12-mavzu. Lug‘at tarkibidagi so‘zlarning kelib chiqishi, ijtimoiy guruhlar tomonidan qo‘llanishi jihatidan tavsiflanishi



Yüklə 86,22 Kb.
səhifə3/4
tarix22.05.2023
ölçüsü86,22 Kb.
#112078
1   2   3   4
12-mavzu amaliy

Alvon, bop, o‘ng‘ay, paqqos, cho‘tlamoq, bahramand, mashmasha, bazm, beg‘u-bor, musaffo, solishmoq, tashlashmoq, boqiy, obdon, chashma, azza-bazza, bur-kanmoq, tushirmoq, bo‘y, jichcha, bo‘zlamoq, diyor, anchayin, fido, jillaqursa, esli, qulluq, zormanda, tuyqusdan, gard, hanuz, hayotbaxsh, hijron, o‘lmang, tokay, ilk, haftafahm, in’om etmoq, bol, iqbol, istiqlol, ta’viya, jamol, jasad, jazira-ma, qoyilmaqom, koshona, paqqos, o‘lguday, libos, lojuvard, hangamalashmoq, esli, ma’vo, nozan­day, bekitiqcha, moviy, muattar, oshna, yolg‘ondakam, mushkul, mush­tipar, nash’a, osuda, samo, suluv, taasub qilmoq, suq, chechak, shodi-yona, zumrad, ketvorgan, ulkan, sokin, yayov, rom etmoq.

173-mashq. Gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan birikmalardan qaysilari ibora, qaysilari erkin so‘z birikmasi ekanligini aniqlab, tushuntiring.

173-mashq. Gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan birikmalardan qaysilari ibora, qaysilari erkin so‘z birikmasi ekanligini aniqlab, tushuntiring.

1. Bolalar ertakni og‘zini ochib tingladi. 2. Shifokor boladan og‘zini ochib to-mog‘ini ko‘rsatishini so‘radi. 3. Nazirjon kechki shamolda bug‘doy sovurdi. 4. Sobir otasidan qolgan boylikni bir yilda shamolga sovurdi. 5. Sobir gapning oxiriga nuqta qo‘ydi. 6. “Paxtakor”ning urgan goli o‘yinga nuqta qo‘ydi. 7. Qo‘shnimiz so‘rab kelgan ekan, bir piyola tuz berdim. 8. Men sizga uy berdim, joy berdim, vaqtida tuz berdim. (A. Qah­hor) 9. Haligi xayoli chippakka chiqqa-nini ko‘rib, xolaning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi. (S. Anorboyev) 10. Pistafurush xolaning bozorning o‘rtasida tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi. 11. Muhabbat bu taklifni o‘rtaga qo‘ydi-da, rollarni taqsimlashda ko‘p qiynaldi. (H. Nazir) 12. Nodir qovunni o‘rtaga qo‘ydi.

174-mashq. Gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ibora bilan almash­tirib o‘qing.

174-mashq. Gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ibora bilan almash­tirib o‘qing.

1. Ish juda oson bitdi. 2. Zamira opa ovqat qilishda har qanday osh-pazdan o‘zadi. 3. Umr degan narsa tez o‘tib ketar ekan. 4. Hozir oq tur-nalar kamyob bo‘lib ketgan. 5. Qudrat unga gap uqtirish qiyin ekanini sezdi. 6. Peshonam sho‘r bo‘lmasa, shu landovurga tegamanmi? 7. Bu eski mashinangiz bilan shaharga yuk olib borib bo‘lmaydi. 8. Choyxona­ning egasi Nodirning juda yaqin qadrdon ulfati. 9. Ma’ruzachi fikrini shunday chiroyli, yangi jumlalar bilan sodda qilib tushuntirardiki, kishining sira esidan chiqmasdi. 10. Havoning birdan sovib ketishi dehqonchilik ishlariga xalal berdi. 11. Tuni bilan hech kim uxlamadi. 13. Bir talaba kutilmaganda mavzuga aloqasi bo‘lmagan savol berib qoldi.


Yüklə 86,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə