12-mavzu: jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’limiy-tarbiyaviy qarashlar



Yüklə 31,45 Kb.
səhifə1/10
tarix07.06.2022
ölçüsü31,45 Kb.
#88996
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12.1-mavzu o'quv savollari va ma'ruza matni


12-MAVZU: JAHON DINLARI: BUDDIZM VA XRISTIANLIK VA ULARDAGI TA’LIMIY-TARBIYAVIY QARASHLAR.
Reja

  1. Buddaviylik asoschisining shaxsi, Buddaviylik ta’limoti, Meditatsiya.

  2. Buddaviylikning tarqalishi; Buddaviylik manbalari

  3. Xristianlikning vujudga kelishi; Pravoslav oqimi, Katolik oqimi, Protestant oqimi.

  4. Xristianlikdning boshqa oqimlari; Xristianlik tarixida apostol Pavelning tutgan o‘rni;

  5. “Bibliya” xristianlikning muqaddas kitobi.



Tayanch so‘zlar
Tripitaka; Tipitaka; Vinaya-pitaka; Sutta-pitaka; Siddxartxa;Budda; Maxayana; Xinayana; Dxarma; Karma; Nirvana; Meditatsiya, Bibliya; Muqaddas Ruh; Pasxa; Cho‘qintirish; Xoch; Ikona; Patriarx; Yepiskop; Diakon; Papa; Mitropolit; Altar Indulgensiya; Post.


1. Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar asosan Janubiy, Janubiy Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, yaponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Yevropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.
Hozirgi kunda dunyoda Buddizmga e’tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko‘pgina mamlakatlar huquq normalariga ko‘ra qaysi dinga e’tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddistlar soni 750 mln.ga yaqin bo‘lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir.
Buddizm bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko‘plab qonuniy manbalar va ko‘p sonli diniy yo‘nalishlar mavjuddir.
Buddizmning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo‘lib, bu narsa Buddizmning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo‘ldi.
Buddizmni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to‘plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin.
Hozirgi buddizmga e’tiqod qilib kelayotgan sharq mamlakatlaridagi buddizm ta’limotini o‘rganish u yerdagi siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy madaniyatini tushunishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Bu davlatlarda buddizm qoida va an’analari buddizmga e‘tiqod qiluvchilar nazarida markaziy hukumat qonunlaridan ko‘ra ustun turadi. Bu narsa zamirida buddizmning potensial kuchi yotadi.

Yüklə 31,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə