1. setup bios dasturini sozlash Windows operatsion tizimini o‘rnatish


Drayverlarni o‘rnatish va apparat komponentlarining ishlash xususiyatini tekshirish



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə8/15
tarix03.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98140
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
KOMPYUTERNI ISHGA TUSHURUVCHI DASTURLAR...

4. Drayverlarni o‘rnatish va apparat komponentlarining ishlash xususiyatini tekshirish


Windows operatsion tizimining boshqaruvi ostida kompyuterning apparat komponentlarining ravon ishlashi uchun uni o‘rnatishning o‘zi kifoya emas. Ular ham xuddi shunday mos keluvchi drayverni o‘rnatish va sozlashning tarkibida bo‘lgan mantiqiy «ro‘yxatdan o‘tish»lari kerak.
Drayver – bu operatsion tizim bilan qurilmalarning o‘zaro aloqasi uchun qo‘llaniladigan dasturiy vositachidir. Agar qurilma Windows tizimiga ulangan va mos keluvchi drayver bilan ta’minl angan bo‘lsa, bu qurilmaga har qanday ilova bemalol murojaat qila oladi. Bundan tashqari, yangi qurilma va unga mos bo‘lgan drayver o‘rnatilganda, ular operatsion tizimning hamma ilovalari uchun bu qurilmadan foydalanishni ta’minlaydi.
Operatsion tizim drayversiz qurilmadan foydalana olmaydi, chunki operatsion tizim uchun u mavjud emas. Shuning uchun drayverni o‘rnatish qurilmani ulash uchun eng muhim bosqichdir. Avvalo, mos keluvchi drayverni topish, keyin esa uni o‘rnatish va sozlash kerak.
Qurilma tomonidan foydalaniladigan apparat konfiguratsiyalari elementlari bilan bir qatorda Windows operatsion tizimi resurs terminidan foydalanadi. Windows tarkibida to‘rt xil resurs mavjud (4-rasm):

  • kiritish-chiqarish portlari (I/O);

  • uzilishlar liniyalari (IRQ);

  • qayd qilingan manzilli tezkor xotira hududi;

  • xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish kanallari (DMA).

Standart Plug and Play. Bu standart dasturiy vositalar yorda mida resurslardan foydalanishni nazorat qilish imkonini beradi. Plug and Play standarti barcha zamonaviy qurilmalar tomonidan quvvatlanadi. Plug and Play mexanizmi operatsion tizimga drayverl arni ziddiyatsiz sozlashni avtomatik tarzda bajarish imkonini beradi.
Windowsning standart drayverlari. Windows oilasiga mansub bo‘lgan barcha operatsion tizimlar mavjud bo‘lgan qurilmalar uchun ichki ma’lumotlar omboridan olingan «joylashtirilgan» drayverlarni

4-rasm. Operatsion tizim tomonidan taqsimlanadigan kompyuter resurslari.
o‘rnatadi. Windows ma’lumotlar ombori tarkibida har qanday qurilmalar uchun standart drayverlar to‘plami mavjuddir va har bir ishlab chiqarilgan yangi versiyasida qurilmalarning yangi drayverlari bilan doimiy ravishda to‘ldirilib boriladi. Microsoft korporatsiyasi vaqt-vaqti bilan yangi qurilmalar qo‘shilgan drayverlarning kengaytirilgan omborini ishlab chiqaradi. Afsuski, standart to‘plam har doim eskirib qolgan drayverlarni ham saqlaydi va eng yangi qurilmalarni quvvatlamaydi. Bundan tashqari, qurilmalarning faqat asosiy funksiyalarini quvvatlash hollari ham ma’lum (masalan, ba’zi bir videokartalarning drayverlari 3D-tezlatkichning mavjudligini e’tiborga olmaydi). Ko‘pincha boshqa manbalarning drayverlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə