1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


Sug'urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlar tarkibini tavsiflab bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə21/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

2. Sug'urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlar tarkibini tavsiflab bering.
Investitsiya faoliyatidan olingan daromadlar tarkibi: Bank jamg’armalari foizlari ; Qimmatli qog’ozlardan daromadlari; Kreditlar; Nizom Jamg’armasidagi ulushlarda ishtirok etishi.
Bu faolivatning ahamiyatli jihati shundaki, sug'urtachi o'z mijozlariga bonus to'lovlarini aynan investitsiya joylashtiriluvidan oladigan manbalari hisobidan toiaydi. Investitsiya bozorlari rivojlangan mamlakatlarda ushbu faoliyatdan sug'urtachining olgan daromadlari ayrim sug‘urtalash turlari bo‘yicha sug'urta operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga kelgan zararlami qoplash imkoniyatini bermoqda. Shu nuqtai nazardan sug'urta tashkiloti investitsiya faoliyatini samarali olib borishi uning daromad manbalari tarkibida muhim ahamivat kasb etadi.
3. Shaxsiy sug'urta va uning kelib chiqish tarixini tariflab bering.
Shaxsiy sug‘urta – baxtsiz hodisalar yoxud tabiiy hodisalar ro‘y berishi oqibatida fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga shikast yetkazilishi bilan bog‘liq ularning mulkiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Shaxsiy sug‘urta fuqarolar boshiga kulfat tushganda ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasi hisoblanadi. Shu ma’noda, shaxsiy sug‘urta ijtimoiy himoyaning hayotiy tajribada sinalgan ishonchli shaklidir.Shaxsiy sug‘urtaning, xususan uning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lgan fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtasining joriy etilishi bir necha asrlik tarixga ega. 1541 yilda Yevropada mavjud bo‘lgan dengiz huquqi qoidalariga ko‘ra, kema egalari shu kema kapitanlarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashlari shart bo‘lgan.1699 yil Angliyada shaxsiy sug‘urta bilan shug‘ullanadigan dastlabki sug‘urta tashkiloti barpo etilgan va u avvalo beva ayollar hamda yetim bolalarni sug‘urtasini amalga oshirgan. Bu jamiyatning nomi “Ekvatebl” deb atalgan. XVIII asrda esa Germaniyada suyak sinishi holatlaridan himoyalash bo‘yicha o‘zaro yordam uyushmalari tashkil etilgan. 1849 yili Angliyada temir yo‘llarda baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash bo‘yicha dastlabki «Railway Death Rassengers Company» nomli sug‘urta kompaniyasi tuzildi,Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtalanuvchi sifatida har qanday yuridik va jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.
Shaxsiy sug‘urta – bu inson hayotiga, uning mehnat qobiliyati va salomatligiga tahdid soladigan turli xavf-xatarlardan himoyalanishning muhim shakli.
1917 yildan 1990 yilgacha mamlakatimizda shaxsiy sug‘urtalash ishlari davlat sug‘urta organlari (Gosstrax) tomonidan amalga oshirilgan. Ana shu davrda sug‘urta shartlari, qoidalari va tariflari markazda-Moskvada ishlab chiqilar va aksariyat hollarda mahalliy shart-sharoitlar va xususiyatlar hisobga olinmas edi.Bunday salbiy vaziyatni oldini olish va aholining shaxsiy sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini tiklash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining omonotlardagi va davlat sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish to‘g‘risida” 1995 yilning 20 dekabrida PF № 1327-son Farmoni qabul qilindi.O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy sug‘urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksining 921-moddasida aks ettirilgan.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim:
- sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida;
- sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;
- sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;
- sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida;
- shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə