15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja


Ko‘pik sovutkich vazifasini bajarib, ma’lum vaqt ichida kislorodni issiq yuzaga kirishiga qarshi turish qobiliyati ega. Kimyoviy ko‘pik



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə11/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
15- маъруза лотинча

Ko‘pik sovutkich vazifasini bajarib, ma’lum vaqt ichida kislorodni issiq yuzaga kirishiga qarshi turish qobiliyati ega.
Kimyoviy ko‘pik-ko‘piksimon kukunlarni qo‘llaganda generatorlar yordamida hosil qilinadi. Ko‘pik kukun sariq-kul rang ko‘rinishida bo‘lib, kislota va ishqordan iborat. Kislota qismiga odatda mayin maydalangan alyuminiy sulfat, ishqorga esa - maydalangan natriy gidrokarbonat olinadi. Bu ko‘pik neft mahsulotlari, spirt, atseton va boshqa moddalarni o‘chirishda qo‘llaniladi. Kimyoviy ko‘pik hajmi bo‘yicha 80% karbonat angidrid, 19,7% suv va 0,3% ko‘pik hosil qiluvchi moddadan iborat. Ko‘pikning turg‘unligi (to‘la parchalanguncha) 40 daqiqaga yaqin.
Mexanikaviy-havo ko‘pik neft mahsulotlarini o‘chirishda qo‘llaniladi. U suv, havo va ko‘pik hosil qiluvchi moddalarni maxsus generator stvollarida va o‘t o‘chirgichlarda tez aralashishi natijasida olinadi. Mexanikaviy havo ko‘pik amalda agressiv kimyoviy xossalarga ega emas, kimyoviy ko‘pikka nisbatan elektr o‘tkazuvchanligi kamroq bo‘lgani uchun elektr qurilmalarni kuchlanishi bo‘lganda ham (masofadan turib, tizillab chiquvchi ko‘pik bilan) o‘chirishda qo‘llaniladi.
Karbonat angidrid gazi - CO2, - inert, rangsiz gaz, havodan 1.5 marta og‘ir, 0° da bosimi 3,6 MPa da suyuq holatga aylanadi. O‘t o‘chirgichdan purkalganda juda tez kengayadi (500 martagacha) va past (-72°) haroratli, qorsimon massaga aylanadi. Karbonat angidridning asosiy xosslaridan biri shundan iboratki, u erimasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz holatiga aylanadi. Karbonat angidrid gazining elektr neytralligi kuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarni o‘chirishda qo‘llash imkoniyatini beradi. YOnayotgan xonadagi hajmga nisbatan CO2 aralashmasi 30% dan kam bo‘lmasa karbonat angidrid gazi ishlatilganda yong‘in butunlay to‘xtaydi. Bu gaz yordamida berk imoratlarni o‘chirishda yaxshi natijalar olinadi.
Kukunlar suv bilan reaksiyaga kirishuvchi ishqoriy metallar, alyuminiy organik birikmalar, fosfor. yonuvchi suyuqliklar va boshqa moddalar. Ular suv va ko‘pikdan buziluvchi qimmatli hujjatlar, suratlar va boshqa qimmatbaho materiallarni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Kukunli o‘t o‘chirgichlar PS-1 va PS-2 tarkibi bilan ishlab chiqariladi. Kukun elektr o‘tkazmaydi, odam uchun zararsiz, arzon, tashish va saklash qulay. Past haroratda muzlamaydi. Juda ko‘p yonuvchi suyukliklarni o‘chirishda qo‘llaniladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə