10-mavzu. Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish



Yüklə 31,44 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü31,44 Kb.
#148105
  1   2   3   4   5
10 mavzu


10-MAVZU. Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish
Reja:
1.Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari
2. Kirish, asosiy qism, xulosa
3. Adabiyotlar, perefraza(havola, iqtibos, sitata, abzas)
Tayanch tushunchalar: ilmiy tadqiqot, kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar ro`yxati, havola, iqtibos, sitata, abzas
Tadqiqot ishining boshlanish jarayoni hammada har xil kechadi. Ishning osonroq kechishi uchun, albatta, uni osonroq kechishi uchun, albatta, uni rejali tarzda amalga oshirgan ma’qul. To`g`ri, yozish qiyin. Diqqatni bir joyga to`plash va miyani ishga jalb qilish ham mushkul. Tadqiqot ishini yozish juda kuchli ishtiyoq talab etadigan ruhiy faoliyat, o`z o`rnida, xotira bilan bog`liq tarzda kechadigan aqliy mehnat hamdir. Har qanday ishda bo`lgani kabi maqsadni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Buning uchun kunlik reja tuzib oling va tadqiqot ishini qilinishi shart bo`lgan bandlar qatoriga kiriting. Misol uchun, Yel universitetining bir talabasi laboratoriya mashg`ulotlari bo`lmagan kuni bir soat vaqtini tadqiqot ishini yozishga bag`ishlaydi. Hayratlanarlisi, bir semestr davomida ishini yakunlab olishga ham erishadi. Demak, kun tartibini to`g`ri tuzish va rejalarni o`z vaqtida amalga oshirish orqali maqsadga erishish mumkinligi amalda isbotlangan. Vaqtingizni to`g`ri taqsimlagandan so`ng tadqiqot ishini qanday yozish haqida bir to`xtamga kelib olishingiz lozim. Eng maqbul yo`li esa, juda muhim ma’lumotlarni to`plash orqali faoliyatni boshlashdir. Mazkur ma’lumotlar tadqiqot ishingizning nimalardan iborat bo`lishi, ya’ni ichki tartibini ham belgilab berishi mumkin. SHuningdek, fikrni rivojlantirishi hamda yangi g`oyalarni shakllantirishga xizmat qilishi aniq. Harvard universiteti (Harvard University) da ko`p yillardan buyon kimyo va nanotexnologiya sohasi bo`yicha faoliyat olib borayotgan Jorj Uvaytsaydes (George M.Whitesides) esa bu borada shunday deydi: “... oq qog`oz olib barcha muhim ma’lumotlarni qog`ozga tushiring”. Agar sizda bu ma’lumotlarni yig`ish haqida biror tushuncha bo`lmasa, quyidagi 1-jadval asqotishi mumkin. YOsh tasavvuringizni ishga solib yangi g`oyalar yarating.

Yüklə 31,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə