12-amaliy mashg‘ulot Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar Reja



Yüklə 46,7 Kb.
səhifə3/3
tarix17.12.2023
ölçüsü46,7 Kb.
#150036
1   2   3
12-mavzu

Tashkiliy hujjatlarda, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalar ham aks etadi. Tashkiliy hujjatlarning turlariga nizom, ustav, shartnoma, ta’sis shartnomasi, yo’riqnoma, lavozim yo’riqnomasi, shtat jadvali, mehnat tartiboti qoidalari, xizmat guvohnomasi, xizmat safari guvohnomasi va boshqalar kiradi. Ikki va undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o’zgartirish yoki to’xtatish yo’lidagi kelishuv shartnoma deyiladi. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o’rtasida tuzilishi mumkin. Unda hujjatni imzolagan tomonlar bajarishi lozim bo’lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko’rsatiladi.
Nizom – tashkilot yoki uning tarkibiy bo’linmalari tuzilishi, huquqlari, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizomning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardir:
1. Tasdiqlash ustxati.
2. Muassasa (tarkibiy qism) nomi.
3. Hujjat nomi (Nizom).
4. Hujjat matni:
– muassasa tuzilishining maqsad va vazifalari;
asosiy vazifalari;
muassasa tuzilishi (strukturasi);
muassasaning huquqlari;
muassasada ishni tashkil qilish tartiboti.
5. Sana va joy.
Yo’riqnoma qonun yoki boshqa normativ hujjatlarni tushuntirish maqsadida tuziladigan huquqiy hujjat bo’lib, davlat organlari tomonidan chiqariladi.
Yo’riqnomaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Tasdiqlash ustxati.
2. Yo’riqnoma tuzilgan vaqt (sanasi) va uning tartib raqami, shartli raqami (indeksi).
3. Hujjatning sarlavhasi, nomi (Yo’riqnoma).
4. Matn:
1) kirish qismi;
2) bo’limlar va kichik bo’limlar;
3) yakuniy qism.
5. Yo’riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, familiyasi, imzosi.
Yüklə 46,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə