1-tur Topishmoqni tinglang: Oyog‘i yo‘q qochadi, Qanoti yo‘q uchadi. Savol


Savol: Grimm iltimosi mazmuni nima edi? Javob



Yüklə 78,45 Kb.
səhifə2/4
tarix06.01.2023
ölçüsü78,45 Kb.
#98276
1   2   3   4
Мактабга саволлар 11.03.2022 (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol
Savol: Grimm iltimosi mazmuni nima edi?
Javob: Ertak aytib berish.
Izoh: Aka-uka Grimmlarning kichigi Vilgelm Grimm ertak aytib berishni iltimos qildi, lekin keksa ayol olim uchun emas, balki bolalarga ertak aytishga rozi bo‘lgan. Aka-uka Grimm ertaklarini televizor orqali ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.


8. Ro‘yxatni eshiting: makkajo‘xori, kartoshka, loviya, pomidor, qalampir, kungaboqar, tamaki. Ushbu mahsulotlarning hammasi Yevropaga bir joydan keltirilgan.
Savol: Qayerdan keltirilgan?
Javob: Amerika (qit’a).


9. Tasavvur bilan topiladigan savol. Mashhur sayyoh D.Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan. Afrikadagi bir rivoyatda: “Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘urib olgan-u, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib, yana yerga tiqib qo‘ygan” deyiladi.
Savol: Gap Afrikadagi qaysi daraxt haqida ketmoqda?
Javob: Baobab daraxti.


10. Ro‘yxatni yaxshilab eshiting: uchta inson, ulardan ikkitasi er-xotin, bitta it, bitta mushuk va bitta kemiruvchi. Bir ertakda Ular bir muammoni hal qilish uchun to‘planishgan edi.
Savol: Qanday muammoni hal qilish uchun?
Javob: Sholg‘omni chiqarib olish uchun.
Izoh: Bu yerda gap sholg‘om ertagi haqida ketayotgan edi. Ertakdagi kemiruvchi – sichqon.

2-tur


1. Abdulla Oripovdan she’riy parchani eshiting:
Asraymiz o‘simlik xillarin tayin,
Asraymiz hayvonlar kamyob zotini.
Hatto atroflarni o‘rab atayin,
“X” deymiz so‘ngra otini.
Savol: She’rdagi “X” o‘rnidagi o‘zbekcha so‘zni yozib bering.
Javob: Qo‘riqxona / Hayvonot bog‘i.
Izoh: She’r nomi ham “Qo‘riqxona” deb nomlanadi. Agar kimdir “hayvonot bog‘i” javobini yozib bergan bo‘lsa, uni ham qabul qilamiz. Ammo “zoopark” javobi qabul emas, chunki “zoopark” o‘zbekcha so‘z emas.


2. O‘zbekistonda bu mevali daraxtning 5 turi mavjud bo‘lib, oq va qora mevasi iste’mol qilinadi. Ocharchilik yillarida ham uning pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. Bu daraxt barglari bir hasharot uchun asosiy ozuqa hisoblanadi.

Yüklə 78,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə