1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Leksikologiya va uning sohalari haqida to`liq ma`lumot bering



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə50/163
tarix26.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131118
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163
1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari

Leksikologiya va uning sohalari haqida to`liq ma`lumot bering.

Tayanch so`zlar: semasiologiya, toponamika, onomastika. - 20 ball
Leksikologiya va uning asosiy vazifalari Leksikologiya (yunoncha lexikos-lug‘atga oid va logos-ta’limot) tilshunoslikning lug‘aviy birliklar tarkibini tekshiradigan bo‘limidir. Leksigologiya har bir so’zni yolg’iz holda emas, balki boshqa so’zlar bilan bog’liq holda o’rganadi. Leksigologiya tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda so’z yasalishi haqidagi ta’limot sohalari bilan chambarchas bog’liq. Leksikologiyada so’zlarning ma’no jihatdan o’zaro bog’langan, ya’ni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, so’z ma’nolarining erkin yoki bog’liq holda bo’lishi kabi masalalari ham o’rganilad. Omonimlar Omonimlar yunoncha homos-bir xil, onoma-nom so‘zlaridan olingan bo‘lib, talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo alohida ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlardir. Bunday so‘zlar leksik omonimlar deyiladi. Omonimlarni vujudgaga keltiruvchi hodisalar turlicha bo‘lib, ularning asosiylari qo‘yidagilardir: 1. O‘z qatlamga mansub bo‘lgan ba’zi so‘zlar tarixan fonetik tuzilishi har xil bo‘lsa ham talaffuzda shakldoshlik kasb etishi asosida omonimlarga aylanadi 2. Ko‘p ma’noli so‘zlar o‘rtasidagi ma’no bog‘lanishning uzilishi, zaiflashishi asosida ham omonimlar shakllanadi. 3. Umumturkiy yoki asl o‘zbekcha so‘zlar o‘zga tillardan so‘z o‘zlashtirish asosida ham shakldoshlikka ega bo‘lib qolishi mumkin. 4. Ma’lum bir so‘zning o‘zak-negizidan qo‘shimchalar orqali yangi so‘zlar yasalishi natijasida shakldosh so‘zlar hosil bo‘ladi. Paronimlar Paronimlar so‘zlar yunoncha para-juft va onoma-nom so‘zlaridan olingan bo‘lib, fonetik tarkibi va ma’nosi boshqa-boshqa biroq talaffuz jarayonida o‘xshash, yaqin bo‘lgan so‘zlardir. Paronimiya ba’zi til hodisalariga yaqin bo‘lib, ulardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: 1. Paronimlar so‘z variantlari (leksik dubletlar) bilan yondosh hodisadir. Ular ham ayrim tovush orqaligina farqlanib, talaffuz o‘xshashligiga ega bo‘ladi. Shu bois ba’zan paronimlar mazkur hodisa bilan chalkashtirilishi mumkin. Masalan, adabiy tildagi tomosha so‘zining ba’zan tomosho, tamosho tarzda ikki xil variantda fonetik jihatdan buzib ishlatilishi orqali uning talaffuz dubleti hosil bo‘ladi. 2. Paronimlar bilan yondosh hodisalardan yana biri omofonlardir. Bu ikki hodisaning asosiy o‘xshash va farqli tomonlari quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: a) monosillabik (bir bo‘g‘inli) o‘zlashma so‘zlardan tarkib topgan ba’zi paronimlardagi undoshlarning talaffuz o‘rni va usuliga ko‘ra bir xilligi ularni omofonlarga yaqinlashtiradi. Masalan: burch-burj, dars-darz, qars-qarz. Biroq aksariyat paronimlarda bunday undoshlar jarangli-jarangsiz juftlik bo‘lmay, hosil bo‘lishi o‘rniga ko‘ra o‘xshashlikka asoslanadi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə