1. setup bios dasturini sozlash Windows operatsion tizimini o‘rnatish



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə5/15
tarix03.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
KOMPYUTERNI ISHGA TUSHURUVCHI DASTURLAR...

O‘rnatishga tayyorgarlik. Bu holda «toza» qattiq diskka o‘rnatish kompyuterni yuklovchi kompakt-diskdan yuklash bilan boshlanadi (masalan, Windows XPning distributiv kompakt-diski yuklovchi hisoblanadi).
Distributiv kompakt-diskda mavjud bo‘lgan Setup dasturi o‘rnatishni boshlash uchun xizmat qiladi. Agar yuklanish kompakt-diskdan bajarilsa, bu dastur avtomatik yuklanishi mumkin. Xuddi shunday holat Windowsning oldingi versiyalaridan birini yangilashda bo‘ladi: CD-ROM jamlagichiga kompakt-diskning qo‘yilishi bilan o‘rnatish dasturi avtomatik ishga tushirish vositasi yordamida yuklanadi.
Agar avtomatik yuklash vositasi o‘chirilgan yoki ishlatish mumkin bo‘lmasa, o‘rnatish dasturini distributiv kompakt-diskning o‘zak katalogidan topish va mustaqil ravishda ishga tushirish kerak.

3. Operatsion tizimni qattiq diskdan o‘rnatish


Ko‘p foydalanuvchilar operatsion tizimni o‘rnatishning o‘ziga xos usullarini afzal ko‘radilar. Ular dastlab distributiv kompakt-diskning tarkibidagi barcha ma’lumotlarni qattiq diskga nusxa ko‘chiradilar.
So‘ngra ular o‘rnatishni kompakt diskdan emas, balki qattiq diskka ko‘chirilgan nusxadan bajaradilar. O‘rnatishning bunday usuli muhim xususiyatlarga ega.
Nusxa olish jarayonida axborot tashuvchining o‘qish xususiyati avtomatik tarzda tekshiriladi. Agar ma’lumotlar qattiq diskka muvaffaqiyatli ko‘chirilgan bo‘lsa, ularning keyingi o‘qilishiga ishonch hosil qilish mumkin. Agar ba’zi bir sabablarga ko‘ra distributiv axborot tashuvchi barqaror ishlab chiqarilmasa, bu holat juda muhimdir.
Qattiq diskdan o‘rnatish CD-ROM jamlagichdan o‘rnatishga nisbatan ancha tez bo‘ladi. Agar keyinchalik distributiv kompakt-diskdan o‘rnatishga zaruriyat tug‘ilsa, har doim qattiq diskdagi nusxasidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu drayverlarni o‘rnatish, operatsion tizimning komponentlarini qo‘shish yoki olib tashlash, muhim bo‘lgan sozlash kalitlarini almashtirish jarayonini osonlashtiradi.
Agar tizimning dastlabki yuklanishi tizimli yumshoq diskdan bajarilgan bo‘lsa, operatsion tizim o‘rnatilgandan so‘ng CD-ROM jamlagichining harfli belgilanishi o‘zgaradi. Shuning uchun distributiv kompakt-diskka keyingi murojaat qilinganda har doim manbaning qaerda joylashganiga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Qattiq diskdan o‘rnatilganda bunday muammolar kelib chiqmaydi.
Windows tizimining oxirgi versiyalarida o‘rnatish dasturining o‘zi o‘rnatilishi kerak bo‘lgan fayllarning nusxasini qattiq diskka ko‘chiradi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə