12-Mavzu. Nutq va adabiy me’yor. Kasbiy nutq reja


Nutq madaniyatini o’stirish usullari



Yüklə 26,94 Kb.
səhifə2/2
tarix08.04.2022
ölçüsü26,94 Kb.
#85169
1   2
12- mavzu111

Nutq madaniyatini o’stirish usullari.

Pedagog o’z nutqining talaffuziga, nutq so’zlash ohangiga mustaqil va qat’iy talabchan bo’lmog’i lozim.

1) uning ovozi jarangdor baland, , tiniq, yoqimli,yumshoq bo’lishi zarur;

2) tomoqni asrash: xastalikning,humladan shamollashning oldini olish lozim. Аgar ovoz bo’g’iq, xirrilaydigan, so’zlaganda yo’taltiradigan bo’lsa ovoz pardalarini davolamaguncha dam berishni nutq so’zlamaslikni tavsiya etamiz.

Talabalar nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

1.Nutqning nutq sharoitiga mosligi. i. Masalan, so’zlovchi bitta, tinglovchi ko’p bo’lsa, so’zlovchining baland ovozda to’xtam (pauza)larga rioya qilib, fikrni izchil va bir-biriga bog’liq ravishda bayon qilishi talab etiladi.

2.Nutqning mazmundorligi .O’quvchi nutqi nutq sharoitiga mos tushsa hamda uning o’zi bilgan va xabordor bo’lgan voqea-hodisalarni og’zaki va yozma shakllarda bayon qilsagina mazmunli bo’ladi.
3.Nutqning mantiqan tog’ri, aniq va izchil bo’lishi. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo’lsagina, uning ta’sirchanligi ortadi. Bu har bir o’quvchidan narsa, voqea-hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga tog’ri baho bera olish, shu yo’l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilishni talab etadi. 4.Nutqning boy va rang-barang bo’lishi .Nutqning boy va rang-barangligi, avvalo, fikrni bayon qilishda o’zbek tilining leksik imkoniyatlari: ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so’zlardan, tasviriy ifoda va iboralardan, maqol va matallardan, ko’chma ma’noli so’zlardan, o’xshatish, sifatlash kabi badiiy til vositalaridan keng va o’rinli foydalanishda namoyon bo’ladi.
5.Nutqning grammatik jihatdan to’g’ri qurilgan bo’lishi. O’quvchi so’z, so’z birikmasi va gaplarni bir-biriga bog’lash, kelishik va egalik qo’shimchalarini o’rinli qo’llash, gapning ega va kesimini moslashtira bilish kabi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi shart.
6.Nutqning ohangdor bo’lishi. Ohang o’quvchi nutqining ta’sirchanligini oshirish vositasi sanaladi. O’quvchi har bir she’riy yoki nasriy asarni ohangdorlikka amal qilgan holda, sintagmalarga rioya qilib, mantiqiy urg’uni to’g’ri qo’llab o’qishi zarur.

Kompetentlik – tushunchasi dastlab ta’lim sohasiga psixologik, pedagogik izlanishlar natijasida kirib kelgan tushuncha bo‘lib, zamonaviy atama sifatida qo‘llanilib kelinmoqda. «Competentia» lotincha so’zdan olingan bo’lib, o’zbek tilidagi tarjima qilinganda unung lug’aviy ma’nosi «yaxshi biladigan inson», «tajribaga ega bo’lgan kishi» kabi ma’nolarni bildiradi. Shu sababli kompetentlik talim jarayonida sodir boladigan turli xil vaziyatlar, kutilmagan holatlar rahbarning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishuvchanligi, qo‘l ostidagilarni ruhiy holatlarini tushuna olish qobiliyatiga ega bo‘lishi, raqobaddosh tomonlar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarda mavjud muammolar ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda rahbar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniq maqsadlar asosida qo‘llay olish, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.



Adabiyotlar:

  1. N. Erkaboyeva. O ‘zbek tilidan ma’ruzalar to ‘plami. T. 2019.

  2. Karimova V.M., Hayitov O.E., Djalalova S.M. Boshqaruv psixologiyasi. O’quv

qo’llanma. -T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008.

I
Yüklə 26,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə