1-tur Topishmoqni tinglang: Oyog‘i yo‘q qochadi, Qanoti yo‘q uchadi. Savol



Yüklə 78,45 Kb.
səhifə3/4
tarix06.01.2023
ölçüsü78,45 Kb.
#98276
1   2   3   4
Мактабга саволлар 11.03.2022 (1)

Savol: U qanday daraxt?
Javob: Tut daraxti.
Izoh: Tut daraxti barglari ipak qurti uchun asosiy ozuqa hisoblanadi. Ipak qurti esa hasharotlar sinfiga kiradi.


3. Ozod Sharofiddinov tomonidan aytilgan quyidagi fikrni tinglang: “Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishi kerak”.
Savol: U deganda qaysi predmet nazarda tutilgan?
Javob: Tokqaychi.


4. O‘tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobida shunday yozilgan: «Ikkita eng xolis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon.
Savol: Siz menga ikkinchisi xolis hakamni yozib bering.
Javob: Vaqt.


5. Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo‘lgan bu qush qadim zamonlardan buyon go‘zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklarida ko‘p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib go‘zal qush o‘z o‘limi oldidan qo‘shiq kuylashi haqida hikoya qilinadi.
Savol: Bu qaysi qush?
Javob: Oqqush.
Izoh: Afsonaga ko‘ra, hech qachon kuylamaydigan, sokin hayot kechiradigan oqqush faqatgina o‘limidan oldin kuylar ekan.

6. Bu san’at 16-17 asrlar bo‘sag‘asida, Uyg‘onish davrida paydo bo‘ldi. Italiyaning Florensiya shahridagi shoirlar, musiqachilar, rassomlar bu san’atning asoschisi bo‘lishgan. Bu san’atda ular san’atning har xil turlarini (she’riyat, musiqa, drama, tasviriy san’at) birlashtirishdi. O‘shandan buyon bu san’at butun dunyo bo‘ylab keng tarqaldi.
Savol: Bu qaysi san’at?
Javob: Opera.


7. Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar
arqonini uzib qochadi, otlar oldingi ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi.

Yüklə 78,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə