10 mavzu: stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yinlarni o’tkazish



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix22.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112031
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
10 mavzu stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yin

2.
 
Shaxsiy rivojlanishni o'rgatish 
- psixokorreksiyaning bir turi hisoblanib
ishtirokchilarning shaxsiy fazilatlarini yaxshilashga qaratilgan. Psixoterapevtik 
tayyorgarlik va shaxsiy o'sishni tarbiyalash vazifalariga yaqin. Stressga qarshi 
kurash ishtirokchilarda nafaqat korreksiyani amalga oshiradi, shuningdek, shaxsiy 


rivojlanish vazifalari: psixologik barkamollik va o'ziga bo'lgan ishonchni 
oshirishga yordam beradi. 
3.
 
Ta'lim treninglari 
- bu psixokorreksiyaning bir turi bo’lib, trening - 
ishtirokchilar tomonidan inson ijtimoiy faoliyatining muayyan sohalarida yangi 
bilim, ko'nikmalarni egallashga qaratilgan. Va stressga qarshi kurash treningi 
ishtirokchilarga ularning stressga chidamliligini oshiradigan, stressni parchalovchi 
holatini engillashtiradigan bilim va ko'nikmalarni berishga mo'ljallangan. 
4.
 
Tashkiliy treninglar - 
bu psixokorreksiya mashg'ulotining yana bir turi 
bo’lib, tashkilot faoliyatini samaradorligini oshirishga, jamoaning birgalikdagi 
faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.Stresslarga qarshi kurash bo'yicha 
treninglar, jamoada psixologik iqlim va xodimlarning pozitiv holatiga erishish
ularning stressga chidamliligini oshirishga yordam beradigan ma'lum bir tashkilot 
doirasida o'tkazilsa, uni tashkiliy deb atash mumkin. 
Shunday qilib, treningda ishtirok etgan shaxs, agarda ular psixolog yoki 
boshqaruvchi bo’lsa treningdan so’ng o’z tashkilotida treninglarni o’tkazish 
davomida mashg’ulot metodologiyasiga, dastur tuzish va mashqlarni to’g’ri 
tanlashga, ya’ni treningni tashkiliy qismiga katta e’tibor berishi talab etiladi. 
Trening stressli vaziyatlarda konstruktiv xatti-harakatlar ko'nikmalarini 
shakllantirishga yordam beradigan mashqlar va o'yinlarni o'z ichiga oladi. Ushbu 
treningni tashkiliy, tarbiyaviy deb atash mumkin. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə