11-mavzu: restoranlarda ovqatlanish zalini tayyorlash


Oshxona idish-tovoqlari, anjomlarini olish va



Yüklə 161,07 Kb.
səhifə5/11
tarix12.05.2022
ölçüsü161,07 Kb.
#86781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
11-mavzu

3.Oshxona idish-tovoqlari, anjomlarini olish va

xizmat boshlashga tayyorlash
Restoran ichini tozalab boʻlgandan keyin, stollar joy - joyiga qo’yilgach, ofisiantlar guruxi restoran ochilishidan 2 soat oldin idish - tovoqlar, sochiq va dasturxonlar saqlanadigan xonadan keraklilarini oladi xamda stol bezatishga kirishadi. Ular stollar soni kelishi mumkin boʻlgan mijozlarni va moʻljallab harakat qiladi. Baʼzi restoranlarda sochiq, dasturxon, salfetkalarni navbatchi ofisiantlar oladi. Anjomlarni olishda ularning xolatiga eʼtibor berish zarur, yaʼni dasturxon, sochiq. salfetkalar toza, kraxmallangan va dazmollangan boʻlishi shart. Idishlar esa, sinmagan, darz ketmagan, xammasi bir nusxala boʻlishi kerak. Bu olingan anjomlarning xammasi ofisiant servantiga joylashtiriladi. Ish unumli bo’lish uchun ofisiant servanti tartibli boʻlishi lozim. Servantning yuqorisida oshxona anjomlari, oʻrtasida tarelkalar, pastki kismida sochiq va dasturxonlar boʻladi. Idish - tovoqlarning bir kismi yaʼni issiq taom suzilishi kerak boʻlganlari iliq holda saqlanadi. Foydalanilgan idishlar oʻrniga ofisiant tozasini olib kelib quyadi.

Ofisiant xizmat koʻrsatayotgan stollariga kerakli va yetarli tovoq, anjomlarni olishi kerak. Stol bezash uchun kerakli - tovoq va anjomlarni tashishda ofisiant uch qavatli idish idish aravachadan foydalanadi. Yuqori kavatda tarelkalar, oʻrta kavatda anjomlar turadi. Stol yasatishdan oldin olingan Xamma idishlarning yuvilishi, sifati, tarelka va anjomlarning xolati tekshirib ko’riladi. Kamchiligi boʻlsa tezda almashtiriladi. Ofisiant qp’l sochiq bilan idishlarni artadi. Idishlarni artganda u quyidagilarga rioya qiladi:

• chap qulda sochiqcha bilan tarelka ushlanadi, sochiqning ikkinchi tomoni bilan o’ng qo’lda aylantirib tarelka artiladi:

• u ryumka va kadahlarni chap koʻl bilan pastidan ushlanadi, sochikcha bilan oʻng koʻlda, bosh barmoqni idish ichiga quyib, boshqa barmoqlar bilan sirti artiladi;

• uzun qadaxlarni extiyot bo’lib artish kerak. Ichiga

sochiqning uchi qo’yib artish kerak. Undan soʻng quruq sochiq bilan yana artadi;

• pichoqlarning bir nechtasini chap qoʻl bilan solidan ushlanadi va oʻng qoʻldagi sochiq bilan yaltiraguncha artiladi. Pichoqning oʻtkir tomoni teskari turishi kerak. Soʻngra ularni salfetka solingan tarelkaga taxlaydi;

• sanchqi va qoshiklar xam pichoqqa o’xshab artiladi hamda tozaligi tekshiriladi;

• chashkalar sochiq bilan chap qulga olinib, ichi va sirti artiladi:

• dasturxon bezash uchun tayyorlangan tarelka va anjomlar, shisha idishlar extiyotlik bilan yordamchi stolga quyiladi hamda

salfetka solingan podnosga teriladi:

• yakka xolda foydalaniladigan idish - tovoq va anjomlar. fujer. ryumkadan tashqari

har bir stolga tuz, murch va qalampir idishlari, gul uchun guldon, qog;oz salfetkalari xam qo’yiladi. Bu idishlar quruq va undan ziravorlar erkin sepilishi lozim. Bunday idishlar billur, shisha yoki chinnidan yasalishi, chetlari zanglamaydigan temir bilan qoplangan boʻlishi mumkin. Tuzdonga to’ldirib tuz solish kerak emas, chunki u nam tortib kolishi mumkin. Garimdori idishining yarmigacha qalampir solinadi. Garimdori idishining qopqogʻi ancha vaqt ochik qolsa, u yaroqsiz xolga kelib qolishi mumkin. Murch ilishi ham toʻrtdan uch qismga toʻldiriladi;

• gorchisa idishi xam toʻrtdan uch kismi to’ldiriladi;

• kuldon xam oʻziga xos xizmat talab qiladi. Chinni idishlar singari ularni xam sochiq bilan artib turish kerak,

• ofisiantning qoʻl ostida xar doim pista yogi, sirka boʻlishi kerak. U mijozlar talabiga binoan beriladi.



Yüklə 161,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə