1. Yurakning massasi ortacha erkak va ayollarda qancha boladi gramm hisobida



Yüklə 14,36 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü14,36 Kb.
#81773
qon aylanish


1. Yurakning massasi ortacha erkak va ayollarda

qancha boladi ( gramm hisobida

A) 220-300, 180-220, B) 400-450, 300-350,

C) 450-500 , 300-320, D) 110-220, 110-180,

2. Yurakda necha xil klapnlar ajratiladi?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

3.Yurakda nechta klapanlar bo‘ladi?

A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 6ta

4.Yarimoysimon klapanlar qaerda joylashgan?

A) chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida;

B) o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida;

C) chap qorincha va chap bo‘lmachasi o‘rtasida;

D) chap qorincha bilan aorta qon tomiri

o‘rtasida hamda o‘ng qorincha bilan o‘pka

arteriyasi o‘rtasida;

5. Yarimoysimon klapanlar...

A) qonni chap bo‘lmachadan chap qorinchaga

o‘tkazadi

B) o‘pka venalari va yurakning o‘ng qorinchasi

o‘rtasida joylashgan

C) qonni aorta qon tomiridan chap yurak

qorinchasiga qaytishiga to‘sqinlik qiladi

D) o‘ng qorincha va chap qorinchalar orasida

bo‘lib, arteriya va vena qon tomirlarining aralashib

ketishining oldini oladi

6. Yurakning chap bo'lmachasiga quyiladigan qon

tomirni aniqlang.

A) o'pka arteriyasi B) kovak venalari

C) o'pka venalari D) tojsimon arteriyalar

7.Yurakning bir ish sikliga necha sekund

sarflanadi?

A) 0,1 B) 0,3 C) 0,4 D) 0,8

8.Qon aylanish sistemasining qaysi qismida

klapanlar uchraydi?

1) o'ng va chap bo'lmacha orasida; 2) o'ng

bo'lmacha va o'ng qorincha orasida; 3) chap va

o'ng qorincha orasida; 4) chap bo'lmacha va chap

qorincha orasida; 5) vena qon tomirida

A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 5 C) 2,4,5 D) 2, 4

9. Yurak bir marta qisqarganda, o‘rtacha 65 ml

qon chiqarsa, va yurak 70 marta qisqarsa yurakning

minutlik qon chiqarish hajmi necha litrga teng

bo‘ladi?

A) 6 l B) 5,2 l C) 5 l D) 4,55 l

10. O‘ng bo‘lmacha (a) va chap bo‘lmacha (b) ga

quyiluvchi hamda o‘ng qorincha (c) va chap

qorincha (d) dan chiquvchi qon tomirlarni juftlab

ko‘rsating.

1) aorta; 2) yuqori kovak vena; 3) pastki kovak

vena; 4) o‘pka arteriyasi; 5) o‘pka venasi

A) a - 1; b - 2; c - 3; d - 4, 5

B) a - 2, 3; b - 5; c - 1; d - 4

C) a - 2, 3; b - 5; c - 4; d - 1

D) a - 2; b- 1, 5; c - 3; d - 4

11. Bir kecha-kunduzda yurak necha marta

qisqarib kengayadi va qancha qonni arteriya

tomirlariga haydaydi?

A) 10.000/10 tonna, B) 100.000/10 tonna,

C) 7000/7 tonna, D) 7000/4,9 tonna,

12. Katta qon aylanish doirasi qaysi javobda to‘g‘ri

ko‘rsatilgan?

A) o‘ng yurak qorinchasi- aorta - artеryanlar,

organlar - vеna - chap yurak bo‘lmasi

B) o‘ng yurak qorinchasi- aorta artеriyallar -

organlar - vеna –o‘ng yurak bo‘lmasi

C) chap yurak qorinchasi-opka artеriyasi –o‘pka,

o‘pka vеnasi- chap yurak bo‘lmasi

D) chap yurak qorinchasi- aorta - qon tomir

artеriyalar - organlar vеna qon tomir – o‘ng

yurak bo‘lmasi

13. Odam tanasida qancha limfa tugunlari bor?

A) 460 ga yaqin, B) 300 ta, C) 100 ta, D) 150

14. Hasannnig pulsi minutiga Husanning pulisidan

2 taga ko’p, Husanning yuragining sistolik hajmi

esa, 70 ml teng bo’lib yuragi orqali bir soat

mobaynida, 285,6 l qon oqib o’tsa, Husanning

pulsi minutiga qanchani tashkil qiladi?

A) 72 martta B) 70 martta

C) 71 martta D) 68 martta

15.Qon tomiri devorining qalinlashib, uning

nayining torayib qolishi yurak – qon tomir

kasalliklarining qaysi turiga kiradi?



A) ateroskleroz B) infarkt C) gipertoniya D) insult
Yüklə 14,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə