12-Mavzu. Nutq va adabiy me’yor. Kasbiy nutq reja



Yüklə 26,94 Kb.
səhifə1/2
tarix08.04.2022
ölçüsü26,94 Kb.
#85169
  1   2
12- mavzu111


12-Mavzu. Nutq va adabiy me’yor. Kasbiy nutq

REJA:

  1. Nutq va adabiy me’yor.

  2. Kasbiy nutq.

  3. Nutq bayon qilish usullari.

  4. Mutaxassis nutqining ilmiyligi, to ‘g ‘riligi , mantiqiyligi, nutqiy kompetentlik.

Me’yor- jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, maqullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir. Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-marifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashi, urf- odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan.

Til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy bo’lgan bir qolipga keltirish tilshunoslikning muhim vazifasi hisoblanadi. Me’yor masalalari shu sohaning o’rganish obyekti bo’lib qoladi.

Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o’rni ham alohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o’z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo’lda ular yangi so’z va iboralar yaratadilar. Bu tilning boyishi va me’yorllashuviga sabab bo’ladi.

So’zlarni aniq gapirish uchun quyidagilardan unumli foydalansa bo’ladi :

Tabiat bergan nutq organlaridan to’g’ri foydalanish;

So’zlar qanday tashkil topganligini bilish;

Har bir so’zni baland ovozda tezlikni saqlab aniq gapirish;

Harflarni tushurib qoldirmasdan gapirish;

Boshni pastda tushurmasdan og’izni katta ochib gapirish;

Bo’yin, yuz va boshqa bo’g’inlarni bo’sh holatda ushlash.

Nutq so’zlaganda, ortiqcha so’zlar kirish gaplar, nopisadnoma iboralar, shuningdek, gumonsirash ishonchsizlik, hadeksirash, esankirash, аsabiylashish, g’azablanishga aslo yo’l qo’ymaslik zarur.

Pedagogning nutqi ifodali bo’lishi lozim. Bunda nutq intanatsiyasi muhim o’rntutadi. U oxang (melodika) tinim( paiza), mantiqiy urg’u nutq sur’ati kabi tarkibiy qismlaridan iborat.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida ham «Til fazilatlari, foyda va zararlari haqida», «Til ardami» deb nomlangan maxsus boblar bo‘lib, ular so‘zlash madaniyatiga bag‘ishlangan. Ayrim namunalar keltiramiz.

So‘zingni ko‘dazgil boshing bormasin,

Tilingni ko‘dazgil tishing sinmasin...

(So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin,

Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin...)

Esanlik tilasa saning bu o‘zung,

Tilingda chiqarma yarog‘siz so‘zung.

(Sening o‘zing esonlik tilasang,

Tilingdagi yarog‘siz so‘zingni chiqarma).

Bilib so‘zla so‘z biligka sonur,

Biligsiz so‘z o‘z boshini yeyur.

(Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi

Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi).


Yüklə 26,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə