10 amaliy mashg’ulot. Farmatsevtik tovarni hayotiylik davri



Yüklə 35,52 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü35,52 Kb.
#140291
1   2   3   4   5
10 AMALIY MASHG\'ULOT FARMATSEVTIK TOVARNI HAYOTIYLIK DAVRI2

Tovar belgisi — belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan, tovarga boshqalardan ajralib turadigan va uning ishlab chiqaruvchisiga (korxona, firma) yonaltiradigan belgidir.
Tovar (brend) -tovar belgisi, tovar ishlab chiqaruvchisi (sotuvchi) korporativ identifikatsiyasini, tovar belgisini va mahsulotning o'zini oqilona va hissiy his qilishni, shuningdek, uni bozorda reklama qilish tadbirlarini o'z ichiga olgan xususiyatlarning ajralmas to'plamidir.
Tovar (brend) iste'molchiga o'z ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan muayyan xususiyatlarga bog'liq bo'lgan tovarlarni farqlash muammosini hal qilishni osonlashtiradi. Tovar (brend) tushunchasi raqobatchilarga nisbatan tovarlarning afzalliklarini aks ettiradi va katta talabni ta'minlaydi.
Brendni shakllantirishda korxonalar va firmalar faoliyatida qollaniladigan brending kabi yo'nalishdan foydalaniladi.
Brending korporativ imidj va tovar taklifining o'ziga xos xususiyatlarini shakllantirish va kuchaytirish uchun yaxlit korporativ identifikatsiyani va uning elementlarini rivojlantirishga ixtisoslashgan marketing kommunikatsiyalari yo'nalishi sifatida tavsiflanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, farmatsevtika bozorida brend deb tan olinadi, qachonki

  • Maqsadli auditoriyadan 80% potentsial xaridorlarga ega ‰

  • Maqsadli auditoriya a’zolarining 80% tovar nomini yetarlicha aniq tasvirlab berishi mumkin ‰

  • Maqsadli auditoriya a’zolarining kamida 20% undan muntazam foydalanadi;

  • Maqsadli auditoriya a’zolarining kamida 20% uning asosiy xususiyatlarini to’g’ri aniqlay oladi.

  • marka kamida ikki yil davomida bozorda mavjud,

  • buning uchun, mijozlar ushbu brend uchun qo’shimcha narx to’lashga tayyor.

Iste’molchilar tovar sotib olishdan ko’ra, brend orqali o’z xis-tuyg’ularini sotib olishni avfzal biladilar. Brend xaridorlarni ilhomlantiradi. Xaridorlar yangiliklarga moyil bo’lganliklari uchun brendga ishonadilar.
Brend mahsulot qiymatini oshirishdagi asosiy vosita ekanligini unutmaslik lozim. Iste’molchilarda ma’lum tovarga boshqa tovarlar tenglasha olmasligini singdirishga harakat qilish kerak.
Buning uchun quyidagilarni e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur:
- Noyob savdo nuqtasi (NSN)
- Raqobatchiga nisbatan mahsulotingiz farqi nimada?
- Ishonish uchun asos.
Nima uchun iste’molchi mahsulotingizga ishonishi kerak?

  • Mahsulotingizni qanday noyob, qiziqtiradigan va boshqalardan farqli jihatlari mavjud?

Mahsulotingizning asosiy maqsadi nima? Brendingiz qanday ma’noni anglatadi? Mahsulotingiz ning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib bering. Masalan, mijlozlarga yuqori sifatli xizmat ko’rsatish, mahalliy xomashyoga asoslangan, barqaror mahsulotlar sotish, hafta davomida kuniga 24 soat bexatar yetkazib berish xizmatini taklif qilishni nazarda tutish mumkin. Bular odatda missiyaning asosiy bayonoti sifatida ifodalanadi – mahsulotingiz nima uchun mavjudligi, nimani anglatishi va nimalarga erishish maqsad qilganingizni ifodalaydi. Quyidagilar biznesingizda muhim o’rin tutishi kerak: istemolchiga do’stona munosbat, ishonch, g’amxo’rlik, faxm-farosat va bilimga egalik.
Shu o’rinda muhim tavsiya. Marketing harakatlaringiz sotayotgan mahsulot va xizmatlaringiz bilan birga kompaniya maqsadlari va qadriyatlari ham iste’molchilarga brend orqali yetib borishiga ishonch hosil qiling.
Tovar (brend) asoslari. Brend asosini yaratish muhimdir. Veb-sahifa va elektron pochta manzallari, barcha reklamalarda brend nomi va logotip bir xil bo’lishini tahminlash talab etiladi.
Brend asosi bilan ishlash – uning qiymati, mijozlar ishonishi uchun farq va sabablarni tushunish kerak. Marketing vositalaridan foydalanishda ehtiyot choralarini ko’rish lozim, agar brendni ifodalamasa, ulardan foydalanmaslik kerak.

Yüklə 35,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə