11. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish



Yüklə 52,81 Kb.
səhifə1/5
tarix31.03.2023
ölçüsü52,81 Kb.
#103797
  1   2   3   4   5
11-20


11. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish. Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki kontrakti) va u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to‘g‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi. Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha xodimlarning ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi. Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi. Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy schyota ochiladi, unda xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oyma-oy jamlanib boriladi. Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim. Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini xamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi bo‘yicha hisoblashishlarni olib borish buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida quyidagi schyotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan: 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”; 6720-“Deponentlangan ish haqi”. 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” hisobvarag‘ining kredit tomonida mehnat haqi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalarning hisoblab yozilishi aks ettiriladi. 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” hisobvarag‘ining debet tomonida hisoblangan mehnat haqini to‘lash va undan ushlanmalar aks ettiriladi. 6720-“Deponentlangan ish haqi” hisobvarag‘ida olinmagan ish haqi bo‘yicha xodimlarga bo‘lgan qarzlar aks ettiriladi.

Yüklə 52,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə