1. sonli qatorlar



Yüklə 143 Kb.
səhifə1/3
tarix26.01.2023
ölçüsü143 Kb.
#99332
  1   2   3

Qator yaqinlashishining zaruriy sharti
Reja:


1. Sonli qatorlar
2. Qator yaqinlashishining zaruriy sharti


1. SONLI QATORLAR
Faraz qilaylik, biror sonlar to’plamining barcha elementlari [1,n] oraliqda tartib bilan nomerlangan bo’lsin. U holda, bunday ketma – ketlikka sonlar ketma – ketligi deyilib,
a1, a2, … an (1)
kabi ifodalanadi va umumiy holda kabi belgilanadi.
Ta’rif: an ­­­­­sonli ketma - ketlikning hadlaridan tuzilgan
a1 + a2 +…+ an +…= (2)
ifodaga sonli qator deyiladi.
Sonli qatorning umumiy hadi an dan iborat bo’lib, a1, a2,… lar (2) qatorning hadlari deyiladi.
S1=a1; S2=a1+a2; S2=a1+a2+ a3;…; Sn=a1+ a2+…+ an (3)
larga berilgan (2) qatorning xususiy yig’indilari deyiladi.
Quyidagi (4)
qatorga (2) ning n qoldig’i deyiladi. Bunda k – hadi an+1 ga teng.
Qator yig’indisi deb (2) qatorning n → ∞ dagi limitiga aytiladi va yig’indi
(5)
kabi ifodalanadi.
Qatorlar ketma – ketlikning alohida ko’rinishlaridan iborat bo’lganligi sababli, ularning yaqinlashuvchi yoki uzoqlashuvchi ekanligini aniqlash qatorlar nazariyasining asosiy maqsadlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Agar n ning cheksiz o’sishi bilan (2) qatorning (3) xususiy yig’indilari chekli limitga ega bo’lsa, (2) qatorga – yaqinlashuvchi qator deyiladi. Agar xususiy yig’indilari chekli limitga ega bo’lmasa, (2) qatorga – uzoqlashuvchi qator deyiladi.

Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə