1. setup bios dasturini sozlash Windows operatsion tizimini o‘rnatish



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə7/15
tarix03.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
KOMPYUTERNI ISHGA TUSHURUVCHI DASTURLAR...

O‘rnatish variantini tanlash. Keyingi qadam – o‘rnatish variantini tanlashdan iborat. Agar Windows 98/Me operatsion tizimi o‘rnatilayotganda qattiq diskda nisbatan avval yaratilgan operatsion tiz im mavjud bo‘lsa, o‘rnatish dasturi avtomatik tarzda yangilash ish tartibiga o‘tadi. Bunday vaziyatda o‘rnatish ish tartibi shunday tanl anadiki, unda operatsion tizim komponentlarining joriy to‘plami saqlanadi.
Windows 2000/XP operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni bir necha farqlarga ega. Ulardan eng muhimi, ikkilangan yuklamali tizimni tashk il qilib, yangi operatsion tizimning eski operatsion tizim bilan birga parallel ishlash imkonining mavjudligidir. Shuning uchun foy dalanuvchi yuklanishning boshlang‘ich bosqichida eski tizimni yangi lashni yoki yangi tizimni o‘rnatishni tanlashi mumkin (3rasm). Eski tizimni yangilashning maqsadi – mavjud bo‘lgan dasturni,

3-rasm. Oldindan o‘rnatilgan operatsion tizimni yangilash sifatida Windows XP o‘rnatish.
ma’lumotlarni va sozlashlarni saqlab qolishdir. Operatsion tizim ishlab turganda yangi tizimni o‘rnatishdan foydalanish esa ikkilangan yuklamali tizimni tashkil qilish uchun qo‘llaniladi.
Windows XP ni o‘rnatish dasturi moslashuvchanlikka qat’iy talablarni ko‘rsatadi. Eski tizimni yangilash imkonini hamma konfiguratsiyalarga ham taqdim qilavermaydi.
Keyingi bosqich har qanday o‘rnatilayotgan tizim uchun fayllarni nusxa ko‘chirishdan iborat. Nusxa ko‘chirish foydalanuvchining aralashuvisiz, avtomatik tarzda bajariladi. Bu bosqich 15–20 minut davom etab, kompyuterning avtomatik qayta yuklanishi bilan tugaydi. Kompyuter qayta yuklanganidan keyin yangi operatsion tizim ilk marotaba ishlashni boshlaydi.
Kompyuter bir marta qayta yuklangandan so‘ng yangi tizim o‘rnat ilgan, ammo konfiguratsiyalanmagan bo‘ladi. U o‘zini-o‘zi soz laydi va kompyuterning apparat komponentlariga bog‘liqlikni bajaradi. Drayverlarni o‘rnatish, Bosh menyuni (Главное меню) shakl lantirish va shunga o‘xshash operatsiyalarni bajarishni amalga oshiradi. Bu bosqich bajarilish vaqtida kompyuter bir necha marta qayta yuklanadi. Natijada foydalanuvchi operatsion tizimning ishlashi uchun «yangi» Ishchi stolga ega bo‘ladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə