1-variant Umum ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va uni taqsimlash hisobi



Yüklə 23,32 Kb.
səhifə1/6
tarix30.04.2023
ölçüsü23,32 Kb.
#107756
  1   2   3   4   5   6
1-variant Umum ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va uni t


1-variant
1.Umum ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va uni taqsimlash hisobi
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab chiqarish bilanbog‘liq xarajatlarga aytiladi. Ularga xomashyo, material, yoqilg‘i, amortizatsiya ajratma ishchi-xizmatchilarga ish haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar kiradi.
2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari»;
Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Xususan, mazkur hisobvaraqda quyidagi xarajatlar aks ettirilishi mumkin:
- mashina va uskunalarni saqlash hamda ulardan foydalanish chiqimlari;
- ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari hamda ularni remont qilish xarajatlari;
- ishlab chiqarish mol-mulkini sug‘urta xarajatlari;
- ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlashxarajatlari;
- ishlab chiqarish binolari, mashina va uskunalar hamda ishlab chiqarishda foydala-niluvchi boshqa ijaraga olinadigan vositalar uchun ijara haqi;
- ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ishhaqi to‘lash; shunga o‘xshash maqsadlardagi boshqa xarajatlar.
2.Tayyor mahsulotni sof qiymat usulida baholash tartibi
Ўзбекистон Республикаси «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонуннинг 17-моддаси (4-сон БҲМС 11- банд) га мувофиқ тайёр маҳсулотлар қуйидагиларнинг энг ками бўйича баҳоланиши керак:

  1. Хақиқий таннарх (сотиб олиш ёки ишлаб чиқариш таннархи) бўйича

  2. Бозор бахоси (сотишнинг соф қиймати) бўйича

Бухгалтерия ҳисобининг миллий стандарти 4-сон «Товар-моддий захиралари» номли стандартига кўра уларни баҳолаш белгиланган таннархдан ёки сотишнинг соф қийматидан энг кам баҳо бўйича баҳоланади. Материалларни таннархи барча сотиб олиш харажатларини ва уларни манзилга етказиб бериш билан боғлиқ бўлган транспорт тайёрлов харажатларини ўз ичига олади.
Материалларни сотиб олиш харажатлари сотиб олиш қийматини, импорт божлари ва йиғимларини, товарни сертификация-лаштириш қилиш харажатларини, таъминот, воситачи ташкилотларга тўланган комиссион тўловларни, Солиқларни, хизмат ва захираларни сотиб олиш билан бевосита боғлиқ бўлган бошқа харажатларни ўз ичига олади. Бундан ташқари савдо фоизлари ёки чегирмалари ва шунга ўхшаш бошқа чегирмалар ТМЗларни сотиб олиш харажатларини белгилашда амалга оширилади.
3.Qo’shilgan kapitalning tarkibi va uning hisobi
Qo‘shilgan kapital – bu tashkil etilayotgan xo‘jalikning daromad (foyda)
olish maqsadini ko‘zlab, kiritilgan va kiritilayotgan dastlabki mablag‘larning Respublikamiz yuqori tashkilotlari hamda bozor talablari asosida yuzaga kelgan mulk tafovutlarini, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag‘lardir.
Bundan tashqari qo‘shilgan kapital schyotida ustav kapitaliga qo‘yilgan qo‘yilmalarni to‘lashda hosil bo‘ladigan kursdagi farqlar summasi ham hisobga olinadi. Korxonada qo‘shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin:
♦ emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori
bahoda aksiyalar birlamchi sotilishida;
♦ kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar
ustavkapitalini shakllantirish paytida.

Yüklə 23,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə