10 mavzu: stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yinlarni o’tkazish



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix22.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112031
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
10 mavzu stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yin

“Sehrli halqa” yaratish. 
Guruhlarda shug‘ullanish qatnashchilarning 
hamkorlikda ishlashi nazarda tutiladi. Bu o‘yinlar, imo-ishoralar bilan 
eksperiment, hatti- harakat va boshqa noverbal muloqot shakllaridir. Buning 
barchasi butunligicha qatnashchilarning guruh tajribasini orttirish imkonini beradi, 
barcha komplekslar ongsiz ravishda berk, barqaror majmua-“sehrli halqa ” paydo 
qiladi. Yuqorida aytilganlardan tashqari quyidagi ishlar amalga oshiriladi. 
-
harakat faolligini oshirish; kommunikativ trenning va ijtimoiy terapevtik 
muomalani oshirish; 
-
mijoz ahloqiy stereotipini tahlil qilish, uni o‘z-o‘zini tushunish diagnostik 
materialini olish; 
-
mijozning erkinlik hissini oshirish, rivojning autentik yo‘llarini qidirish. 
Raqs terapiyasining maxsus mashqlari o‘z ichida erkin tebranish, doimiy 
tetiklik va tanani nazorat qiluvchi harakatlar, erkin va nazoratli nafas olish olish 
davri bilan bog‘liq almashuvchi harakatlar, xona ichida aniq belgilangan 
yo‘nalishda harakatni nazarda tutadi. 
Birinchi bosqichda, bir necha daqiqani band qiladi, raqs terapiyasi 
mashg‘ulotlari dastavval badanni qizdirib, barcha qatnashchi o‘z tanasini
musiqachi sozinii sozlagani kabi ishlashiga hozirlaydi. 
Boshlang‘ich mashqlar jismoniy(qizib olish), ruhiy (hissiyotlarni solishtirish 
) va ijtimoiy tasnifga ega. 
Ulardan bir turi turli kuylar (pupuri) aralashmasi ostida betartib erkin holdagi 
harakatlar. Bundagi mashqlar silkinish, tortishish, tebranish, chapak chalish, 
mayda to‘lqinli tebranishlar bo‘lib, kaft va bilaklardan boshlanib, tirsak, elka, 
ko‘krak qafasiga qadar boradi. Mashqlar butun guruh yaxshigina qizib olguniga 
qadar davom etadi. 
Ikkinchi bosqichda umum guruh mavzusi ishlab chiqiladi. Masalan, uchra- 
shuv va xayrlashuv mavzusi ishlab chiqiladi. Harakat darajasida alohida tana 
a’zolari “uchrashuvi” va xayrlashishi mumkin. Qo‘l kafti va tirsaklar “uchrashishi 
va shu on “Xayrlashishi” yoki, “uchrashishi” va “urishishga kirishishi” yoki 
“quchoqlashishi” mumkin. Guruhning a’zolari orasidagi o‘zaro harakatlarida kaft 
tirsak bilan uchrashishi va x.k. bo‘lishi mumkin. 
So‘ngi bosqichda mavzu butun guruhga ajratilgan maydondan foydalanib 
ishlab chiqiladi, bunda harakat tezligi va ketma-ketligi o‘zgartirib turilishi 
mumkin. Rahbar qatnashchilar harakati xarakterini tushuntirib beradi yoki 
ko‘rsatib beradi. 

Document Outline

  • Vujud ruhning amriga moyildir
  • Stresslarni oldini olish, korreksiyalash va tartibga solish usullari
  • ">"Antistress" uslubiy mashg'uloti
  • ">Raqs terapiyasi quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə