12-mavzu. Molekulalarning elektron-tebranma-aylanma holatlari. Molekulalarning optik spektroskopiyasi.
Reja:
1.Molekulalarning optic sohadagi energetic pog’onalari
2.Molekulalarning aylanma harakati
3.Molekulalarning optic spektroskopiyasi
Makroskopik sistemalar, ya’ni jismlar qizdirilgan paytda ular faqat issiqliknigina tarqatmasdan undan tashqari yana lyuminestensiya spektri nomi bilan yuritiluvchi yorug`lik energiyasini ham ajratib chiqarishi mumkin. Lyuminestensiyani ro`yobga chiqarish uchun energiya zapasi mazkur temperaturaga mos keluvchi issiqlik zapasidan kattaroq bo`lgan tashqi energiya manba bilan lyuminestensiyalana oluvchi jismga ta’sir qilish kerak.
Tashqi energetik ta’sir quyidagilardan birortasi bo`lishi mumkin:
Ionlar turtkisi vositasida energiya berish.
Mexanik ta’sir qilish yo`li bilan energiya berish.
Elektronlar turtkisi vositasida energiya berish.
roentgen nurlari va radiatsiyadan foydalanib energiya berish.
yorug`lik bilan ta’sir qilib energiya berish.
Kimyoviy hodisalar tufayli energiya berish.
Elektr hodisalari vaqtida chiqadigan energiyadan foydalanish.
Lyuminestensiyaning o`ziga xos tomoni shundan iborat sistemaga energiya berish bilan (ayniqsa ionic kuzatish hollarida) uning nur chiqarishi boshlanguncha qandaydir oraliq hodisalar amalgam oshishidir, ro`y berishidir.
Nur chiqarishning davomiyligi nuqtai nazaridan lyuminestensiya – qisqa davr mobaynida nurlanish va fosforestensiya uzoq davom etuvchi nurlanish.
Nur chiqarish vaqtida ro`y beradigan elementlar jarayonlarining mexanizmiga asoslangan va eng jazmon (ratsional) klassifikatsiya Vavilov tomonidan berilgan edi.
To`satdan (spontan) nurlanish (lyuminestisiyalanish)
Majburiy nurlanish.
Rekombinatsion nurlanish
Rezonans nurlanish.
1. Favqulotda (to`satdan) nurlanishdan avval aksariyat hollarda nur chiqarmaydigan o`tish ro`y beradi, so`ngra bu energetik pog`onadan nurlanish ro`y beradi. Lyuminestisiyaning bu turi bug` holda turgan yoki erigan holda bo`lgan murakkab molekulali moddalarga xosdir. (1 xol)
2. Majburiy o`tish vaqtida modda tashqaridan energiya qabul qilganidan keyin o`z –o`zicha metactabil, (beqaror) holda o`tadi. Metastabil holatda turgan bunday sistemaga qo`shimcha turgan energiya berilsa (bu energiya lyaminoforning ichki energiyasining hisobiga yoki yorug`likning infraqizil sohasidagi tashqaridan berish xisobiga) u norlanish pog`onasiga o`tadi va lyuminestensiya spekterini chiqaradi. (2 hol)
3. Rezonans o`tish (lyuminestensiyalanish). Metal atomlarining bug`larida va oddiy molekulali (ba’zan molekula murakkab bo`lishi ham mumkin) moddalarda kuzatiladi. Nurlanishni spontak harakterga ega bo`ladi va energiya qabul qilib qo`tarilgan sohadan qaytish hisobiga ro`y beradi. (3 xol).
4. Rekombinatsion nurlanishi kuzatiladi holga
energiyani qabul qilish natijasida hosil bo`lgan murakkabligi qayta qo`shilishi (tiklanish, rekombinatsiyalanish) neytron chiqadigan nurga rekombinatsion nurlanish deyiladi.
Murakkab molekula energiyasi bog`lar va energetik pog`onalar o`rtasida uzluksiz ravishda qayta taqsimlana – turadigan statistic sistemadir. Tebranma pog`onalarning o`zaro kuchli ta’sirlashuvi natijasida energetik pog`onalarning surkalganday bo`lishi (har hil tomonga siljishi) va yuqori darajada angarmonikligi kuzatiladi. Shu sababdan lyuminestensiya spektri butkul uzluksiz ko`rinishga ega bo`ladi. Lyuminestision nurning kvantlari qo`zg`atuvchi nurnikidan kichik ham, katta ham bo`lishi mumkin.
Stoks chiziqlarining paydo bo`lishni berilayotgan energiyaning bir qismini issiqlikka aylanishi bilan tushuriladi. Ko`zg`algan molekula o`z energiyasining bir qismini sifatida atrofga tarqatib neytron yerdan nur chiqarib asosiy (normal) holatga o`tadi.
Antistoks chiziqlarining paydo bo`lishi issiqlik energiyasini qamrab olish natijasida molekulani yuqoriroq energitik pog`onaga o`tib so`ngra u yerdan lyuminestensiya spektrini chiqishining natijasidir. Lyuminestesiya spektrini paydo bo`lishini ahamiyati juda katta. Svetotexnikada bunday moddalar sari ko`proq darajada materiallarni yorug`lik ta’sirini saqlashga qo`llanilmoqda.
Molekuladagi harakatning koʼrinishlari va molekulyar spek-trlarpyng xillari.
Molekulalar atomlarga qarama — qarshi oʼlaroq ikki yoki undan ortiq atomlardan tashkil topganlish uchun ularning hara-kati atomlardagidan murakkabroq boʼladi.:
1.Elektronlarning mol^kuladagi holatini oʼzgarishiga olib keluvchi elektron oʼtishlar.
2.Yadrolarning nisbiy joylashishinipg davriy oʼzgarishi bilan bo>'lik. boʼlgan tebranma harakat.
Z.Fazoviy yoʼnalish (orientatsiya)ning davriy oʼzgarishi bilan borliq boʼlgan tebranma harakat. Molekula yaxlit bir sistema sifatida oʼzining fazoviy yoʼnalishipi davriy ravishda oʼzgarti-rib turadi. Bunday harakatga aylanma oʼtish deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |