10-mavzu. Texnik tizimlarida tarmoq texnologiyalari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə1/11
tarix15.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89512
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu. Texnik tizimlarida tarmoq texnologiyalari


10-mavzu. Texnik tizimlarida tarmoq texnologiyalari.



  1. Tarmoq texnologiyalaridan foydalanish. Texnik sohalarda tarmoq servislari.

  2. Texnik qurilmalarni masofaviy tarmoqda boshqarish. Telnet servisidan foydalanish. Internet telekonferensiyalarni qo‘llash.

  3. Web texnologiyalari. Dinamik saytlarni yaratish texnologiyalari. Joomla, 1C-Bistrics, Drupal tizimlarida Web xizmatlar yaratish.

  4. Java va Java Script tillari yordamida Web saxifalar yaratish va tahrirlash. Web saxifalarda matn va grafikani taqdim etish. Web dizayn. Xostingni amalga oshirish.

1. Tarmoq texnologiyalaridan foydalanish. Texnik sohalarda tarmoq servislari.

Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri resurslaridan xamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu xolat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag‘ni asraydi.


Xozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim axamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmog‘i xisoblanmish Internet misolida yaqqol kirish mumkin.

10.1-rasm. Kompyuter tarmoqlari

Uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog‘i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog‘i resurslaridan jamoa bo‘lib foydalanishni taminlaydi.


Kompyuter tarmoqlarini ko‘pgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintaqaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EXM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo‘ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. Global tarmoq – bu internet.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.
EXMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson soch tolasi kalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa – 22,5 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə