|
14-mavzu: Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o`rgatish metodikasi
|
səhifə | 1/11 | tarix | 25.12.2023 | ölçüsü | 246,15 Kb. | | #161199 |
| 14-mavzu11 14-mavzu:Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o`rgatish metodikasi Fan o’qituvchisi: Sharipova M.B Reja: - 1Ertak va hikoya janrining o`xshash va farqli jihatlari
- 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni hikoya va ertak janridagi asarlar bilan tanishtirish
- 3.Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish
- 4.Hikoya qilishni o’rgatish.
- 5.Hikoyalar turlari va ularning izchilligi.
- 6.Ijodiy hikoya qilishga o`rgatish
Mavzuga oid manbalar: - Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999
- R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog`chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993.
- F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o`zbekcha so`zlashishga o`rgatish. T., “O`qituvchi” 1993
- R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog’och, 1998.
- F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o`rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004.
- F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006.
- Babayeva D.R. “Nutq o`stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O`quv qo`llanma
Tayanch tushunchalar va iboralar: - badiiy adabiyot,kichik janrlar,hikoya, ertak, maktabgacha ta’lim muassasasi,ijodiy hikoya, matn va mazmun.
Hikoya qilish metodikasi - Bolalarning birgalikdagi hayot tajribalaridan olingan voqealar: ekskursiya, sayr, mehnat jarayoni, jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalash. Hikoya qilayotganda tevarak-atrof- dagi buyum, voqea-hodisalarning nomini, ularning o'ziga xos xususiyatlarini, xatti-harakatlarini to'g'ri ifodalashga, voqea- larning vaqti va joyini ko'rsatishga o'rgatish. Topishmoqlar o'ylab topishga undash.
- Ikkinchi yarim yillik. Bolalarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishni davom ettirish.
- Bolalarni manzarali suratlar bo'yicha maxsus hikoyalar to'qishga o'rgatish, ularni surat mazmunini tushunishga, surat¬dagi manzarani tevarak-atrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga. o'z hikoyalarida tasviriy so'z va iboralardan foydalanishga o'rgatishni davom ettirish. Bolalar mustaqil hikoya tuzayotganlarida og'zaki nutq shakllaridan foydalanishlariga erishish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|