1. Qishloq xo’jalik mashinalarining tasnifi. Tuprog’ning fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari


Pluglar traktorlarga taqilishiga ko’ra



Yüklə 23,61 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü23,61 Kb.
#138534
1   2   3
Tuproqqa minimal ishlov berish berish usullari va ularni amalga oshiruvchi mashinalarni o`rganish

Pluglar traktorlarga taqilishiga ko’ra o’rnatma (osma), tirkama, yarim o’rnatma, yarim tirkama.
Pluglar korpuslar soniga ko’ra bir korpusli va ko'p korpusliga bo'linadi.
Pluglarning pushta (vsval) va ariqcha (razval) hosil qilib haydaydigan va tekis haydaydigan turlari mavjud.
Pluglarning asosiy ishchi organi korpuslarga ko’ra bir necha xil bo’lishi mumkin: lemexli ag’dargichli korpusli, rotorli ag’dargichli, ag’dargichsizn korpusli, bir, ikki, uch yarusli korpusli pluglar.
Plugning asosiy ish organlari korpus, chimqirqar, pichoq va tuproq chuqurlatkichlardan iborat.
Korpus tuzilishiga ko’ra ag'dargichli, ag'dargichsiz, kesuvchi, ko’mib ketuvchi, diskli hamda rotorli turlariga bo’linadi. Korpus tayanchga mahkamlangan lemex, ag'dargich va dala taxtasidan iborat. Ba'zi korpuslarda tuproqlarning to'liq ag'darish uchun ag'dargichga uzaytirgich yoki burchak keskich ulanadi.
Ish vaqtda korpus lemexning tigi va dala taxtasining ketingi ostgi sirti egat tubiga tegib sirpanadi. Dala taxtasi lemex va ag'dargichga ta'sir etuvchi tuproq bosimidan hosil bo’ladigan yonaki kuchlarga aks ta'sir ko’rsatib, tayyanchni burilib ketishdan saqlaydi, Umumiy ishlarga mo’ljallangan pluglarga qamrash kengligi 25, 30, 35 sm, maxsus pluglarga esa 45, 50, 60, 70 va 100 sm bo’lgan korpuslar o’rnatiladi.
Ish yuzasining shakliga qarab ag'dargichlar silindrsimon, madaniy, vintli va yarim vintli bo’ladi, Mamlakatimizda asosan madaniy va yarim vintli ag'dargichlar ishlatiladi.
Ag'dargichsiz korpus shamol eroziyasiga uchraydigan erlarning tuproq qatlamini ag'darmay chuqur haydash-yumshatish uchun ishlatiladi. Bunday haydashda tuproq qatlami ag’darilmasdan yaxshi yumshaydi.
Iskanali korpus og'ir tuproqli va yumshoq erlarni shudgorlashda ishlatiladi. Iskananing tuproqga sanchiladigan uchi lemexdan 2-3 sm oldinga chiqib turadi va korpusni tuproqga kirishini ta'minlaydi, shuningdek lemexni toshlarga duch kelganda sinishidan saqlaydi. Korpus lemex, ag'dargich, dala taxtasi va stoykadan iborat. Korpus harakatlanganida lemex er qatlamini kesib ag'dargichga uzatadi.
Yüklə 23,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə