1. Quyida berilgan hayvonlar nechta tipga (a) va nechta sinfga (b) tegishli?



Yüklə 73,51 Kb.
tarix10.05.2022
ölçüsü73,51 Kb.
#86434
BIOLOGIYA-03.05.2020


BIOLOGIYA
1. Quyida berilgan hayvonlar nechta tipga (a) va nechta sinfga (b) tegishli?

1) jigar qurti; 2) ildizog’iz medusa; 3) qoramol tasmasimon chuvalchang; 4) qizil chuvalchang; 5) nereida; 6) krevetka;

7) biy; 8) iskabtopar; 9) bitiniya; 10) dresena; 11) eshakqurt;

12) kalmar; 13) tripanasoma; 14) kulrang satir; 15) kana; 16) bit.

A) a-8, b-11; B) a-7, b-12;

C) a-6, b-12; D) a-10, b-8;


2. Simpatik nerv sistemasi va gipofiz bezi uchun

umumiy bo’lgan xususiyatlarni aniqlang

1) qon bosimni oshiradi 2) qon bosimni susaytiradi

3) ichaklar ishini susaytiradi 4) siydik ajralishini

kamaytiradi 5) ichaklar ishini kuchaytiradi

A) 1,4; B) 1,3; C) 2,4; D) 3,5;


3. Gullari to‘g‘ri, asosiy ildizi rivojlanmagan,

chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni

belgilang.

A) tamaki, turp, suli;

B) oddiy jag ‘-jag‘, o’sma, rediska;

C) lola, anzur, oshanin;

D) isirg’ao’t, tangao’t, gledichiya;
4. Ko’krak qafasi hajmi kattalashganda qaysi muskullarning tolalaridagi retseptorlar qo’zg’almaydi?

1) tashqi qovurg’alararo; 2) diafragma; 3) qorin muskullari;

4) ichki qovurg’alararo; 5) bo’yin

A) 1, 2, 5; B) 3, 4; C) 1, 3, 5; D) 2, 4;


5. Bug’doy barg to’qimasining ………… foizi, yo’g’ochligining … ………….. foizini selluloza tashkil qiladi?

A) 15-30; 60-70 % ; B) 15-30; 50 %;

C) 20; 50 % ; D) 15-30; 0 %;
6. Ushbu toʼpgulga ega oʼsimliklar soni nechta?

Nastarin, olma, tok, kungaboqar, olcha, sebarga, zubturum, karam, qoqioʼt, tol, qashqarbeda, piyoz, rediska, arpa, sabzi, bugʼdoy, ukrop, suli, sholi.

A) 2 ta; B) 3 ta. C) 4 ta; D) 1 ta;
7. Suv shillig’i qon aylanish sistemasi to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang.

A) yurak bo’lmasi –> arteriya –> to’qima va organlar –> qon tomiri –> o’pka -> yurak qorinchasi;

B) qorin aortasi –> jabra kapilyarlari –> orqa aorta –> to’qima va organ kapilyarlari;

C) yurak qorinchasi –> arteriya –> to’qima va organlar –> qon tomiri –> jabra -> yurak bo’lmasi;

D) yurak –> arteriya –> to’qima va organlar –> qon tomiri –> o’pka -> yurak;
8. Qon aylanish sistemasi harakati tog`ri ko`rsatilgan

javobni ko`rasting?

A) yarim oysimon klapan ochiq bo`lganida kovak

venalaridan qon o`ng bo`lmachaga quyiladi;

B) uch tavaqali klapan ochiq bo`lganida qon o`pka

arteriyasiga quyiladi;

C) Yarim oysimon klapan yopiq bo`lganida o`pka

venasidan chap bo`lmachaga qon quyilad;

D) ikki tavaqali klapan yopiq bo`lganda qon chap bo`lmachadan chap qorinchaga o`tadi;
9. Uy pashshalari (I) va kanalar (II) odamlarga qanday kasalliklarni yuqtirish mumkin?

1. vabo; 2. sil; 3. terlama; 4. ensefalit; 5. ichburuq;

6. tulyaremiya;

A) I-1,3,5, II-1,4,6; B) I-1,2,6, II-3,4,5;

C) I-4,2,5, II-3,1,6; D) I-1,2,5, II-3,4,6;
10. Drozafila blastamerlar soni undagi xromasomalar sonidan 1792 martaga farq qilsa hosil bo`lgan jami blastamerlar sonini aniqlang.

A) 256; B) 128; C) 64; D) 512;


11. Ayirish sistemasi ikki uchi ochiq nayga ega hayvonlarni aniqlang.

1) olma mevaxo’ri; 2) falanga; 3) turkiston termiti;

4) ustritsa; 5) zorka; 6) dreysena.

A) 1, 2, 6; B) 1, 3, 5;

C) 2, 4, 6; D) 3, 4, 5;
12. Akmal yugurganda 1 daqiqada 80 kj energiya sarflaydi. Unda 150 gr uglevod zaxirasi sifatida bo`lsa, necha daqiqadan so`ng yog` parchalanadi?

A) 33; B) 45; C) 50; D) 60;


13. Qaysi element jinsiy gormonlarning faolligini oshiradi?

A) Ca; B) Zn; C) Fe; D) Na;


14. Nozema hasharotlarning qaysi turkumlari vakillarida parazitlik qiladi?

1) ikki qanotlilar; 2) to‘g‘ri qanotlilar;

3) tangachaqanotlilar; 4) pardaqanotlilar

A) 1, 2; B) 2, 3; C) 2, 4; D) 3, 4;


15. 28 Yoshli sog’lom erkakning yuqorigi jag’ining o’ng

tomonida xos tish formulasini aniqlang.

A) 1-2-2-2; B) 2-1-2-2;

C) 2-1-2-3; D) 3-2-1-2;


16. Ituzumdoshlar (I) va bug'doydoshlar (II) oilasiga

mansub o simliklarning kelib chiqish markazi bilan

juftlang?

1) tamaki; 2) makkajo’xori; 3) soya; 4) beda; 5) arpa;

6) loviva; 7) qalampir; 8) kartoshka; 9) bug'doy; 10) sholi;

a) Janubiy Osiyo tropik markazi; b) Sharqiy Osiyo;

c) Janubi-g'arbiy Osiyo; d) O’rta Yer dengizi;

e) Abissiniya; f) Markaziy Amerika; g) Janubiy Amerika

A) I-1 -g, 7-f, 8-g; II-2-f, 5-e, 9-c, 10-a;

B) I-2-f, 5-e; II-3-g, 4-c, 5-a;

C) I-6-c, 7-a; II-7- a, 8-e, 9-g;

D) I-3-c, 4-b, 5-a; II-5-a, 7-e, 10-f;


17. Ko’rish analizatorining markaziy (a) va muvozanat

analizatorining periferik (b) qismlari qayerda joylashgan?

A) a-ko‟z to‟r pardaning orqa qismida. b- dahliz va yarim

doira kanalchalarda;

B) a-yarim sharlar po’stlog’ining ensa qismida. b-dahliz

va yarim doira kanalchalarda;

C) a- yarim sharlar po‟stlog‟ining ensa qismida. b-yarim

sharlar po‟stlog‟I tepa qismining oldingi markaziy egatida;

D) a- ko‟z to‟r pardaning orqa qismida. b-muskulning pay va tolalarida;
18. Sut shakarini aniqlang?

A) maltoza; B) laktoza; C) saxaroza; D) amilaza;


19. Umurtqali va umurtqasizlar(a), faqat umurtqalilar(b) tanasida parazitlik qiladigan organizimlarni juftlang?

1) jigar qurti; 2) rishta; 3) bezgak paraziti; 4) bolalar gijjasi;

5) exinakokk; 6) askarida;

A) a-1,5; b-4,6; B) a-2,3; b-4,5;

C) a-1,2; b-3,6; D) a-2,5; b-4,6;
20. Oddiy (I) va murakkab bargli (II) o’simliklarni aniqlang.

1) soxta kashtan; 2) na'matak; 3) jag'-jag';

4) yeryong'oq; 5) ituzum; 6) tugmachagul

A) I-3, 4, 5; II-1, 2, 6; B) I-1, 2, 4; II-3, 5, 6;

C) I-2, 3, 5; II-1, 4, 6; D) I-3, 5, 6; II-1, 2, 4;
21. Pomidorning sariq gulli yumoloq mevasi bilan oq gulli noksimon shaklli mevasi chatishtirilganda barcha avlodlar novvot rangli yumoloq shaklli meva olindi. Digeterazigota pomidorlar o`zora chatishtirilganda

3200 ta avlod olindi. Olingan avlodning nechtasi yumoloq shaklli sariq rangli genotipga ega bo`ladi?

A) 600; B) 1200; C) 1800; D) 1400;
22. Erkak asalarilarga mos kelmaydigan belgilami

ko‘rsating?

1) qishda nobud bo’ladi; 2) nashtari yo‘q;

3) ishchilarga nisbatan yirik; 4) ishchilarga nisbatan kichik;

5) mo‘ylovi yaxshi rivojlanmagan;

6) urug‘lanmagan tuxum hujayradan rivojlanadi;

7) orqa oyog’idagi savatchada gul changini yig‘adi;

8) og‘zi kemiruvchi- so’ruvchi; 9) og‘iz organi yaxshi rivojlanmagan; 10) mumdan katak yasaydi;

11) urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi;

12) ko'zi yaxshi rivojlangan; 13) nashtari bor.

A) 2, 4, 5, 7, 9, 10, 11, 12 B) 4, 5, 7, 8, 10, 11, 13

C) 1, 2, 3, 6, 8, 12 D) 3, 5, 7, 9, 10, 12, 13


23. Fotosintez jarayoni qaysi darajada o’rganiladi?

A) biosfera; B) hujayra;

C) biogeotsenoz; D) molekula;
24. Barcha tirik organizmlar energiya olish turiga qarab qanday guruhlarga bo'linadi?

A) fototrof, xemotrof; B) avtotrof, geterotrof;

C) avtotrof, saprofit, parazit; D) fototrof, geterotrof;
25. Sholi o’simligida poyaning baland va donning yirik bo’lishi poyaning past va donining mayda bo’lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Tajribada digeterozigotali sholi navlari o’zaro chatishtirildi. Natijada olingan 2400 ta baland poyali sholi o’simliklarining nechtasida doni mayda bo’ladi?

A) 800; B) 450; C) 600; D) 300;


26. Itsigakning afsonakdan farq qiluvchi jihatlarini

ko‘rsating.

1) gultojibarglarining ikkitasi qo‘shilgan, uchtasi

erkin; 2) barglari oddiy barg, yonbargsiz;

3) avtoxor o‘simlik; 4) gulgo‘rg‘oni oddiy,

gultojsimon; 5) barglari yonbargchaga ega, poyada

navbat bilan joylashgan; 6) sho‘radoshlar oilasiga

mansub; 7) burchoqdoshlar oiasiga mansub;

8) gulqo‘rg‘oni oddiy kosachasimon

A) 1, 2, 4; B) 1, 3, 5; C) 3, 4, 7; D) 2, 6, 8;


27. Hayvonlar haqida to`g`ri fikrni aniqlang.

1.erkak baqaning boshining ikki yonida rezanator bo`ladi 2.chuchuk suv tikan balig`ining erkagi urchish davridan suv o`tlaridan uya quradi 3.daryo qisqichbaqasining urg`ochisini qorin qismi boshko`krakka nisbatan kengroq 4.ishchi arilar partanagenez usulida rivojlangan voyaga yetmagan urg`ochilardir 5. Erkak tuya qushning patlari qo`ng`ir-kulurang tusda bo`lganidan cho`l manzarasida uzoqdan ko`zga tashlanmaydi 6.yo`rg`a tuvaloq yirtqich hayvonlarni e`tiborini tortish uchun nayrang ishlatadi

A) 1,2,6; B) 1,3,5; C) 2,4,6; D) 3,5,6;
28. Inson tafakkurining oliy darajasi ko’rsatilgan qatorni aniqlang?

A) His qilish; B) Ilmiy bilish;

C) Tafakkur qila olish; D) Analiz qila olish;
29. Komilning ovqat ratsionida oqsil va yog’dan ajralgan energiya umumiy ovqatdan ajralgan energiyadan 2255 kkal ga kam, uglevod miqdori ovqat tarkibidagi oqsil va yog’ning umumiy miqdori (g) dan 300 g ko’pligi ma’lum bo’lsa va oqsil miqdori yog’ miqdoridan 50 g ko’p bo’lsa, Komilning ovqati tarkibidagi yog’ va uglevodni massa nisbatini aniqlang?

A) 5,5:1; B) 1:1; C) 1:5,5; D) 1:5;


30. 2 ta katta va kichik DNK da jami nukleotidlar

yigʻindisi 400 ta boʻlib, ular 8,5 nm uzunlikka farq qiladi.

Katta DNK da 30% guanin bor. kichik DNK da sitozin

necha foiz boʻlganda undagi guaninlar soni katta DNK

dagi adeninlar soniga teng boʻladi.

A) 28%; B) 34%; C) 37,5%; D) 25,7%;



Yüklə 73,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə