1-variant Sug'urtaning paydo bo'lishi va rivojlanishiga tarif bering


Majburiy davlat sug’urta turlari va ularni o’ziga xos xususiyatlarini izohlab bering



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə28/64
tarix14.06.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#117051
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
1-variant Sug\'urtaning paydo bo\'lishi va rivojlanishiga tarif be

2.Majburiy davlat sug’urta turlari va ularni o’ziga xos xususiyatlarini izohlab bering
Bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta sohasida baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalashning majburiy turlariga quyidagilar kiradi:
soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi.
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning ushbu majburiy turi majburiy davlat sug‘urtasi deb yuritiladi. Majburiy davlat sug‘urtasida davlat xizmatichlari va kasb xatarliligi bilan bog‘liq xodimlarning hayoti va salomatligi davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga olinadi.
Ijtimoiy himoya – keng ma’noda mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muxofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora - tadbirlar majmui, tor ma’noda davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan etarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muxtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amhurligi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini sug‘urtalash davlat byudjeti tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta tarifi bir sug‘urtalanuvchiga bir yilga eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida belgilangan
Majburiy Davlat sug‘urtasi shartnomasini tuzishda qo‘yidagi tomonlar ishtirok etadilar:
sug‘urtalovchi – O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq davlat majburiy sug‘urtasini amalga oshiruvchi vakolatli sug‘urta tashkiloti;
sug‘urta qildiruvchi - sug‘urtalovchi bilan sug‘urta qilish shartnomasini tuzuvchi va sug‘urtalovchi bilan sug‘urta munosabatlariga kirishuvchi hamda sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi;
sug‘urtalanuvchi - foydasiga sug‘urta amalga oshirilgan va sug‘urta badali to‘langan harbiy xizmatchilar, yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi shaxslar;
naf oluvchilar – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sug‘urtalangan shaxs o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urtalanuvchi shaxsning merosxo‘rlari.
Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuziladgigan yozma bitim bo‘lib, u taraflar o‘rtasidagi majburiy davlat sug‘urtalashga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solib turadi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə