13-Mavzu: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va
funksiyalari Reja:
1.
Muloqot
– yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va
o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi
hamda ikki yoki undan ortiq
kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy
tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va
mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va
shaxs sifatida
kamolotga yetadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik–psixologik
fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo
munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi
hamda hamkorlik faoliyatining ichki
aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro
ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni
ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘za- ro
ta’sir malakasi, usuli va tizimini
anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot
almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro
bir-birlarini
tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi hamda quyidagi xususiyatlarga
ega:
muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy
qurol hisoblanadi;
muloqot jarayonida uning maqsadga
muvofiq amalga oshirishni
ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha-
miyatga ega;
o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi
muloqot sanalib, motivatsiyada motiv
qanday ahamiyat kasb etsa, u ham
xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi;
pedagogikada muloqot – o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘t-
kazish asosida o‘zaro munosabatini
faol tashkil qilishi, muayyan bir
maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiya- sini
bajarishidir;
muloqot – hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi- qadi
va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi;
Noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchi- ga
ishonchsizlik paydo bo‘ladi, ularning diqqat – e’tibori, ishchanlik harakati
susayadi,
nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati
pasayadi.