11-Mavzu : Tarbiya Jarayonining mohiyati va mazmuni



Yüklə 42,5 Kb.
səhifə1/3
tarix20.01.2023
ölçüsü42,5 Kb.
#98892
  1   2   3
11-Mavzu Tarbiya Jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qon


Termiz davlat universitetining
Pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
21-03-guruh sirtqi bo’lim talabasi
Xaitbayeva E’zozaning
Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan


Konspekti

Tarbiya Jarayonining mohiyati va mazmuni.
Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
NAZORAT UChUN SAVOL VA TOPShIRIQLAR
1.Keng va tor ma’nodagi tarbiya tushunchalariga izoh bering.
Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg’unlashadi.
Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.


2.Tarbiya mazmuni deganda nima tushiniladi?
Tarbiya mazmuni deganda, qo’yilgan maqsad va vazifalar bilan bog’liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi


3.Tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalarini bayon eting.
Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish
Tarbiyaning umumiy vazifalari:
jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;
madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.



Yüklə 42,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə