1-uzoq muddatli investitsiyalar hisobi


-TOVAR –MODDIY ZAXIRALAR TARKIBI VA UNING HISOBI



Yüklə 27,26 Kb.
səhifə3/4
tarix23.05.2022
ölçüsü27,26 Kb.
#87726
1   2   3   4
21- variant (1)

3-TOVAR –MODDIY ZAXIRALAR TARKIBI VA UNING HISOBI


Tovar-moddiy zaxiralar - faoliyat yuritish jarayonida keyinchalik sotish maqsadida saqlab turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoki ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
tovar-moddiy zaxiralar — tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo va materiallar, ularning doimiy faoliyati davomida foydalanish yoki sotish uchun mo‘ljallangan yoki sotish yoki taqsimlash uchun ishlab chiqarilgan aktivlar ko‘rinishida bo‘ladi;
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
barcha moddiy qimmatliklarning butligini ta’minlash hamda ishlatilishi va to‘g‘ri foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
zaxiralar va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib borish;
realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan, foydalanilmaydigan materiallarni o‘z vaqtida aniqlash;
tashkilot omborlarida mavjud bo‘lgan qoldiqlar haqida aniq ma’lumotlar olish va boshqalar.
4. Tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, saqlash va topshirish javobgarligi tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan moddiy javobgar shaxslarga yuklatiladi. Moddiy javobgar shaxslarning almashinishi tovar-moddiy zaxiralarning inventarizatsiyasi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini tuzish bilan amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni saqlash joylari tosh-tarozu jihozlari, o‘lchov asboblari, o‘lchov idishlari va boshqa nazorat moslamalari bilan ta’minlanishi lozim.
. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlar tomonidan sotib olingan yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar va boshqa mol-mulklarni o‘z ichiga oladi.
6. Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
oziq-ovqat mahsulotlari;
xizmat ko‘rsatish va qurilish materiallari;
harbiy qurol-aslahalar;
asosiy vositalar uchun ehtiyot qismlari;
strategik zaxiralar (masalan, energiya resurs zaxiralari);
muomalaga chiqarilmagan pul belgilari;
sotish uchun mo‘ljallangan pochta inventarlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish, shu jumladan o‘quv va ta’lim materiallari hamda tashkilot tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar (masalan, auditorlik tekshiruvi);

Tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi:


yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilinishi;
beg‘araz kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);
uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazilishi;
ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarning aniqlanishi;
tashkilotning o‘zida tayyorlanishi;

qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.


Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxidan past qiymatda hisobdan chiqarilmagan hollarda yoki iqtisodiy holatlarning o‘zgarishi oqibatida realizatsiya qilishning sof qiymati o‘sishi aniq holati kuzatilganda, yangi balans qiymati tannarx va qayta ko‘rib chiqilgan realizatsiya qilishning sof qiymati o‘lchamlarining eng past miqdorini tanlash orqali hisobdan chiqarish summasi qayta tiklanadi (qayta tiklanish hisobdan chiqarishning dastlabki qiymati doirasida amalga oshiriladi).



Yüklə 27,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə