10 mavzu: stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yinlarni o’tkazish



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix22.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10 mavzu stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yin

Tunggi psixika 
bu – mujassamlangan hodisalardan biri bo’lib, u kech uyqu 
vaqtida kuzatiladi. Kunduzi bo’lib o’tgan voqea-hodisalar tunda yolg’izlik paytida 
qaytadan ko’z o’ngida ifodalanadi. Masalan, kechqurun yolg’izlik hissi 
kuchayadi, inson o’z xayollari bilan yolg’iz qoladi, baozida qo’rquv obrazlari 
bilan. Qorong’ulik insonda xavotirlikni yuzaga keltiradi, real holatni o’zgartiradi, 
u sirli bo’lishi mumkin, bunda odam o’zini kuchsiz, yolg’iz, atrofdagilar uni 
tushunmasligini sezadi. Tunggi psixika ko’proq nevroz, yurak yoki boshqa 
kasalliklarga chalingan odamlarda muammolarni yuzaga chiqaradi. 
Zerikish 
holati – tashqi qiyofasi monotoniya holatiga o’xshab ketadi. 
Zerikish ishdagi ishimizning mazmuni yo’qolgan paytida paydo bo’ladi. Hozirgi 
zamonamizda zerikish odamlar orasida juda ham keng tarqalib ketdi. Masalan, 
oxirgi vaqtlarda har xil udumlarni yo’qolib ketishi hayotimizni zerikarli tarzda olib 
borishga majbur qilmoqda. Yoki bo’lmasa bu narsa ko’proq nafaqaga chiqqan 
insonlarda kuzatiladi, chunki ular o’z hayotlari davomida jamoa ichida ishlab ko’p 
narsani ko’rgan edilar. Zerikish ishga bo’lgan maqsadni yo’qotadi yoki keng 
tarzda hayotga intilishni pasytiradi. Ishga borish, kechki ovqat, uy yumushlari, 
uyqu kabi va haftalarni shu bir xil tarzda o’tishi insonni zerikishga olib keladi. 
Lekin zerikishning foydali taraflari ham bor u inson ongini xarakatga olib keladi. 
Masalan, insonda “nega?” degan savol tug’ilib o’z savoliga asta-sekin ongi ostida 
javoblar izlay boshlaydi va shu holatdan chiqib ketish yo’lini topa oladi. 
3.Stressni bartaraf etish treninglarining turlari. 
Biz yuqorida insonning 
ruhiy holatlari haqida ma’lumot berishga harakat qildik. Shaxs o’z xohish- 
irodasiga ko’ra o’z ichki imkoniyatlarini o’zi oshira olishi mumkin. Buning uchun 
shaxs ming-ming yillardan buyon e’tibordan qolmayotgan mashq namunalaridan: 
autogen mashqlaridan, o’z – o’zini ishontirish usullaridan foydalana olishi kerak. 
Shaxs ushbu mashqlarni diqqat bilan o’qib, bajarishga kirishishi bilan, o’zida 
bo’layotgan eng kichik o’zgarishlardan tortib, katta ozgarishlargacha bo’lgan 
natijlarga erishishi mumkin. 
Treninglar uzoq vaqtdan beri psixolog, terapevtlarning ajralmas ish 
faoliyatining asosiy bo’lagi bo’lib kelgan. Ayniqsa, zamonaviy psixologiyada 


“Tijoratni rivojlantirish bo'yicha trening", "Jamoa tuzishga o'rgatish", "Qaror 
qabul qilishga o'rgatish", "Ishbilarmon aloqalar bo'yicha trening", shuningdek
psixoemotsional me’yorni ushlab turuvchi treninglar tashkil etilmoqda. Bu borada 
mutaxassislara ham ehtiyojlar kuchayib, Oliy o’quv yurtlarida kasbiy mahoratga 
ega yoshlarni tayyorlashga katta imkoniyatlar yaratilinib, mutaxassislarni 
tayyorlashga bo'lgan ehtiyoj bugungi kunda turli darajalar va faoliyat sohalari 
rahbarlari tomonidan tan olinmoqda. Shubhasiz, xodimlarning treningda ishtirok 
etishi xodimlarning o'zlariga ham, ish beruvchilarga ham haqiqiy foyda 
keltirayotganligini his qilmoqda. 
Hozirda emotsional holatlarni bartaraf etish bilan bo’gliq muammolarni 
echimini topishda, natijada ish unumdorligini oshishirish imkoniyatlarini 
mavjudligi bilan stresslarni yumshatuvchi treninglardan foydalanish davomida 
ishning samaradorligini sezilarli darajada oshganligi haqiqatdir. Stressni 
boshqaruvchi treninglar individyal yo’nalishga ega bo’lib, shaxsni barkamolligi, 
tanani boshqaruvchanligi, ijodkorlikni rivojlantirishga yonalgan bo’ladi. Albatta 
, bu trenerning kasbiy mahorati bilan amalga oshiriladi. 
Har qanday boshqa treninglar kabi stressga qarshi mashg'ulot ishtirokchilari 
trening davomida o’zlarini muammolarini hal qilish bilan bog’liq ko’nikma va 
malakalarga ega bo’lishadi. 
Biz bilamizki, har bir trening mashg’uloti, albatta, psixoterapevtik ta'sirni o'z 
ichiga oladi. Biroq, stressga qarshi treninglarda psixoterapiyaning ulushi ko'proq, 
chunki ishtirokchilar nafaqat tashkiliy, uslubiy muammolarni, balki shaxsiy 
muammolarni ham hal qiladilar. 
Ishtirokchilar ichida mashg'ulot davomida u uchun zarur bo'lgan stressli 
vaziyatdan chiqish yo'llarini topmaguncha, guruh ishlarida to'liq ishtirok eta 
olmaydigan holatlar mavjud. Ayrim hollarda ishtirokchilar kuchli ta’sirlanishi 
oqibatida kuchli hissiyotlarni boshdan kechirishi kuzatilinadi, ya’ni bu qaysidir 
hissiyotga boy bo’lgan mashg’ulotda ishtirok etayotganda sodir bo’ladi. Agar 
murabbiy bunday vaziyatda ishtirokchilarga psixologik yordam ko'rsatish uchun 
etarlicha kuch, bilimga, va kuchli ko'nikmaga ega bo'lmasa, dasturga kuchli hissiy 
portlashni keltirib chiqaradigan "kuchli" mashqlarni kiritmaslik kerak. 
Shuningdek, ishtirokchilarning o’zi ham stressga qarshi kurash bo’yicha 
mashg’ulot turlariga o’zlarini oldindan ishontirib tayyorlashi kerak bo’ladi. 
Ushbu muammoning mumkin bo'lgan echimlaridan yana birii bu ikki 
mutaxassis tomonidan treningni tashkil etilishi talab etiladi. Bunda ulardan biri 
mashgulotlarni boshqarish bilan shugullansa, ikkinchisi esa bu vaqtda 
ishtirokchilarning reaktsiyalarini kuzatish va kerak bo'lganda ularga o'z vaqtida 
yordam berish imkoniyatini oladi. 
Shunday qilib, stressga qarshi kurash bo'yicha trenerga maxsus talablar 


qo'yiladi. Bu maxsus psixologik ma'lumotga ega va treninglarni o'tkazish 
tajribasiga ega, shuningdek, o'zgaruvchan sharoitlarga tezkor javob berish 
qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. U shaxs psixologiyasi, psixologik salomatlik, 
maslahat, guruh psixoterapiyasi sohasida bilimlarga ega bo'lishi kerak. Murabbiy 
mijozlarga terapevtik yordam ko'rsatishni ekspress usullari bilan tanishishi kerak. 
U yana tibbiy psixologiya, xodimlarni boshqarish psixologiyasi bilan tanish 
bo'lishi, ya'ni faoliyatning turli sohalarida ishlashga tayyor bo'lishi kerak.. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə