15-mavzu: ta’lim jarayonida texnologik yondashuv oliy o‘quv yurtlarida psixologiyani o‘qitishning maqsadlari. Psixologik bilimlarni amaliy qo‘llash



Yüklə 19,32 Kb.
tarix27.05.2023
ölçüsü19,32 Kb.
#113491
15-mavzu psixologiya


15-MAVZU: TA’LIM JARAYONIDA TEXNOLOGIK YONDASHUV
1.Oliy o‘quv yurtlarida psixologiyani o‘qitishning maqsadlari.
2. Psixologik bilimlarni amaliy qo‘llash.
3.Psixologiyani o‘qitish, jarayonida talabalarni texnologik jihatdan qurollantirish.
Talabalarni har qanday fanlarni o‘rganishlaridan asosiy maqsadi hayotiy vazifalarga va amaliy masalalarga ilmiy nuqtai nazardan yondashgan holda o‘rganishdir. Psixologiyani o‘rganishda talaba fanni inson psixologiyasining harakatlari har bir odamning hulq-atvor ko‘rinishlarining xususiyatlarini tushunish va tushuntirib berish, shaxs psixologiyasida ilmiy yo‘nalishlarni tahlil qilish maqsadida va shuning asosida ular bilan kundalik hayotda to‘g‘ri munosabatlarda bo‘lishiga o‘rganib olish keraqligini bildiradi.
Bu maqsad umumiy bo‘lib har qanday fanni o‘rganishga ham talluqli bo‘lgani bilan, u faqatgina talabaning faoliyatiga tegishlidir aynan u bunga erishishga intilishi kerak.
O‘qituvchi faoliyati haqida gapiradigan bo‘lsak, uning faoliyati, talabanikidan farqli o‘ziga xos xususiyatga ega. Talabaning maqsadi - fanni o‘rganish, o‘qituvchining maqsadi - uni tadbiq etishdir. Bu maqsadlar oxiri oqibat birlashadilar lekin, maqsadlarni qo‘yish jarayonida ular turli ko‘rinishga ega bo‘ladilar; talaba o‘qituvchidan «bilim olishga» intiladi, o‘qituvchi esa unga ana shu zarur bilimlarni «berishga» va mavjud bilimlardan foydalanishga o‘rganishga harakat qiladi.
Psixologiyani o‘rganishda har bir talaba o‘zining bo‘lajak kasbidan qat’iy nazar shaxsning xarakteri va qobiliyatlarini temperamentini va boshqa xislatlarini aniqlashda, insonning harakatlari va qilayotgan ishlarini baholash va tahlil qilishda jamiyatda jamoada boshqa odamlar bilan shaxsiy munosabatlarda psixologik fikrlashga o‘rganib olishi kerak.
Shunday qilib, psixologiyani o‘qitish, jarayonida talabalarni psixologiyadan olgan bilimlari, o‘quv maqsadlari asosida ta’lim jarayonining uning natijalarida birlashadi; undan boshqa odamlar bilan munosabatlarda ilmiy psixologik bilimlariga amaliy tayanish mahoratini rivojlantiradi va o‘z navbatida aynan psixologik fikrlash mahorati shakllanishini bildiradi. O‘z oldimizga u yoki bu mavzu va bo‘limlarni o‘qitishni maqsad qilib qo‘yar ekanmiz, fanning turli sohalari xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Misol uchun nazariy (umumiy) psixologiyani tushuntiruvchi deb nomlash qabul qilingan, amaliy psixologiyani esa hayotiy haqiqatning turli tomonlarida bu nazariyani: psixik hodisalar holatlari va vaziyatlariga amaliy qo‘shimcha deb hisoblashadi. Amo amaliy psixologiya ham haqiqiy psixik hayotdagi aniq faktlarni tushuntiradi jumladan, ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy hayot hodisalarini guruhlar xulqi hodisalarini injenerlik psixologiyasi-insonning texnika bilan o‘zaro munosabati xususiyatlarini, pedagogik psixologiya o‘qitish va tarbiyaning samaradorligi shartlari bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni, tibiyot psixologiyasi – inson salomatligini yaxshilanishi va yomonlashishini sabablarini, harbiy psixologiya - insonning xavotirli vaziyatlardagi harakatlari xususiyatlarini va shu kabi.
Shunday qilib, amaliy psixologiyaning vazifasi nazariy ya’ni umumiy psixologiya kabi tushuntiruvchi hisoblanadi lekin psixologiyaning har bir sohasiga talluqli qiziqishlar doirasidagi hodisalarga nisbatan amaliy hisoblanadi.
Psixologik bilimlarni amaliy qo‘llashga kelsak, nazariy va amaliy psixologiya uchun u hodisalarni tushuntirishdan iborat bo‘ladi, birinchi holatda - bilimlar tor sohasi nuqtai nazaridan amaliy psixologiya aniq bir nazariyasini misol uchun insonning hulqi sabablarini ma’lum ehtiyojlaridan kelib chiqishi haqidagi umumpsixologik nazariya asosida tushuntirish mumkin, uchuvchi sinovchining doimiy xatarli harakatlari sabablar esa aviasiya psixologiyasi nuqtai nazaridan tushuntirish kerak bo‘ladi, chunki talablarning o‘zi bu erda aniq va o‘ziga xoslikni anglab etishlari kerak. O‘ama narsada ham huddi shunday hodisalarni kuzatish mumkin.
Endi savol; psixologiyaning amaliy sohalariga psixologik nazariya xizmat qilsa uni amaliy qo‘llash deganda nimalar nazarda tutilishi mumkin? Bu savolga javob berish amaliy fanlarni o‘qitish maqsadi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu savolga javob ijobiy bo‘lish kerak: amaliy emas balki nazariy masalalarni hal etishda nazariyani amaliy qo‘llash deb hisoblash mumkin.
Faoliyatning umumiy psixologik nazariyasi yoki masalan rivojlanish va o‘qitish (ya’ni pedagogik psixologiya sohasiga) yoki uyin faoliyatida bola shaxsini shakllantirish qonuniyatlarini aniqlashga (ya’ni yosh psixologiyasi sohasiga) qo‘llaydigan bo‘lsak, bu biologiya qonunlarini tibiyot yoki zoologiya o‘rganadigan hodisalarni tushuntirishga matematika qonunlarini, qatiq jismlar fizikasi sohasi o‘rgatadigan hodisalarni tushuntirishi uchun qo‘llagandek yo‘l tutgan bo‘lamiz.
Shuni ham aytish kerakki, psixologiyaning umumiy nazariyasi faqatgina amaliy psixologik fanlarda, balki boshqa «begona» fanlarda shuningdek masalan pedagogikada yoki sosiologiyada ham hodisalarni nazariy tushuntirishda qo‘llanilishi mumkin.
Umumiy yoki amaliy psixologik nazariyani boshqa yaqin bo‘lgan yoki yaqin bo‘lmagan fanlarda nazariy o‘rganish masalalariga amaliyotni qo‘llash psixologik nazariyani amalda qo‘llashning ikki turidan biri hisoblanadi. Biri psixik hodisalarni tushuntirish uchun qo‘llash deb aytish mumkin, ikkinchisi - psixologik hodisalarni qayta o‘zgartirish ularni tuzatish uchun qo‘llash deb nomlash mumkin u amaliy psixologiya vazifasiga kiradi uning ilmiy nomi psixotexnika deb ataladi.
O‘ozir biz aniqlab olganimizdek amaliy psixologiyaning qoidasi nazariy psixologiya qoidasi bilan teng holda psixik hodisalarni tushuntirish uchun qo‘llaniladi. lekin tushuntirish mavjud bo‘lgan hodisa va voqealarnigina emas balki qayta tashkil etishlaridan keyin paydo bo‘ladiganlarga ham talluqli ekan; shuningdek, ta’lim tarbiya, psixokorreksiya, psixoterapiya va shu kabilar. Amaliy psixologiya voqealarni pozitiv tuzatishga yoki keraqli yangi ma’lumotlarni tadbiq etishga, undan foydalanish faqatgina tushuntirish emas, balki qo‘llash bo‘lib qoladi.
Shunday qilib amaliy psixologiya ikki turda amaliy qo‘llanilishi ya’ni aniq psixologik voqealarni tushuntirish uchun (amaliy psixologiyaning nazariy qismi) va psixikaning u yoki bu tomonlarini qayta tashkil etish mumkin (amaliy psixologiyaning amaliy qismi yoki psixotexnika)
Agarda o‘quv yurtining psixologiya o‘qituvchisi talabalarning ijodiy fikrlashlarini rivojlantirish bilan mashg‘ul bo‘lsa, va bunda maxsus intellektual mashqlar yordamiga tayansa bunda faqatgina nazariy psixologiyadagi nazariyalardagi haqiqatni asoslab berish, uning qonuniyatlarini tushuntirish bilan shug‘ullansa, balki amaliy psixologiya psixotexnika bilan yondoshadi, chunki fikrlash ko‘nikmalarini amaliy shakllanishiga nazariy psixologiya materiallariga tayangan holda fikrlash masalalarini (analitik semantik) hal etish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.
Shunday qilib, psixologiyani o‘rganishning umumiy maqsadi o‘quvchilarda (talabalarda) psixik hodisalar va holatlarini ilmiy tushuntirish uchun o‘z bilimlarini qo‘llab psixologik fikrlash mahoratini shakllantirish hamda inson shaxsining rivojlantirish maqsadida uning psixikasini qayta o‘zgartirish hisoblanadi. Ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etish, hulq-atvorni psixologik tuzatish yoki nerv psixik kasalliklarni psixoterapevtik davolash va boshqalar.
Ushbu umumiy maqsad biz yuqorida ko‘rganimizdek qator aniq maqsadlarga ajratilishi kerak. Psixologiyani o‘rganishning aniq maqsadlarini ajratish tamoiyllaridan biri talabalarni, bulajak mutaxassis sifatida kasbga yo‘naltirish tamoyli hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan ham barcha talabalarni ikki katta guruhlarga ajratish mumkin:
1) ko‘pchilik - bu psixologiya mutaxassisligi talabalari;
2) kichik guruh - bu talaba psixologlar. O‘ar ikki guruh uchun ham psixologiyani o‘qitishdan umumiy maqsad bita lekin, aniq maqsadlar ularda turlichadir.
Avvalo mutaxassis - psixolog bo‘lishni maqsad qilmagan ko‘pchilik talabalar psixologiyani o‘rganishlari, maqsadlarini ko‘rib chiqishdan boshlaymiz.
Agarda umumiy maqsad bita bo‘lsa ya’ni amaliy masalalarni hal etish uchun nazariy bilimlarni qo‘llash orqali psixologik fikrlash mahoratini shakllantirish bo‘lsa unda savol tug‘iladi. Psixolog bo‘lmagan mutaxassisning kasbiy faoliyatiga kiruvchi qaysi harakatlarda bu bilimlarni qo‘llash mahorati kerak bo‘ladi.
Mashhur psixolog E.A.Klimovning fikriga ko‘ra psixologik bilimlar har qanday psixolog bo‘lmagan mutaxassislar uchun «psixologik bilimdonlik» uchun kerak chunki unga g‘oyalar, faktlar, qarashlarni boshqalarning ongiga etkazishga to‘g‘ri keladi. Bir birini tushunishga harakat qilish o‘qitish, boshqarish bundan tashqari u «o‘zining ichki dunyosini va o‘zini takomillashtirishni ilmiy asosda yaxshi boshqarish» ham muhim hisoblaydi. Chunki bular faqatgina psixolog bo‘lmaganlargina talluqli deb hisoblashgina emas, balki bir xil darajada ekanligini inobatga olish lozim. Mutaxassis psixologlarga ham talluqli deb hisoblash mumkin, shunda psixolog bo‘lmagan talabalarning o‘qishdan maqsadlari bir birlarini tushunish, o‘rganish, boshqarish uchun psixologik bilimdonlik deb tan olish qoladi. Bu bilan har qanday mutaxassis ham shug‘ullanadi.
Bu fikrni to‘g‘ri deb hisoblash mumkin lekin qaysi bilimga qarab odamni etarli darajada psixologik bilimdonlar yoki etarli bilimga ega bo‘lmagan odamlar qatoriga kiritish mumkinligini aniqlab olish mumkin.
Psixologiya masalalarida etarlicha bilimdonlik chegaralari kasbiy faoliyatining har bir sohasi uchun faqatgina o‘ziga xos bo‘lish mumkin. Misol uchun shaxta direktorining psixologik bilimdonligi shaxtiyorlar birgadiri psixologik bilimdonligidan so‘zsiz farq qiladi. Bu ularning xizmat lavozimlari pog‘onasi turlicha bo‘lgani uchun emas balki ularning faoliyatlari xarakterida farq bo‘lganligi sabablidir ular turli masalalarni hal etadilar shunga qarab odamlarning o‘zaro munosabatlarini tahlil qiladilar va baholaydilar ularni o‘rgatadilar va boshqaradilar. Haqiqatdan ham xo‘jalik masalalarini hal etish uchun shaxta direktori iqtisodchi va yurist konsultant bilan bir birlarini tushunishlari kerak bo‘lsa brigadirda bunday zaruriyat hech qachon yuzaga kelmasa kerak shuning uchun bunday masalalarda psixologik bilimdon bo‘lishga unchalik zaruriyat bo‘lmaydi.
Boshqa turli soha mutaxassis rahbarlari uchun ham psixologik bilimdonlik haqidagi masalada aynan shu holat takrorlanadi.
Endi psixolog mutaxassisligi bo‘yicha talabalarning psixologiyani o‘rganish aniq maqsadlarini ko‘rib chiqamiz. Umumiy maqsad - psixologik fikrlashga o‘rganish albata mutaxassis bo‘lmagan psixologlarga nisbatan yanada ko‘proq darajada bilimlar zahirasiga ega bo‘lishi lozim. Psixologik fikrlashga o‘rganish orqali amaliy psixolog mutaxassis hisoblanmaydi. Mutaxassis amaliyotchi uchun bu unchalik muhim bo‘lmaydi, biroq psixologik fikrlash, bilish va mahoratlari albata ularning obro‘sini ko‘tarishi mumkin edi.
Amo turli yo‘nalishdagi mutaxassisliklarda (nazariy amaliy) psixologni o‘rganish umumiy maqsadi bilan bir qatorda o‘zining aniq maqsadlari ham bor.
Misol uchun psixolog amaliyotchi masalasi Nizomiy nomidagi TDPU psixologiya fakulteti talabasi faqatgina psixologiyaning akademik bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, balki psixologiyaning fundamental muamolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borishga tayyor bo‘lish kerak, bu bilimlar orqali o‘zining fan haqidagi bilimlarini kengaytirib boradi. Shu bilan birga u psixologiyaning amaliy sohasida mutaxassis bo‘lmasligi va amaliy psixologiya sohasida yuksak mahorat bilan hech narsani bajarmasligi mumkin. Bunday holat so‘nggi chegara bo‘lsin (haqiqatda psixolog amaliyotchi albata amaliy ishlarni ham ko‘plab bajarishi kerak) lekin u psixolog amaliyotchini o‘qitishning o‘ziga xos maqsadini yaqqol namoyon etadi.
Uning vazifasi - fanni yanada rivojlantirish ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi va metodikasini egallay olish mamlakatimizdagi hamda chet el nazariy psixologiyasining hozirgi holatini bilishi, fanni yanada rivojlanish manfatlarini talab qiladigan tadqiqotlarni bilish kerak.
Bunday mutaxassisni o‘qitishning aniq maqsadlari uning mohiyati bo‘yicha psixologiyani fan sifatida o‘rgatishdan umumiy maqsad - ilmiy bilimlarni amaliy qo‘llashni o‘rganib olish, psixologik fikrlashni bilish lekin amaliy masalalarni hal etishdan ko‘ra ko‘proq nazariy masalalarni hal etish uchun nazariyani qayta o‘zlashtirish uchun emas, balki ilgari tushuntirib berilmagan psixik hodisalarni tushuntirib berish orqali qo‘llashga o‘rganib olish kerak.
Amaliy psixologiyaga ixtisoslashgan psixologni tayyorlashning aniq maqsadi boshqacha ko‘rinishda bo‘ladi - pedagogik ishi huquqiy (yuridik) injenerlik tibiyot (kilinik) va boshqalar, tor doiradagi tadqiqotlar aniq sohalarida psixik hodisalarni tushuntirish uchun qo‘llanilishi lozim, o‘zining amaliy qismida esa (psixotexnikada) psixikani qayta tuzish uchun qo‘llaniladi. Amaliy psixologiyaning bunday ikki xil vazifasi o‘qitish maqsadini va uni talabalar o‘rganishlarining maqsadini ham alohida usulda o‘z oldimizga kiritishimizga majbur etadi. Maqsadni shunday quyish bizningcha to‘g‘ri bo‘ladi; tanlangan psixologiya sohasida psixik hodisalarni tahlil qilish baholash va tushuntirish uchun, o‘quvchilarda fikrlash doirasini psixologik shakllantirish haqida, psixologiyaning ushbu sohasi inson psixikasini ijobiy o‘zgarishiga, bu sohasidagi ilmiy qoidalarini qo‘llash va ushbu usullarini ular o‘zlashtirib olishlari lozim. Misol uchun tibiyot instituti talabasi vrach bo‘lishga tayyorlanar ekan bemorni davolash maqsadida unga psixoprofilaktik ta’sir ko‘rsatish, psixoterapevtik, psixokorreksion ta’sir ko‘rsatishlar metodlarini egallab olishi uchun klinik psixologiyani o‘rganadi. O‘ar qanday maktab o‘qituvchisining qoloqligi yoki aksincha muvaffaqqiyatli o‘qitishning psixologik sabablari har bir o‘quvchini individual o‘rganib tahlil qilish mahoratini egallashi bilan belgilanadi.
Shu bilan birga psixologiya o‘qituvchisi o‘z ishini shunday tashkil qiladiki o‘qitishning umumiy maqsadi - psixologik fikrlashning shakllanishi asosan ma’ruza va seminar mashg‘ulot-larida erishmaslikka harakat qiladi; amaliy mashg‘ulotlarga - laboratoriya hamda maktablarda bolalar bog‘chasida korxona va firmalarda yuridik konsultatsiyalarda, sud va proqraturalarda, tibiyot muassasalaridagi o‘quv mashg‘ulotlarida egallaydilar. Shunday qilib o‘qitish metodikasining samaraliligi birinchi navbatda o‘qitishning maqsadini anglab etish va bunga metodik usullarning barchasining qaratilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Muhammedova D.G‘, Mullaboyeva N.M, Rasulov A.I “Umumiy psixologiya” psixologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik. Toshkent-2017
2.Ergash G‘oziyev Umumiy psixologiya. Psixlogiya mutaxassisligi uchun darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti. Toshkent-2010
3. Myers.D.G Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010
4. Aliyev Islambek Tursunbayevich. Pedagogika va Psixologiya. O‘quv qollanma. Toshkent-2012
5. Qodirov Obid Safarovich. pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni. Samarqand-2021.
Yüklə 19,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə