12-amaliy mashg’ulot pilla chuvish korxonasida ishlab chiqarish bo‘limi faoliyatini auditorlik mahoratidan o‘tkazish



Yüklə 47,41 Kb.
tarix23.05.2022
ölçüsü47,41 Kb.
#87732
МИЧСМ 12-амал


12-AMALIY MASHG’ULOT
PILLA CHUVISH KORXONASIDA ISHLAB CHIQARISH BO‘LIMI FAOLIYATINI AUDITORLIK MAHORATIDAN O‘TKAZISH
Ishdan maqsad:Pilla chuvish korxonasida pillani qabul qilish, saralash, chuvish va ipak ipini sifatini baholashda texnik nazorat bo‘limining vazifasini o‘rganish
Topshiriqlar
1.O’zDSt 993:2011 “Xom ipak. Texnik shartlar” standartidan quyidagilar o‘rganilsin:
-pillani qabul qilish qoidasi;
-ishlab chiqarish qoidalari;
-joylab o‘rash, yorliqlash;
-namunalar olish;
-tashqi ko‘rinishini aniqlash;
-qayta o‘rash qobiliyatini aniqlash;
-notekislikni aniqlash;
-jipslikni aniqlash.
Asosiy ma’lumot
1. Pilla chuvish korxonasi va qayta ishlanayotgan mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi 6.1-jadvalga yozilsin.
6.1-jadval

T/r

Pilla chuvish korxona nomi

Pilla chuvish korxona manzili

Pilla chuvish korxona quvvati

Pilla turi (navi)

Pilla etishtirilgan sharoit



















2. Xom ipakning quyidagi sifat ko‘rsatkichlari aniqlansin va 6.2-jadvalga yozilsin.
-chiziqli zichligi, sN/teks;
-chiziqli zichligi bo‘yicha og‘ish, (teks);
-nisbiy uzuvchi kuch, sN/teks;
-nisbiy uzilishdagi cho‘zilish, %;
-jipsligi, karetkani yurish soni.
6.2-jadval

T.r

CHiziqli zichligi,
sN/teks

CHiziqli zichligi bo‘yicha og‘ish, (teks)

Nisbiy uzuvchi kuch, sN/teks



Nisbiy uzilishdagi cho‘zilish, %



Jipsligi, karetkani yurish soni.



















Pillalarni chuvish orqali olingan xom ipak O'zDSt 993:2011 standartiga muvofiq turli chiziqli zichliklarda ishlab chiqariladi: 1,56; 1,89; 2,33; 3,23;3,85; 4,65; 10,75; 13,33; 16,60 teks. Barcha bosqichlardagi xom ipak ettita navga ajratiladi: 4A, 3A, 2A, A, V, S, D. Xom ipakning eng yuqori navi - 4A, eng past navi esa D hisoblanadi.
Pilla chuvish korxonasida olib boriladigan texnik nazorat ishlab chiqarilgan xom ipakning turli xususiyatlarini nazoratdan o‘tkaziladi.
Xom ipakning nuqsondorligi-xom ipakda nuqsonlar mavjudligini tavsiflovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Xom ipakning sifat ko‘rsatkichlari barcha iplarga xos: chiziqiy zichlik, shu ko‘rsatkichi bo‘yicha kvadratik notekisligi, nisbiy uzish kuchi (mustahkamligi), uzilishdagi uzayishidan tashqari nafis shoyi gazlamalar xususiyatlariga bevosita ta’sir etadigan xom ipakning bir qancha maxsus xususiyatlari ham aniqlanadi.
Xom ipakning mos kelmasligi (kalavalar holati) seriplan deb ataladigan dastgohda maxsus qora panelga (doskaga) o‘ralgan xom ipakning tashqi ko‘rinishi sinchiklab tekshirilib etalon rasmlari bilan taqqoslanib ball bilan baholanadi. SHu usulda xom ipakning mayda nuqsonlari bo‘yicha tozaligi-ipdagi kichik qalinlashuv (yo‘g‘onlashish), katta bo‘lmagan tugunaklar va boshqa nuqsonlar soni aniqlanadi.
Katta nuqsonlar bo‘yicha tozaligi- g‘adir-budur, buralgan, tutunsimon va to‘zigan qismlar soni bilan ifodalanadi.
Xom ipakning jipsligi deb uni tashkil qiluvchi ipak tolalarning seretsin bilan yopishqoqlik darajasiga aytiladi. Bu ko‘rsatkich maxsus asbobda 10 ta paralell holda tortilgan xom ipak ipini ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchan karetkaning namuna titilgunicha qilgan harakat davri bilan aniqlanadi.
Tekshirilayotgan xom ipak ikki yoki undan ko‘p sifat ko‘rsatkichlari yoki konditsion chiziqiy zichligi me’yoriy chiziqiy zichlikdan farqlangan hollarda xom ipak sifati bir navga pasaytiriladi, III nav xom ipak esa nostandart deb baholanadi.
Bajarilgan laboratoriya ishi bo‘yicha xulosa yozilsin.
Yüklə 47,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə