1-topshiriq Mavzu: Yozma va og’zaki nutq xususiyatlari Reja



Yüklə 64,2 Kb.
səhifə6/7
tarix02.01.2023
ölçüsü64,2 Kb.
#98107
1   2   3   4   5   6   7
1-topshiriq Mavzu Yozma va og’zaki nutq xususiyatlari Reja

7-topshiriq
Hasanali, Otabekning har bir siriga o‘zini mahram hisoblaganlikdan, darhaqiqat, Otabekka mahram bo‘lishga loyiq bir mehribonlikka ega bo‘lganlikdan, bek bilan ochiq so‘zlashish fikriga keldi. Bir necha daqiqa muqaddima uchun reja qurib o‘tirgandan so‘ng, tilga keldi:
— O‘g‘lim, Otabek!
— So‘zlangiz.
— Aytingiz-chi, men sizning kimingiz?
Otabek, Hasanalining maqsadiga tushunolmay majhul unga nazar tashladi.
— Sizmi? — deb kulimsiradi u. — Otam bo‘lmasangiz ham, meni otalik muhabbati bilan sevgan sodiq va mehribon bir kishimsiz, ya’ni ma’naviy otam.
— Barakalla, o‘g‘lim! — dedi Hasanali. — Javobingiz o‘z o‘ylaganimchadir. Endi sizdan shuni ham so‘rayin: xo‘jasiga sodiq bir qul, sizning ta’biringizcha, ma’naviy bir padar, o‘z o‘g‘liga yomonlik sog‘inarmi, bu to‘g‘rida javob beringizchi?
Otabek kutilmagan bu savoldan ajablandi:
— So‘zingizga tushunolmadim, ota! — dedi. — Shundog‘ bo‘lsa ham javob beraman: bu kungacha siz yolg‘iz mengagina emas — bizning oilamizga otalik mavqeyida turib, yaxshilikdan boshqani sog‘inmay kelasiz.
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar» romanidan.
2. Husayn Voiz Koshifiy nutqlarining ta’sirchanligi, jozibadorligi haqida uning o‘g‘li Faxriddin Ali Safiy «Latoyifut tavoyif» nomli asarida quyidagilarni eslaydi: «Kunlarning birida ahli majlisga Mavlono Sayid G‘iyosiddin degan mashhur so‘z ustasi kechikib kelgan. Bu majlisga Abdurahmon Jomiy ham tashrif buyurgan ekan. Sayid G‘iyosiddin kirib kelishi bilan Jomiy undan so‘rabdi:
— Nechuk kechikdingiz, mavlono G‘iyosiddin?
— Meni ma’zur tuting, ustod, — debdi G‘iyosiddin, —kelayotgan edim, masjidi jomeda Husayn Voiz Koshifiy nutq so‘zlayotgan ekan, shunga mahliyo bo‘lib qolibman. Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari jozibadorligi bilan har qanday kishini jalb qila olgan.
Alisher Navoiy va sulton Husayn Boyqaro o‘z she’rlarini xalq oldida rasmiy ijro etish lozim bo‘lganida, bu ishga Koshifiyni munosib ko‘rganlar. Masalan, Alisher Navoiy o‘zining Jomiyga bag‘ishlangan marsiyasini o‘qib eshittirishni Husayn Voizga topshirganligi bu fikrning isbotidir.
«Yuristning nutq madaniyati» kitobidan.


    1. Qodiriy, «O‘tkan kunlar» romanidan keltirilgan parchada so’zlashuv nutq uslubidan foydalanilgan holda badiiy uslub orqali asar yaratilgan.

«Yuristning nutq madaniyati» kitobidan keltirilgan parchada badiiy uslubdagi asardan foydalangan holda ilmiy uslub orqali kitob yaratilgan.
badiiy uslub

so’zlashuv uslubi
ilmiy uslub


Yüklə 64,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə