1. Sog'lom turmush tarzining ahamiyati Oila byudjetini to'g'ri taqsimlash



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə2/6
tarix21.02.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#101162
1   2   3   4   5   6
INSON SOG\'LOM TURMUSH TARZIDA EKOLOGIK TABIIY OZIQ OVQAT MAHSULOTLARINING ROLI

2. Uy sharoiti. Kishi boshiga 9 m2 va undan ko'proq turar joy to'g'ri keladigan oilalardagi bolalarning sog'lomligi 5 m2 turar joy to'g'ri kelgan oilalarga nisbatan 7-8 harohar yuqondir.
Hozirgacha oilada eng katta, bahavo xona bolalarga emas, mehmonlarga ajratiladi. Eng yaxshi, qulay sharoit bolalar uchun yaratilishi kerak, degan ko'nikma ayrim oilalarda hali shakllanmagan. Oilalarda bolalar uchun eng yaxshi sharoit yaratilishini targ'ib etishga ahamiyat berish lozim.
3. Ovqatlanish. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Jannatmakon diyorimizda yetishtirilgan go'sht mahsulotlari, bug'doy, meva, poliz mahsulotlari vitaminliligi, to'yimliligi, mazahligi bilan dong taratgan.
Ulardan tayyorlanadigan antiqa milliy taomlarimiz ham jahonni lol qoldirmoqda. Ammo, ularni rejali, muntazam iste'mol qilish ko'nikmasi to'la shakllangan deb ayta olmaymiz. Vitaminlari yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste'mol qilish, ulaming miqdori jihatidan ham nomutanosibligi aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra qisMoq joylarida kattalar va bolalar ovqatida V1, V2, E va S vitaminlarining miqdori ancha past darajada. Ayniqsa, bolalar organizmining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish kuchi 25-27% pasayib ketganligi kuzatiladi.
Respublikamiz aholisi turli qatlamlari o'rtasida o'tkazilgan kuzatishlar ularning asosiy qismi non va non mahsulotlarini ko'proq, iste'mol qilishini ko'rsatadi. Bir kunda iste'mol qilinadigan oziq-ovqatlar kaloriyasi 1449 ni tashkil etadi. Vaholanki, mamlakatimiz bo'yicha oziq-ovqatlar quvvati darajasi 2567 kaloriya qilib belgilangan.
Respublikamiz tub aholisiga xos xususiyatlardan bin yog'li qovurilgan ovqatlarni muntazam iste'mol qilishdir.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki aholi sut va sut mahsulotlari, baliq mahsulotlarini kam iste'mol qilishi oqibatida bolalar va katta yoshdagilar orasida anemiya kasalligi ortib bormoqda. Bu ko'rsatkich, ayniqsa, qishloq aholisi o'rtasida yuqon darajada.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə