|
1. Tuproq qatlamini agʻdarmasdan ishlov berish tizimi Shudgorlash turlari. Tuproq qatlamini agʻdarib ishlov berish – pluglarQishloq xoʻjaligi maxsulotlarini koʻpaytirishning eng muhim shartlaridan biri qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini mashina-texnologik ta'minot hisoblanadi
|
səhifə | 10/13 | tarix | 22.03.2024 | ölçüsü | 108,62 Kb. | | #168853 |
| TUPROQ QATLAMINI AGʻDARMASDAN SHUDGORLASH MASHINALARI Qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini koʻpaytirishning eng muhim shartlaridan biri qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini mashina-texnologik ta'minot hisoblanadi. Jahon va mamlakatimiz tajribalari shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga yangi, yuqori samarali, resurstejamkor, aniqlik darajasi yuqori boʻlgan texnologiyalarni joriy etish, faqat ish unumi yuqori boʻlgan texnikalar va jihozlar asosida amalga oshiriladi. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar va Rossiya federasayasi xoʻjaliklarida zamonaviy, yuqori ish unumiga ega boʻlgan texnikalar asosida progressiv texnologiyalarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etish yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlishgan. Xususan gʻalladan gektariga 70-80 sentner va undan yuqori hosil olishgan. Tuproqqa ishlov berish texnologiya- larining rivojlanish tendensiyalari Zamonaviy agrotexnologiyalar ekologik xavfsizlikni va ma'lum bir iqtisodiy foyda olishni ta'minlaydigan, ekinlarda yuqori va sifatli hosil olish maqsadida ekin ekiladigan erlarni ekishga tayyorlash, ekish, parvarishlash, kutilgan hosil etishtirish va ularni yigʻishtirib olish jarayonlarini boshqarish kabi texnologik operasiyalar kompleksini tashkil qiladi. Hozirgi paytda, qishloq xoʻjaligining samarali rivojlanishini ilmiy va amaliy usullarga asoslangan yuqori ish unumiga ega boʻlgan texnikalar va innovasion texnologiyalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida eskirgan (ekstensiv) texnologiyalarni qoʻllash koʻplab yoʻqotishlarga olib keladi. Keyingi 10-12 yillarda aniq dehqonchilikning yuqori sifatli texnologiyalarida informatika, elektronika, masofadan turib atomatik boshqarish tizimlari, presizion texnikalarni qoʻllash natijasida jadal ravishda rivojlanmoqda. Tuproqqa ishlov berish texnologiya- larining rivojlanish tendensiyalari Bu esa mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini ishlab chiqaruvchilari xoʻjaligining rentabelligi va ularning konkurent lash qobiliyatiga ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Shuning uchun zamonaviy resursstejamkor texnologiyalar mamlakatimiz agrosanoat kompleksining turgʻun rivojlanishi aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|