1. Yozma nutqni rivojlantirish



Yüklə 20,33 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü20,33 Kb.
#117461
So


So'z boshi.
Yozuv har bir xalqning ma'naviy boyligi, yuksak ma'naviyatga erishganligining o'ziga xos ko'rinishi sanaladi.Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda, maktab ta'limida ham tub o'zgarishlar jarayoni qizg'in davom etmoqda. Dunyoning ilg'or mamlakatlari tajribasida sinab ko'rilgan va bugun ta'lim tizimida mustahkam o'rin olgan ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida ish olib borayotgan bizning mamlakatda ta'lim tarbiyaga katta e'tibor berilmoqda. Shy jumladan MO'D asosida 2021-yilning 1-choragidan bishlab 1-2-sinflar uchun to'liq to'plamda yangi joriy etilgan fanlar o'tib boshlandi.Ona toli va o'qish fani birlashib bitta kitob ona tili va o'qish savodxonligi fani deb nomlandi.Ona tili va o'qish savodxonligi fanning tub mazmuni o'qib tushunish , tinglab tushunish, yozish yani savodli yozuv ko'nikmasini hosil qilishga , gapirishga qaratilgan. Shunday ekan har bir pedagogning oldida o'quvchilarini savodli yozuv malakasini shakllantirish vazifasi turadi.Bu qo'llanma o'quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish va imloviy xatolarga yo'l qo'yishning oldini olishga yordam beruvchi metodik qo'llanma.

Mavzu: Yozma nutqni rivojlantirish va imloviy xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun metod va usullar.


Reja
1.Yozma nutqni rivojlantirish.
2.To'g'ri yozish qoidalari.
3.Imloviy xatolarni bartaraf etish metod va usullari.

- Yozma nutqni egallash og'zaki nutqqa qaraganda murakkab jarayon.Chunki bunda o'quvchidan mazmun jihatidan to'g'ri jumla tuzish, har bir so'zni o'z o'rnida to'g'ri qo'llash,so'zlarni to'g'ri yozish,tinish belgilarini o'rinli qo'llashni o'quvchiga o'rgatish o'qituvchidan mahorat va savodxonlikni talab qiladi.


Yozma nutqni rivojlantirish uchun:
1.Har bir o'qitivchi ilk bor maktabga qabul qilingan o'quvchiga sinf partasiga to'g'ri o'tirish qoidasini o'rgatish kerak.

2. O'quv qurollarini to'g'ri ushlash ruchka va barmoq orasi 1-1,5 sm, daftar qiyaligi 65° gradus, parta va o'quvchi ko'krak qafasi oralig'i 30-35 sm, daftar va ko'z oralig'i 25 sm bo'lishiga yorug'lik chap tomondan tushushiga e'tibor berish kerak.

3.Savod o'rgatish davrining dastlabki kunlaridan boshlab avval bo'g'inli, so'ngra so'z va gap, kichik matnlarni avval og'zaki kiyin yozma usulda o'rgatib borish.
4.Yozma nutqni rivojlantirish uchun rasm asosida bir-birini takrorlamagan gap, kichik matn tuzishga o'rgatish.
21- bet

5.Lug'at ishi o'tkazish (izohli lig'atga e'tibor qaratish.


Yiroq- uzoq
Ziyo- nur ,yorug'lik
Xasta- kasal

6. Tengdoshlarining nutqini , fikrini eshitishga o'rgatish .


7. Nazorat ishi tahlillarini o'tkazish.
8.O'qituvchi dars jarayonida yozma nutqni rivojlantirishga mos metod tanlay bilishi ham muhim.
9.O'qituvchi kitob o'qishi, o'quvchilarga mutolaa zavqini yuqtirish kerak.

Kitob o'qish kundalik ehtiyojiga aylangan o'quvchining yozma nutqida nuqsonlar uchramaydi.

O'quvchilarga dars, to'garak mashg'ulotlarida to'g'ri yozish qoidalari haqida bilim berib tushuntirib borish o'quvchilarning yozma nutqini yanada rivojlantiradi.
Tog'ri yozish qoidalari ma'lum tamoyillarga asoslanadi
Gapda so'zlarni bir-biriga bog'lovchi qo'shimchalar so'zlarga qo'shilganda qanday aytilsa shunday yoziladi.
Yurak + ga = yurakka
Buloq + ga= buloqqa
Qishloq + ga= qishloqqa
So'zlarda tovush o'zgarish holatlari .
Tovush almadhishi:
Tovush tushishi:
Tovush ortishi:
Tilak + i = tilagi
Tamoq + i = tamog'i
Bu so'zlarda tovush almashish hodisasidir.
Singil + im = singlim
Qayir + il = qayril
Ikki + ov = ikkovlon
Sust + ay = susay
So'zlarda tovush tushish hodisasi.
Shu+ -ga, -da, -dan= shunga, bunda, shundan
Bular yozuvda tovush ortish hodisasidir.
So'z va qo'shimchalar talaffuziga qarab emas, qabul qilingan qoidalar asosida yoziladi.
ketti emas, ketdi;
toqqa emas, tog'ga;
aytipti emas, aytibdi;
kitopi emas, kitobi;
So'z ma'nolarini farqlash tutuq belgisi va urg'u yordamida farqlanishi tushuntiriladi:
Sa'va - sava
Sa'va qush nomi, sava paxtani savalash ma'nosida.

To'g'ri yozish qoidalari quydagi bo'limlarni o'z ichiga oladi.


Harflar imlosi
a) unlilar imlosi.
b) undoshlar imlosi.
Asos va qo'shimchalar imlosi.
Qo'shib yozish.
Chiziqcha bilan yozish.
Ajratib yozish.
Bosh harflar imlosi.
Ko'chirish qoidalari.

Imloviy xatolarni bartaraf etish metod va usullari:


Savod o'rgatish davri tugagandan so'ng o'quvchilarga o'xshash unsirli kichik bosma harflarni farqlashini trkshirish:
Kichik bosmacha p ,q, d, b, harflarni matnni o'qishda va ko'chirib yozishda bir-birining o'rnida qo'llamasliklarini tekshirish.

"d" - ta , "b" - , "p" - ta , "q" - ta


dala bosh paxta qosh
dori bobo pilla qalam
do'l bodom piyola qora
don bola pista qovun

"Harf tashlab yozish" imloviy xatosiga yechim.


Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z o'rtasidagi yoki oxridagi harfni tashlab yozish muommosi doimo ko'pchilik pedagoglarni qiynaydi.
Bunga yechim topish uchun interfaol metod va usullardan foydalanish zarur.
Rasmli diktant va harf kassalaridan foydalanish.

" Narsa nomini yoz"

Akvarel , svetofor, avtobus, velosiped, samolyot, kompyuter,
1-sinfdan boshlab har bir o'quvchiga harf kassasi tashkil qilib yangi mavzuda uchraydigan murakkab so'z yoki gapni yozdirish yaxshi natija beradi.

"Bu meniki" o'yini imloviy xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun yaxshi samara beradi.


- 1-sinfdanoq o'quvchilarni so'zlarni tahlil qilishga o'rgatib borish lozim, ya'ni analiz va sentez metodini bolalar yaxshi tushunishlari kerak. So'zlarni o'qiganda nechta tovush, nechta harf borligini turli o'yinlar orqali o'quvchilarga uqtirib borish kerak.
1-guruhga 2 bo'g'inli va 5 ta harfdan iborat so'zlarni aniqlash topshirilsa,
2-guruhga 3 bo'g'inli 6 ta harfdan iborat so'zlarni topish aytiladi.
O'qituvchi goh 3 bo'g'inli, goh 2 bo'g'inli so'zlarni aralashtirib aytadi. O'quvchilar o'zlariga tegishli so'zlarni yozib borishadi.O'yin oxirida qaysi guruhda ko'p xatolar aniqlansa o'sha guruh mag'lub bo'ladi.
2 bo'g'inli 5 ta harfdan iborat so'zlar.
Bi-lim,
sa-vod
ta-bib
ba-hor
zi-rak
bol-ta
so-tar
2 bo'g'inli 6 ta harfdan iborat so'zlar.
Ni-ma-da
us-ku-na
sha-ba-da
ma-li-ka
hi-ko-ya
na-ti-ja
us-to-zi
Imloviy malaka va ko'nikmalarni hosil qilish uchun dars jarayonidagi to'g'ri talaffuzga ahamiyat qaratishdan tashqari tez-tez saylanma diktant o'tkazib turilishi kerak.O'qituvchi saylanma diktantlarni o'tkazishda matnga alohida e'tibor berishi shartki, bu pirovardida xato yozayotgan so'zlarning imlosini yaxshilashga xizmat qilsin. Masalan "Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar " mavzusini mustahkamlashda shu mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini sinash uchun saylanma diktant o'tkazish mumkin.
Samarqand.
Samarqand- katta shahar. U yerda baland-baland binolar bor. Ular pishiq g'ishtdan ishlangan.
Yaqinda zamonaviy mehmonxona binosi qad ko'tardi. Shaharning ko'rkam jamolini ko'rgan kishi xursand bo'ladi. Samarqand tarixiy yodgorliklarga boy shahardir.
Topshiriq:
Matndagi gap tarkibidagi talaffuzda tushib qoladigan "d" yoki "t" undoshli so'zlar tagiga chizing.
O'qituvchi rahbarligida tekshirib tahlil qilinadi.
To'garak mashg'ulotlarida ham "Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar " mavzusini mustahkamlashda "Mos harfni qo'y" ta'limiy o'yinini o'tqazish mumkin.
So'zlar d t
balan... +
ros... +
obo... +
go'sh... +
payvan... +
g'ish... +
farzan... +
Masalan, boshlanğich sinf o'quvchilari ko'p hollarda "sinf" , "fasl", "shoir", "kitob", "ketdi", "barg", kabi so'zlarni nutqiy talaffuzning aynan ifodasi bilan, ya'ni sinif, fasil, shoyir, kitop, ketti, bark, shaklida yozadilar. Saylanma diktantlarda bunday so'zlarning imlisi o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinishi zarur.
Imloviy xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun murakkabroq va notanish so'zlarni tovush-harf tahlil qilush maqsadga muvofiq.
So'z-
1. Tovushlar:- ta,
Harflar:- ta ( _ )
2.Unli harf: - ta ( - )
Undosh harf : - ta ( - )
3.Jarangli undosh harf: - ta ( - )
Jarangsiz undosh harf: - ta ( - )
4. Bo'g'in: - ta,
Ochiq bo'g'in: - ta, yopiq bo'g'in : - ta.

-

"O'rnini top "ta'limiy o'yinidan foydalanib, "x" va "h" harfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasi mustahkamlanadi.
Yüklə 20,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə