13-mavzu. "Etika" fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati


Muhabbatlik bahorning kuz husuli hech oz o`lmas



Yüklə 28,7 Kb.
səhifə6/9
tarix31.12.2021
ölçüsü28,7 Kb.
#81452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-mavzu. Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiy

Muhabbatlik bahorning kuz husuli hech oz o`lmas,

Muhabbatsiz kishining ko`ngli qishdur asli yoz o`lmas.
Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, adolat.Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik – ezgulik va yovuzlik; ezgulik axloqshunoslikdagi eng muhim kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi.

Ezgulik – insonga eng kuchli ma`naviy lazzat bag`ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi ,fazilat, shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyat.

Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan o`lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog`liqligi shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o`z ichiga oladi.

Axloqshunoslikning yana bir qamrovli mezoniy tushunchasi adolatdir. Adolat bu tenglikning haqqoniy va taqdirlashning zaruriy o’lchovidir. Suqrot ta’biri bilan aytganda «adolat – qonunga muvofiq xulqdir». Adolat muayyan axloqiy sistemada qabul qilingan, kishilarning axloqiy burch va majburiyatlari tushunchasiga mos keladigan hatti-harakatlardir. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o’zi biror bir qadriyatni anglamaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor, unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda miqdor o’lchovi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o’lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo’l yo’q.

Axloqshunoslikning nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon tushunchasini birinchi bo’lib Stoiklar maktabi vakillari kiritganlar. Ularning fikricha, vijdon insonning o’z xulqini muayyan axloq normalari nuqtai nazaridan turib axloqiy baholashi va nazorat qilishi, o’z hatti-harakatlarini va bu hatti-harakatlarga bog`liq bo’lgan his-tuyg`ularni, kechinmalarni o’zida tahlil qilishidir. Vijdon lozimiy narsa oldidagi mas’uliyat hissidir. Vijdon – Zigmund Freyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o’rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog`liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki, o’z-o’ziga bog`liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog`liqlik tashqi bog`liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o’z nojo’ya harakati tufayli yuzaga kelgan o’ng`aysizligi bo’lsa, vijdon azobi, bu oddiy o’ng`aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning talabi. U qondirilmas ekan, hech qachon azob to’xtamaydi.


  1. Axloqiy tamoyillar, me’yorlar

Asosiy mezoniy tushunchalar – kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab umumiy tarzda ko`zga tashlanadi.


Yüklə 28,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə