10. So'z tarkibida n harfi qaysi harflardan oldin kelganda ba'zan m tarzida talaffuz qilinadi? A) b,m B) v, p C) f, t D) k, sh


11.Qaysi qatordagi so'zda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi? A) o'n bir B) tandir C) o'n so'm D) tomonda
12. Singlimning ancha ulg'ayib qolgan o'g'li yig'lab o'rnidan turdi-da, yana onasining bag'rida uxlab qoldi. Ushbu gapdagi necha so'z tarkibida tovush tushishi kuzatiladi? A) 3 ta so'zda B) 4 ta so'zda C) 5 ta so'zda D) 6 ta so'zda
13. -a fe'l yasovchi qo'shimchasi qo'shilganda so'z asosida qanday fonetik o'zgarish yuz berishi mumkin? 1) tovush tushishi; 2) tovush almashinishi; 3) tovush ikkilanishi; 4) tovush ortishi. A) 2,3 B) 2, 4 C) 1,2 D) faqat 2
14.Mening bu voqeadan xabardorligimni unga ayta ko'rma. Ushbu gapdagi so'zlar tarkibida qanday fonetik o'zgarishlar kuzatiladi? C) tovush orttirilishi, tushishi, almashishi D) tovush orttirilishi
15.jo'ja va jirafa so'zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o'zaro farqlanadi? C) portlovchi va sirg'aluvchiligiga ko'ra
1) tinmay; 2) o'n besh; 3) qamchin; 4) qantarmoq; 5) manmanlik; 6) sunbul Berilgan qaysi so'zlarda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi? A) 1, 2, 5, 6
16.So'z tarkibida qaysi harflardan oldin kelgan n harfi m holida o'qiladi, lekin n yoziladi? A) b va p B) d va t C) b va m D) v va f
17.Qaysi harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi? A) ng B) sh C) ch D) bunday harflar birikmasi mavjud emas
18.ko'ngil, singlisi, kongress so'zlarining birinchi bo'g'ini qaysi qatorda to'g'ri izohlangan? C) ko'ngil so'zida ochiq, singlisi, kongress so'zlarida yopiq bo'g'in
19.Berilgan so'zlarning qaysi birida birinchi bo'g'in ochiq bo'g'in hisoblanadi? 1) dengiz; 2) shtanga; 3) singlim; 4) ko'ngil A) 1, 2, 3, 4 B) 2,3 C) 1, 4 D) 1, 3, 4
20.Quyida berilgan gapda nechta ochiq bo'g'in borligini aniqlang. Go'zallik tuyg'usini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas. A)12 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 9 ta
21.Qaysi qatorda unli va sirg'aluvchi undoshlardan tarkib topgan so'zlar berilgan? B) vazifa, serhafsala, xo'roz
22.Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so'zlar berilgan? B) odob, botiq, qichitqi
23.Qaysi so'zning yopiq bo'g'ini unli va jarangli undoshdan iborat? A) qadriyat B) yoqimli C) iztirob D) fazilat
24. Fe'llarning vazifa shakli qo'shimchalari fe'lning qaysi lug'aviy shaklini hosil qilganda, bir unli tovush boshqasiga aylanishi mumkin? A) ravishdosh B) harakat nomi
25.-a, -ay, -illa fe'l yasovchi qo'shimchalari so'zlarga qo'shilganda, qanday tovush hodisasi ro'y beradi? A) tovush tushishi, tovush o'zgarishi
26.Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur sabog'iga izzat-ehtirom bilan qadam qo'ymoq lozim. Ushbu gapda qator undoshli so'zlar miqdorini aniqlang. A) 1 ta qator undoshh so'z
27. dengiz so'zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud?
A) 3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
B) 2 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
28.O'zbek tilida quyidagi tovush almashuvining qaysi ko'rinishi kuzatilmaydi? D) otdan sifat yasalganda o'zakdagi a tovushi o tovushiga almashishi
29.Qaysi so'zda hosil bo'lish o'rniga ko'ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) norasida B) mabodo C) qarg'a D) ko'rmana
30.Qaysi so'zda hosil bo'lish usuliga ko'ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) suzuvchi B) bedarak C) havoyi D) dabdabali
31.Qaysi so'zda hosil bo'lish usuliga ko'ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) romanlar B) sezuvchi C) kitobxon D) xushbichim
32.Sanab sanog'iga yetolmadi. Ushbu gapdagi so'zlar tarkibida jami nechta tovush o'zgarishi yuz bergan? A) 2ta B) 3ta C) 4 ta D) 5 ta
33. Sanab sanog'iga yetolmadi. Ushbu gapdagi so'zlar tarkibida jami necha marta tovush almashinish hodisasi yuz bergan?
A) 2ta B) 3ta C) 4 ta D) 5 ta
34.Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim,
bulbulimdan ayrildim; ko'nglim sindi chil-chil;
mening osuda yuragimni bu kun so'roqlamas hech kim.
Ushbu gapda fonetik qoida asosida yozilgan nechta so'z bor? A) 4ta B) 5ta C) 6 ta D) 7ta
35. Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim,
bulbulimdan ayrildim; ko'nglim sindi chil-chil;
mening ozurda yuragimni bu kun so'roqlamas hech kim.
Ushbu gapda fonetik qoida asosida yozilgan so'zlar qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan? 1) ega 2) kesim 3) aniqlovchi 4) to'ldiruvchi
A) 1 va 2 B) 1,2,3,4 C) 1, 2, 4 D) 2,4
36.Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim, bulbulimdan ayrildim; ko'nglim sindi chil-chil; mening ozurda yuragimni bu kun so'roqlamas hech kim. Ushbu gapda fonetik qoida asosida yozilgan nechta so'z bor, ularning nechtasi fe'l so'z turkumiga mansub? C) 6 ta so'z, 3 tasi fe'l
37. l, n tovushlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub emas? A) sirg'aluvchi undoshlar
38.1) yonbosh; 2) ko'nmaslik; 3) tutunsimon; 4) bo'yinturuq; 5) o'n besh Berilgan qaysi so'zlarda n harfi m tarzda talaffuz qilinadi? C) 1,2,5
39.k undoshiga to'g'ri tavsif berilgan javobni toping. C) til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
40.1) barcha; 2) texnika; 3) direksiya; 4) kimdir; 5) kitob Berilgan so'zlarning qaysi birida urg'u birinchi bo'g'inga tushadi? A) 1, 2, 4 B) 2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,3,5
41. kitob haqida qo'shilmasida urg'u qaysi bo'g'inga tushadi? A) haqida so'zining oxirgi bo'g'iniga B) haqida so'zining birinchi bo'g'iniga C) kitob va haqida so'zlarining oxirgi bo'g'iniga
D) kitob so'zining oxirgi bo'g'iniga
42.Qaysi so'zda til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
A) manmanlik B) qamchin C) ingichka D) tartib
43.Undosh tovushlar tovush paychalarining ishtirokiga ko'ra qanday turlarga bo’linadi?
A) jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar
44.Undoshlar qaysi xususiyatiga ko'ra jarangli va jarangsiz undoshlarga ajratiladi? A) tovush paychalarining ishtirokiga ko'ra
45.Og'zaki nutqning tovush tizimini o'rganuvchi bo'lim ...
A) fonetika B) grafika C) orfografiya D) orfoepiya
1) manba; 2) yonma-yon; 3) tandir; 4) qalampir; 5) tanbal; 6) yonbosh
46.Ushbu so'zlarning qaysi birida talaffuzda tovush o'zgarishi yuz beradi?
A) 1,2,5,6 B) 1, 3, 4, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 3,4,5,6
47.Men kecha uydan keldim. Ushbu gapda mantiqiy urg’u ostiga chizilgan bo'lakka tushganda, bu gap uchun mos keladigan so'roq gapni belgilang.
A) Kim kecha uydan keldi?
B) Sen kecha qayerdan kelding?
C) Sen qachon uydan kelding?
D) Kim kecha qayerdan keldi?
48.a yoki i unlisi bilan tugagan fe'l asoslariga qaysi qo'shimcha qo'shilsa a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi?
A) -sh B) -v C) -t D) -moq
49. 1) yig'lamoq; 2) o'ynatmoq; 3) sarg’aymoq; 4) o'rnatmoq; 5)chanqamoq; 6) qaynoqroq. Berilgan so'zlarning qaysi birida qo'shimchalar qo'shilishi natijasida fonetik o'zgarish vujudga
kelgan? A) 2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,6 C) 2, 3, 4, 6 D) 3, 4, 5, 6
50.Berilgan so'zlardan qaysi binning ikkinchi bo'g'inida u yoziladi?
A) mushf..q, muh..m C) mushk..l, mug..z D) mutr..b, musl..m
51.Qo'sh unlilarsiz yozilishi kerak bo'lgan so'zni toping. C) mutakaabbir
52.metall so'ziga qanday qo'shimcha qo'shilganda qo'sh undoshning biri yozilmaydi? D) har qanday qo'shimcha qo'shilganda
53.Qaysi qatordagi barcha so'zlarda nuqtalar o'rnida f harfi qo'yiladi? C) a... zun, sa... sargul, ta... tish
54.Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi? A) shu'la, ba'zan B) qat'iy, jur'at C) Is'hoq, as'hob D) mo'jiza, mo'tadil
55.Lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidasiga ko'ra Is'hoq so'zida ishlatiladigan tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi? C) oldin va key in kelgan tovushlar alohida tovushlar ekanligini ifodalaydi
56.Berilgan qaysi so'zda tutuq belgisi noto'g'ri qo'yilgan?
A) ma'sul B) ma'sum C) ma'mur D) ma'qul
57.1) kav...sh; 2) kib...r; 3) kir...m; 4) lut...f; 5) moy... 1
Imlo qoidasiga ko'ra nuqtalar o'rnida i unlisi qo'yilishi kerak bo'lgan so'zlarni belgilang. A) 1,2,3,5 B) 1,4,5 C) 3,5 D) 1,4
58.Berilgan so'zlarning qaysilarida nuqtalar o'rnida u unlisi yoziladi?
1) junj... kish; 2) juld... r; 3) zug'... m; 4) ibratom... z;
A) 1,2,3,4 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,4
59.Ayrim paytlarda ko'nglim onamni qo'msaydi-da, qanotim qayrilganini sezib, nafasim bo'g’zimga tiqiladi.
Ushbu gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so'zlar soni nechta?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
60.Noto'g'ri yozilgan so'zlar qatorini toping.
A) Xalqaro olimpiya qo'mitasi, Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, Nuroniy jamg'armasi
61.Qaysi qatordagi so'zlar imlo qoidasiga ko'ra to'g'ri yozilgan?
D) uchuriq, uchirim, uchunmoq
62.Bag'rim yoniq, yuzim qora, ko'nglim siniq, bo'yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim.
Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so'zlar soni nechta?
A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta
63. Imlo qoidasiga ko'ra xato yozilgan so'zni toping.
A) ma'yus B) ma'zur C) ma'sum D) ma'sud
64.1) yig'lamoq; 2) taranmoq; 3) chorlamoq; 4) anglamoq; 5) chanqamoq; 6) qaynoqroq. Berilgan so'zlarning qaysi biri fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1,4,6 C) 3, 4, 6 D) 4,5,6
65.1) taroqqa 2) buloqqa 3) so'roqqa 4) ilikka 5) kurakka 6) terakka
Jo'nalish kelishigidagi ushbu so'zlarning qaysi birida so'zning ham o'zak, ham qo'shimcha qismida tovush o'zgarishi yuz bergan? C)l,3
D) barchasida faqat qo'shimchada o'zgarish yuz bergan
66.Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Ushbu gapdagi nechta so'z tarkibida qo'shimchalar qo'shilishi natijasida tovush o'zgarishi vujudga kelgan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
67.Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Berilgan gap tarkibida so'zlarga qo'shimcha qo'shilishi natijasida qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan?
A) tovush tushishi B) tovush o'zgarishi
C) tovush orttirilishi D) tovush o'zgarishi va orttirilishi
68.Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir. Berilgan gapdagi qo'shimcha qo'shish natijasida tovush o'zgarishi vujudga kelgan so'zlar miqdorini aniqlang
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
69.Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir. Berilgan gap tarkibida so'zlarga qo'shimcha qo'shilishi natijasida qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan?
A) tovush tushishi B) tovush o'zgarishi
C) tovush orttirilishi D) tovush orttirilishi va o'zgarishi
70.Qaysi qatordagi so'zlarda qo'sh undosh qo'llanishi kerak?
A) has .... os, qo'sh ... a
B) ud ... aburon, tasad ... uq
C) hij ... alamoq, uv ... at
D) mut... asil, jiz ... illamoq
71. Imlo qoidasiga ko'ra qaysi so'z to'g'ri yozilgan?
A) uzur B) mumiyo C) mayil D) mab'r
72.nSo'zlarga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi qo'shilganda so'z tarkibida qanday fonetik o'zgarish yuz berishi mumkin?
A) tovush tushishi
B) tovush almashishi
C) tovush orttirilishi va almashishi
D) tovush almashishi va tushishi
108.Quyoshning uyg'onishi sen ta'riflagandan ham antiqa // tong nihoyatda go'zal bo'ladi. Ushbu gapda // belgisi o'rnida qaysi tinish belgisi qo'llanadi?
A) vergul B) tire C) nuqtali vergul D) ikki nuqta
109.Sadixqayrag'och shoxlarida chumchuqlar chirqillashib, ko'klamni olqishlaydi, allaqayoqlardan qaldirg'ochlar o'qday otilib kelib,
hovli ichiga kirib ketadi, chug'urlaydi, shiftga osilib uya soladi.
Ushbu gapda nechta yasama fe'l bor?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
110.Yozma nutqning harflar tizimini 'rganadigan tilshunoslik bo'limi -----
A) fonetika B) grafika C) orfografiya D) orfoepiya
111.Og'zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo’lakka bo'linmaydigan qismini toping.
A) so'z B) asos C) tovush D) qo'shimcha
112.qol, qor, qot so'zlarining ma'nolarini arqlashga xizmat qilayotgan tovushlarni aniqlang. C) til oldi undoshi D) til orqa undoshi
113.Talaffuzda tovush orttirilishi yuz bergan so'zlar qatorini toping.
A) tabiat, doim, ilm
114.- Xo'sh, menda qanday ishingiz bor, qulog'im sizda.
Berilgan gapda sintaktik bo’laklar tartibi qanday?
A) kirish so'z, to'ldiruvchi, aniqlovchi, ega, kesim, kesim
115.Imlo qoidasiga ko'ra xato yozilgan so'zni toping.
A) hasharot B) zalvorli C) qaynana D) qat'i nazar
141.Og'zaki nutqi yaxshi bo'lgani uchun davraga boshlovchilik qilish unga topshirildi. Berilgan gapda necha so'z fonetik qoida asosida
yozilgan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
142.Og'zaki nutqi yaxshi bo'lgani uchun davraga boshlovchilik qilish unga topshirildi.
Ushbu gapdagi so'zlar tarkibida qanday fonetik o'zgarishlar mavjud?
D) tovush almashuvi, tovush tushishi va tovush orttirilishi
143. Og'zaki nutqi yaxshi bo'lgani uchun davraga boshlovchilik qilish unga topshirildi.
Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan yasama so'zlar miqdorini aniqlang.
A) 1 ta B) 2ta C) 3 ta D) 4 ta
144. Yangi imlo qoidasiga ko'ra quyidagi so'zlarning qaysi biri qo'shib yoziladi? A) lang ochiq B) liq to'la C) och sariq D) yarim avtomat
145.1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko'ra quyidagi so'zlarning qaysi biri ajratib yoziladi? D) dardibedavo, timqora
146.Quyidagi talaffuz xususiyatiarining qaysilari yozuvda ham aks etadi? 1) k undoshi bilan tugagan otlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganda k undoshining g ga o'zgarishi; 2) q undoshi bilan tugagan otlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganda q undoshining g’ ga o'zgarishi; 3) g’ undoshi bilan tugagan otlarga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi qo'shilganda g’ undoshining q undoshiga o'zgarishi; 4) a unlisi bilan tugagan fe'llarga shaxs oti yasovchi -vchi qo'shimchasi qo'shilganda a unlisining o ga o'zgarishi
A) 1,2,3,4 B) 1, 2,4 C) 1,2,3 D) 1,2
147.Qaysi gapda imloviy xatoga yo'l qo'yilgan?
A) 1-oktabr — Ustozlar va murabbiylar kuni.
B) wBu sirni faqat senga aytayapman", — dedi u.
C) U vaqtda Toshkent ikkita shahardan iborat bo'lib, birini Eski shahar, ikkinchisini Yangi shahar deyishardi.
D) Berilgan gaplarda imloviy xatoga yo'l qo'yilmagan.
148.Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqayapti.
Berilgan gapda qaysi turkumga oid so'zni yozishda imloviy xatoga yo'l qo'yilgan? A) ravish B) fe'l C) ravishdosh D) ot
149. Berilgan so'zlarning qaysi biri to'g'ri yozilgan?
1) taqiqlamoq; 2) tahqiqlamoq; 3) ta'qiqlamoq
A) 1,2 B) 3 C) 1 D) 2,3
150.1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik;
Berilgan ushbu so'zlarning qaysi biriga egalik
qo'shimchasi qo'shilganda, asos qismda fonetik
o'zgarish bo'ladi? A) 1,2,3,4 B) 2,5 C) 1,3,4
151.Yil bo'yi qo'shilmasida urg'u qaysi bo'g'inga tushadi?
D) yil bo'yi birikuvida faqat yil so'ziga
152. Qaysi qatordagi yasama fe'l fonetik yozuv asosida yozilgan?
C) Salimjon qo'ylarini erinmay birma-bir sanadi.
D) Dalada mashinalar ko'paymoqda.
153.Qaysi kelishik qo'shimchasi qo'shilishi natijasida
ba'zi so'zlar fonetik yozuv qoidasi asosida
yozilishi mumkin?
1) qaratqich kelishigi; 2) tushum kelishigi;
3) jo'nalish kelishigi; 4) o'rin-payt kelishigi;
5) chiqish kelishigi
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 3 D) 3, 4
154.1) yozmoq; 2) ko'rmoq; 3) chiqmoq; 4) osmoq
Ushbu fe'llardan payt ravishdoshi yasalganda ularning qaysi biri morfologik (yozuv) qoida asosida yoziladi?
A) 1,2,4 B) 2,3,4 C) 1,3 D) 1
155.1) ekmoq; 2) ko'rmoq; 3) chiqmoq; 4) tikmoq
Ushbu fe'llardan payt ravishdoshi yasalganda ularning qaysi biri fonetik (yozuv) qoida asosida yoziladi?
A) 2,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1
156.Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig'lab uyga keldi.
Berilgan gapda necha so'z fonetik qoida asosida yozilgan?
A) 1ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
157.Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig'lab uyga keldi.
Ushbu gapdagi so'zlar tarkibida qanday fonetik o'zgarishlar mavjud?
A) tovush tushishi
B) tovush tushishi va almashuvi
C) tovush almashuvi va tovush orttirilishi
D) tovush almashuvi, tovush tushishi va tovush orttirilishi
158.Qoyalar bag'ridan o'ynab oqib tushayotgan shalola unga zavq bag'ishlardi.
Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so'zlar miqdorini aniqlang. A) 1ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
159.1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko'ra quyidagi so'zlarning qaysi biri xato yozilgan? A) parvoyim B)obro'yim C)avzoyim D) orzuyim
160.Berilgan qaysi gap tarkibidagi so'zda fonetik jihatdan til oldi, sirg'aluvchi, jarangli birgina tovushdan tashkil topgan qo'shimcha mavjud?
A) Birdan osmon guldurab, sharros yomg'ir quydi-yu, tinchidi.
B) Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko'zlari katta ochildi.
C) Aqlli o'zini ayblar, aqlsiz — do'stini.
D) Ishlar shuncha ko'payib ketdiki, bosh qashishga vaqt yo'q.
161.Nuqtalar o'rnida bo'g'iz tovushi yoziladigan so'zlarni toping.
1) xayr ... ohlik; 2) xayr- e... son; 3) hoyu ... avas; 4) mav ... um; 5) ma ... fiy
A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4 C) 1,3,5 D) 1,4
162.1) ko'chmoq; 2) tikmoq; 3) sog'moq; 4) chiqmoq; 5) egmoq
Ushbu fe'llardan o'tgan zamon sifatdoshi yasalganda ularning qaysi biriga jarangsiz undosh bilan boshlanuvchi qo'shimcha qo'shiladi? C) 2,4
163.1) ko'chmoq; 2) tikmoq; 3) sog'moq; 4) chiqmoq; 5) egmoq
Ushbu fe'llardan o'tgan zamon sifatdoshi yasalganda ularning qaysi biriga jarangli undosh bilan boshlanuvchi qo'shimcha qo'shiladi? A) 1,3,5
164.1) ko'chmoq; 2) tikmoq; 3) sog'moq; 4) chiqmoq; 5) egmoq
Ushbu fe'llardan o'tgan zamon sifatdoshi yasalganda ularning qaysi biri morfologik qoida (yozuv) asosida yoziladi?
A) 1,3,5 B) 2, 3, 4, 5 C) 2, 3, 4
165.1) ko'chmoq; 2) tikmoq; 3) sog'moq; 4) chiqmoq; 5) egmoq
Ushbu fe'llardan o'tgan zamon sifatdoshi yasalganda ularning qaysi biri fonetik qoida (yozuv) asosida yoziladi?
A) 2,4 B) 1,3,5 C) 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5
166.eg(qayir), ek (ko'chat ek) so'zlariga -gan qo'shimchasi qay tarzda qo'shiladi? C) eggan, ekkan
167.Juft so'z imlo qoidasiga ko'ra to'g'ri yozilgan qatorni toping.
A) sa'yi-harakat B) sayi-harakat
C) saiy-harakat D) sa'y-harakat
168. Quyidagi yozuvlardan qaysi biri hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi? C) o'rxun-enasoy, uyg'ur, sug'd yozuvlari
169.Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo'ydiki, bu fanlarning sirli olami uning butun borlig'ini qamrab oldi.
Ushbu gapda nechta so'z fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
170.Qaysi qatordagi so'zlarda urg'u oxirgi bo'g'inga tushmaydi?
A) qachondir, yozamiz, do'stlarcha
171.Uslubiy jihatdan noto'g'ri qo'llangan so'z ishtirok etgan gapni toping.
1) Mashina devon tepasiga ko'tarildi.
2) Otning afzalini shayladi.
3) O'zbek xalqi ichidan o'nlab daholar yetishib chiqqan.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2
199.Hoy, otginang nima edi; qulunim, sho'rvang sovib
qoldi? (O. Yoqubov) Ushbu gapda bolani erkalatish uchun qo'llanilgan
qulun so'zi qaysi qatorda to'g'ri izohlangan? C) otning bolasi
200.Chin so'z mo'tabar, yaxshi so'z muxtasar.
Tagiga chizilgan so'zning ma'nosi to'g'ri izohlangan javobni toping.
A) tugallangan B) mantiqli C) qisqa D) foydali
201.Quyidagi so'zlardan qaysilarining paronim jufti
yo'q? C) avlod, dahiiy, lanj
202.Intiboh va ishtiboh so'zlarining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri berilgan?
A) intiboh - ogohlantirish; ishtiboh -gumon
203.1. O't ishi - qovurmoq. 2. Bitta ham yovvoyi o't qolmasin. 3. Ko'chadan o'tsang, to'g'ri o't. 4. Qalbida ishq o'ti alangalandi.
Ushbu gaplarning qaysilarida o^t so'zi bir so'zning ko'p ma'nolari hisoblanadi?

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə