1 Turkiston o‘lkasıining ijtimoiy tuzilishi


Turkiston o‘lkasıining ijtimoiy tuzilishi



Yüklə 74,79 Kb.
səhifə4/15
tarix29.04.2023
ölçüsü74,79 Kb.
#107720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1 jahon urushi davrida turkiston olkasida ijtimoiy iqtisodiy hayot

1.2. Turkiston o‘lkasıining ijtimoiy tuzilishi

1910 – 1914-yillarda Turkiston o‘lkasida o‘zlikni anglash jarayonlari kuchaya boshladi. Birinchi johon urushi butun Rossiya imperiyasi, shuningdek Turkiston o‘lkasi aholisini ham og‘ir ahvolga soldi. Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o‘lkasi Rossiyaning chekka o‘lkasiga aylantirilib, o‘lkani iqtisodiy jihatdan ham o‘ziga qaram qilgan edi. XX asrning boshlarida Sharqning eng mashhur, eng taraqqiyparvar harakatchiligi – jadidchilikka asos solindi. Bu esa Turkiston o‘lkasida milliy o‘zlikni anglash jarayonini yuqori bosqichga olib chiqdi. Aynan shu davrga kelib esa Turkiston o‘lkasida siyosiy jarayonlar keskinlashib, avvaldan toyyorlanib kelingan istiqlolchilik harakatlari boshlab yuborildi. Turkiston 1917-yilda muhim siyosiy o‘zgarishlar arafasida turardi. Mintaqa xalqlari Rossiyaning 50-yillik mustamlakachilik zulmiga qarshi tinimsiz ravishda milliy-ozodlik harakatini olib borganlar. Dastlab ma’rifatparvarlik harakati sifatida vujudga kelgan jadidchilik Turkiston taqdiri hal qiliniyotgan bir pallada o‘zbek xalqini g‘oyaviy jihatdan birlashtiruvchi kuch sifatida maydonga chiqdi.

1917-yil fevralda Rossiyada inqilob g‘alaba qozonib, imperiya ag‘darib tashlandi. Mana shu voqeadan so‘ng Turkistonda imperiya ma’murlari boshchiligidagi eski apparat yana bir oy davomida faoliyat ko‘rsatdi. Turkiston o‘lkasining oliy ma’muriyati inqilobning dastlabki kunlaridanoq unga nisbatan ochiq-oydin dushmanona kayfiyatda bo‘lgan. Eng avvalo, General-gubernator Kropatkin Davlat Dumasi 1917-yil 28-fevral kuni kechqurun yuborgan Pedrogradda inqilob g‘alaba qozongani to‘g‘risidagi xabarni gazetalarda e’lon qilinishini uch kungacha ushlab turgan. Pedrograd voqealarning yashirilgani mustamlaka ma’muriyatining sarosimada qolganidan dalolat beradi. Kuropatkin 3- martda Nikolay II taxdan voz kechgani haqidagi xabar kelgunga qadar podsho hokimiyati tiklanishiga umid qilingan edi. 1917-yil fevral inqilobidan so‘ng bolsheviklar o‘zlarining yomon niyatda bo‘lgan ilk qadamlarini targ‘ibot va tashqivot yo‘llari bilan boshlab yuborganlar.5


Yüklə 74,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə