11-sinf tarbiy



Yüklə 14,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/97
tarix28.11.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#136175
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97
tarbiyam content

21–22-MAVZU: ETIKET
Ikkita guruhga bo‘lining.
1. Tashkilot rahbari va xo-
dimlarini tanlang. Tashkilot-
lar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik 
shartnomasini imzolashingiz 
kerak. Kelishuv jarayonini tash-
kil qilish bo‘yicha dastur tuzing. 
Dastur asosida belgilangan vazi-
falarni shartli ravishda amalga 
oshiring.
2. Guruhlarning o‘zaro munosabatlarida qanday etiket qoidalari buzilganini 
aniqlang.
3. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar bering.
4. Tavsiyalaringizni mavzu bilan qiyoslang.
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
?
?
Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
@edurtm_uz


90
Samarali muloqotning quyidagi asosiy elementlari bor:
– salomlashish;
– tanishuv;
– murojaat;
– subordinatsiya (pog‘onama-pog‘ona muloqotga kirishish).
Muloqot – munosabatda bo‘lishdir. Muloqot – harakat, tuyg‘u, fikr-muloha
-
za, ichki kechinmalarni o‘zgalar bilan o‘rtoqlashish demakdir. U shaxs fazilatlari, 
ichki “men”ining eng yaxshi qirralarini namoyon qiluvchi ijod shaklidir. 
1. Berilgan rasmlar asosida etiketning qaysi qoidalari buzilganiga sharh
bering.
2. Quyidagi rasmlarda qanday odob-axloq qoidalari buzilgan? Fikringizni 
asoslang.
Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak: 
diqqat, intizom va harakat.
Jaloliddin Rumiy
?
Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
?
III bob. Go‘zal fazilatlar
@edurtm_uz


91
Tarbiya, 11-sinf
Davraga kelib qo‘shilgan odam salom berib kiradi. 
Uni taklif qilgan mezbon ko‘pchilikka tanishtiradi, keyin 
qolganlarni yoshiga qarab tanishtiradi.
Insonlarni bir-biriga tanishtirliganida ular haqida 
qisqa ma’lumot beriladi. 
Masalan, “Bu – mening do‘stim Mahfuza, u jarroh 
bo‘lib ishlaydi”, “Bu – mening sinfdosh dugonam Dil-
dora”. Bu bilan siz davraga yangi qo‘shilgan tanishingiz
bilan qanday munosabatda ekaningizni ma’lum qilasiz.
Tanishtirayotgan odamga xayrixohligingizni bildi- 
rish maqsadida qo‘l uzatishingiz zarur. Ayollar qo‘l uzat-
masa, erkaklar qo‘l uzatmaydilar. 
Avvalo, erkaklar ayollar bilan tanishtiriladi, salomla- 
shiladi. Kichiklar kattalarga salom beradi.
Erkak kishi ayol kishi stulga o‘tirishiga yordam 
beradi. 
Ayol va erkaklar to‘plangan katta davralarda birin-
chi bo‘lib ayollar so‘rashadi. Erkaklar avval ayollar bilan, 
keyin o‘zaro salomlashishlari odobdan bo‘ladi.
Ko‘cha-ko‘yda ayol kishi erkak kishining o‘ng 
tomonida yuradi. 
Transport vositalaridan oldin erkak kishi tushishi, 
chiqayotganda esa, oldin ayol kishi chiqishi kerak.
Boshqa din vakillarining e’tiqodiga hurmat bilan
munosabatda bo‘ling.
Eskalatorga chiqqaningizda o‘ng tomonda turing. 
Chap tomonni bo‘sh qoldiring. Shoshayotganlarga o‘tib 
ketishga imkon bering.
Jamoat joyida qattiq kulish, baland ovozda gapirish 
odobsizlik hisoblanadi.

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə