14 laboratoriya ishi Cho’g’lanma lampa tolasining temperaturasini aniqlash Kerakli asbob va jihozlar



Yüklə 44 Kb.
tarix31.05.2023
ölçüsü44 Kb.
#114673
14-laboratoriyachoglanma-lampa-tolasining-temperaturasini-aniqlash


14 - laboratoriya ishi
Cho’g’lanma lampa tolasining temperaturasini aniqlash


Kerakli asbob va jihozlar: o’zgarmas tok manbai, lampa 6,3V (ikkita), milliampermetr, voltmetr, reostat, kalit, ulash simlari, ommetr.
Ishning maqsadi: voltamper xarakteristika (kuchlanish va tok kuchi orasidagi bog’lanish) dan foydalanib, cho’g’lanma lampa tolasi temperaturasini aniqlashni o’rganish.
Ishni bajarishning mazmuni va metodi: Cho’g’lanma lampa tolasining temperaturasini aniqlashda o’tkazgich qarshiligining temperaturaga bog’liqligidan foydalanish mumkin:
(1)
Buning uchun avval lampa tolasining xona temperaturasidagi qarshiligini ommetr asbobi yordamida o’lchanadi. Bu tolaning 00C temperaturadagi qarshiligini aniqlashga imkon beradi. (1) ifadadan:
(2)
Bu yerda 1 - tola qarshiligining sovuq holatdagi termik koeffitsiyenti bo’lib, uning son qiymati 1=5∙10-31/0C. Voltamper xarakteristika (tok kuchi va kuchlanish orasidagi bog’lanish grafigi) olinadi. Tok kuchi va kuchlanishning qiymatlaridan foydalanib lampa tolasining qarshiligi va temperaturasi o’lchanadi. Alohida shuni e’tiborga olish lozimki metallar qarshiligining temperaturaga bog’liqligi judayam chiziqli bo’lavermaydi. Asosan bu temperaturalar farqi katta bo’lgan paytda sezilarli bo’ladi. Shuning uchun tola qarshiligining qizigan holdagi termik koeffitsiyentini 2=5,8∙10-31/0C deb olish lozim.
Ishni bajarish tartibi

  1. Xonadagi termometrdan xona temperaturasini yozib oling.

  2. AVO metr yordamida lampa tolasining sovuq holatdagi qarshiligini o’lchang.

  3. (2) ifodadan foydalanib tolaning 00C dagi R0 qarshiligini hisoblang.

  4. 65-rasmdagi sxema asosida elektr zanjiri yig’ing va uning to’g’riligini o’qituvchiga tekshirtiring.







  1. reostat jilgichini surib uni turli holatlarga qo’ying, har bir holat uchun tok kuchi va kuchlanishning qiymatlarini yozib oling (kamida olti marta).

  2. har bir o’lchash uchun tolaning qarshiligi va temperaturasini hisoblang (R0 va 2 lardan foydalangan holda).

  3. olingan natijalarni qo’yidagi jadvalga kiriting.






I (mA)

U (B)

R0 (Ω)

Rt (Ω)

T (0C)

1
















2
















3
















4
















8) voltamper xarakteristikani va qarshilikning temperaturaga bog’liqlik grafiklarini chizing.


9) xulosa chiqaring.
Savollar:

  1. Metallar elektr qarshiligining temperaturaga bog’liqligi nima bilan tushuntiriladi?

  2. Qarshilik o’zgarishining termik koeffitsiyentining fizik ma’nosini tushuntiring.

  3. Bu tajribada o’lchash xatoliklarining asosiy manbalari nimalar deb hisoblaysiz?

  4. Tajribada o’lchash aniqligini oshirish uchun qanday usullardan foydalanish mumkin?

  5. O’tkazgich qarshiligi o’tkazgichning qanday parametrlariga bog’liq?

  6. Metallar elektr o’tkazuvchanligining klassik elektron nazariyasining mohiyati va asosiy xulosalari haqida gapiring.



Adabiyotlar.



  1. J. A. Toshxonova, J.Kamolov. Fizikadan praktikum. Elektr va magnetizm. O‘quv qo‘llanma- Toshkent: 2006 y.

  2. S. Tursunov S. “Elektr va magnetizm”, 1996 y.

  3. И. В. Савельев “Умумий физика курси”, 2-том, 1985y.

  4. A. Ahmadjonov «Fizika kursi, Optika, atom va yadro fizikasi» T. 1983y.

Yüklə 44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə