1. Xavflar taksonomiyasi



Yüklə 40,5 Kb.
səhifə1/14
tarix27.01.2023
ölçüsü40,5 Kb.
#99502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
hayot faoliyati

1. Xavflar taksonomiyasi


Taksonomiya - bu murakkab hodisalarning tushunchalarini, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni turkumlash (klassifikatsiya) va sistemalash to'g'risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tarkibini yanada chuqurroq o'rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo'lib, hali to'la ishlab chiqilmagan. Shuning uchun bu to'g'rida taksonomiyaning ishlangan qismi to'g'risida so'z olib boramiz:

  1. Kelib chiqishi bo'yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo'ladi.

  2. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo'yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy turlarga bo'linadi.

  3. Salbiy oqibatlarning ro'y berish vaqti bo'yicha xavflar impulsiv (beixtiyor harakat) va kumulyativ (to'satdan keluvchi) larga bo'linadi.

  4. Xavflarning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha (lokulizatsiya) - litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog'liq bo'ladi.

  5. Xavflar kelib chiqadigan oqibatlari bo'yicha - charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong'inlar va o'limga olib boradigan sabablar.

  6. Xavflar keltiradigan zarari bo'yicha - ijtimoiy, texnik, ekologik va h.k.

  7. Xavfni namoyon bo'ladigan muhiti bo'yicha - maishiy, sport, yo'l transport, ishlab chiqarish va harbiy.

  8. Odamga ta'siri bo'yicha xavf - aktiv va passiv, o'ta (zaharlar, kislotalar) va sust ta'sirchan(narkotik moddalar, aroq, sigareta) bo'ladi. Passiv deganda odamning o'zi sababchi bo'ladi.

2 Elеktr tоkidаn jаrоhаtlаngаn kishigа birinchi yordаm ko’rsаtish
Insоn elеktr tоkidаn jаrоhаtlаngаndа uni аvvаlо elеktr tоkining tа’siridаn qutqаrish kerak. Bungа jаrоhаtlаngаn kishini tоk o’zаtuvchi qismlаrdаn аjrаtish yoki kuchlаnishni o’chirish bilаn erishilаdi.
Kuchlаnish 1000 V gаchа bo’lgаn sеtlаrni tоk o’zаtuvchi qismlаrdаn оdаmni аjrаtish, quruq tаyoq, yog’оch, kiyim yoki bоshqа birоr bir tоk o’tkаzmаydigаn nаrsаlаr yordаmidа аmаlgа оshirilаdi. Аgаr оdаmni tоk o’zаtuvchi qismlаrdаn аjrаtish qiyin bo’lsа, tоk uzаtuvchi simni quruq dаstаli bоltа yoki bоshqа izоlyatsiyalаngаn dаstаli qurol bilаn chоpish kerak.

Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə