114 Bemorni Qanday Parvarishlash Kerak 4


o`ldirish uchun ularni sovunli suvga yoki biroz xlorli ohak qo`shilgan issiq  suvga solib yuving. Bemor Holatini O`zgartirish



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix21.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#111767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
uz la wtnd 2015 04

117
o`ldirish uchun ularni sovunli suvga yoki biroz xlorli ohak qo`shilgan issiq 
suvga solib yuving.
Bemor Holatini O`zgartirish
Joyidan siljiy olmaydigan bemorlar kuniga bir necha mahal yotish 
holatlarini o`zgartirishlariga siz yordam berishingiz kerak. Bu esa yotoq 
yaralarning oldini olishga yordam beradi (400-bet).
Uzoq vaqtdan beri kasal bolaning onasi uni tez-tez ko`tarib turishi kerak.
Holatning tez-tez o`zgartirilishi uzoq vaqt o`rnida yotishga majbur 
odamlar uchun katta xavf bo`lgan zotiljam(pnevmoniya)dan ham saqlay-
di. Agar bemor isitmasi ko`tarilib, yo`talayotgan va hansirab tez-tez nafas 
olayotgan bo`lsa, unda o`pka shamollashi (pnevmoniya) boshlangan 
bo`lishi mumkin (315-bet).
BEMORDAGI O`ZGARISHLARNI KUZATIB BORISH
Siz bemorning ahvolidagi har qanday o`zgarishlarga katta e`tibor 
berishingiz kerak. Bu o`zgarishlar bemorning ahvolini yaxshilanayotgan 
yoki yomonlashayotganini sizga bildirib turadi. Uning „hayot belgilari” jad-
valini tuting. Quyidagi o`zgarishlarni kuniga 4 mahal yozib boring:
tana harorati
minutdagi pulslar soni nafas olishi
(necha gradus) (minutiga necha marta)
Shuningdek, u kuniga qancha suyuqlik ichgani va ichagi bilan 
qovug`i necha marta bo`shaganini ham yozib yuring. Ushbu ma`lumotlar-
ni tibbiyot xodimi uchun saqlang.
Bemorning kasali jiddiylashib yoki og`irlashib borayotganini bildiru-
vchi 
belgilarni kuzating.
“Xavfli Kasalliklar belgilari” jadvali keyingi betda 
berilgan. Agar bemorda ushbu belgilardan birortasi bo`lsa, 
tezda tibbiy 
yordamga murojaat qiling
.


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
116
oshqozon yarasi va zarda bo`lish.............316-321 betlar
appenditsit, ichak tutilishi, “o`tkir qorin”
(bu hollarda umuman ovqat yemang)......196-197
qand kasalligi (diabet)..............................248
yurak kasalliklari.......................................580
o`t pufagi muammolari .............................586
Ba`zi kasalliklar maxsus parhez talab qiladi. Ular quyidagi betlarda ko`r-
satilgan:
JUDA OG`IR KASALNI PARVARISH QILISH
SUYUQLIKLAR
Og`ir kasalning ko`p suyuqlik ich-
ishi muhimdir. Agar u ko`p icha olmasa, 
unga tez-tez kichik ho`plamlarda suyuq-
lik berib turing. Agar u zo`rg`a yutina 
olsa, unga har 5-10 min.da og`ziga 
tomchilab suyuqlik tomizib turing.
OVQAT
Bemor quyuq ovqatlarni iste`mol qila olmasa, unga sho`rva, sut, 
sharbat va boshqa suyuq ovqatlardan ichiring (11-bob). Don, suli yoki 
guruchdan tayorlangan bo`tqa ham yaxshi, lekin ular “tana o`stiruvchi” 
ovqatlar bilan birgalikda berilishi kerak. Sho`rvalarga tuxum, loviya yoki 
yaxshi qiymalangan go`sht, baliq yoki tovuq go`shti solinishi mumkin. 
Agar bemor birdaniga ko`p yeya olmasa, tez-tez oz-ozdan ovqat yeb turi-
shi kerak.
TOZALIK VA BEMOR HOLATINI O’ZGARTIRISH
Og`ir yotgan kasal uchun shaxsiy tozalikka e`tibor berish muhim-
dir. U har kuni iliq suvda cho`miltirilishi kerak.
Choyshablarini tez-tez, har kuni almashtirib turing. Agar ular kir 
bo`lsa, tezroq almashtirish kerak. Infeksion kasallik bilan og`rigan be-
morning kir yoki qon tegib qolgan choyshablari, ust-boshlari va sochiqlari 
ehtiyotkorlik bilan yig`ishtirilishi kerak. Ulardagi virus yoki mikroblarni 
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə