15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja


Kukunli o‘t o‘chirgichlar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə10/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
15- маъруза лотинча

Kukunli o‘t o‘chirgichlar. Sanoatda OP-1 «Sputnik», OP-1 «Turist», OP-2 va OP-10 kukunli o‘t o‘chirgichlar ko‘p ishlab chiqariladi. Ularda zaryad sifatida kuruq kukunlar olinadi. Kukunlar yonish doirasida kislorodni siqib chiqarib alangani mexanik ravishda o‘chiradi.
Ular avtomobillar, ishqoriy tuproq, metallar, tok ostida bo‘lgan elektr qurilmalar, birdaniga tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqlik va gazlarni o‘chirishga qo‘llaniladi. Kukunning kamchiligi - sovitish xususiyati past. SHuning uchun kukun bilan o‘chirilganda qizigan jismlar yana alangalanib yonishi mumkin.
Har bir ob’ektda albatta birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan tashqari binolar oldida va omborlarda yong‘in o‘chirish vositalari balan jihozlangan maxsus taxtalar bo‘lishi shart. Bunda taxtalarni kerakli jihozlar bilan ta’minlash tashkilotlarining rahbarlariga yoki boshqa javobgar shaxslarga topshiriladi. YOng‘in o‘chirish vositalari va qurilmalarini o‘t o‘chirishga bog‘liq bo‘lmagan ishlarda qo‘llash qat’iy man etiladi. YOng‘in o‘chirish vositalari ob’ektning maydoni va texnologik jarayonlarga qarab hisoblanadi.



8.12-rasm. OP-1 turdagi o‘t o‘chirgich tuzilishi va undan foydalanish
1-korpus; 2-sifonli quvurcha; 3-ishchi gazi uchun ballon; 4-gaz ballon uchun stakan korpusi; 5-membrana; 6- klapan; 7- sepgich tirqishi; 8-shtok; 9- kallak qolpoqi; 10 -xvostovik ; 11- dastak; 12 - kallak; 13-tiqin.
YOng‘inga qarshi ishlatiladigan anjomlar



YOng‘inni o‘chirishda qo‘llaniladigan moddalar, ularning sinflanishi va xususiyatlari
Qishloq xo‘jaligi bino va inshootlarining yong‘inini o‘chirish uchun suv, suv
bug‘i, ko‘pik, inert gazlar, turli kukunlar, siqilgan havo va qattiq moddalar keng qo‘llaniladi. O‘t o‘chirish moddalari elektr o‘tkazish (suv va boshq.) va elektr o‘tkazmaslik (gazlar, kukunlar) xossalariga ega bo‘ladi. SHuningdek, zaharli (brometil, freon), kam zaharli (azot, ko‘mir kislota) va zaharsiz (suv, ko‘pik, kukunlar) turlarga bo‘linadi. SHuning uchun ishlab chiqarish ob’ekt va maydonlarini yong‘in o‘chirish moddalari bilan ta’minlashda va yong‘inni o‘chirishda biror uslubni qabul qilganda ularni hisobga olish kerak.
Suv - eng ko‘p tarqalgan, oson topiladigan, qulay ishlatiladigan o‘t o‘chiruvchi modda hisoblanadi. U yuqori issiqlik sig‘imiga ega bo‘lgani uchun olovni o‘chirish jarayonida yonayotgan moddalardan juda ko‘p issiqlikni oladi. Bir gramm suvni bug‘ga aylantirish uchun 2,26 kJ issiqlik sarf qilinadi. Suvning kamchiliklari - issiqlik sig‘imidan foydalanish koeffitsienti past, elektr o‘tkazuvchan, chang qatlamiga ta’sir etganda portlovchi xavfli aralashma hosil qiladi. SHu sababli suv ko‘p holatlarda ishlatilmaydi. Ayniqsa kalsiy karbidga suv tushganda yong‘in sodir bo‘ladi va portlashga xavfli gaz-atsetilen ajraladi, so‘ndirilmagan ohak esa - juda katta issiqlik chiqarib, yonidagi yonuvchi materiallarni yondiradi.
Ko‘pincha yong‘inni o‘chirish uchun suv va 3-10% li brometil va boshqa aralashmalardan tayyorlangan eritmalar ishlatiladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə