11- mavzu: Byudjet- soliq siyosati Reja



Yüklə 498,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix03.06.2022
ölçüsü498,99 Kb.
#88639
  1   2   3   4
10-Maruza



11- Mavzu: Byudjet- soliq siyosati
Reja 
11.1. Byudjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari.
11.2. Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet mulьtiplikatorlari. 
11.3. Diskret va nodiskret fiskalь siyosat. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi. 
11.5. O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
sharoitida uning xususiyatlari. 
 
11.1. Byudjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari. 
Byudjet-soliq siyosati deganda iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining 
muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini 
o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. 
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan 
rag’batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni, davlat qisqa muddatda 
iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish
yohud ikkalasini bir vaqtning o’zida olib borish evaziga hal etadi.
Iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin 
bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. CHeklovchi fiskal 
siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa ikkala 
tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o’sishini chegaralashdan iborat.
Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli 
davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin.
 
11.2. Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet mulьtiplikatorlari. 
Qisqa muddatli davrda byudjet-soliq siyosati davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan 
byudjet mulьtiplikatorlari samarasi ta’siri ostida bo’ladi. 

Yüklə 498,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə