Kredit modul tizimida baholash va baholarni konvertatsiya qilish
Talabalar ta’lim dasturi doirasida o’qitish shaklidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi.
Baholash usullari fan yoki modulь doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, og’zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni o’z ichiga qamrab oladi. Baholash mezoni ta’lim olish natijasiga erishilganligini aks ettirishi shart.
Kreditlarni ko’chirish oliy ta’lim muassasasida baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvalini boshqa oliy ta’lim muassasasida tuzilgan shunga o’xshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.
Amaliy mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari:
1. Talabalar bilimin kredit modul tizimida baholash Respubikamizda qachondan joriy etila boshlangan?.
2. Kredit nima?
3. Modul nima?
4. Bir kredit nima
5. Kreditlarni hisoblashni tushuntiring?
Dostları ilə paylaş: |