15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja


Qishloq xo‘jaligi obyektlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə13/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
15- маъруза лотинча

Qishloq xo‘jaligi obyektlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari
Qayta ishlash obyektlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari
Elevatorlarda quyidagilar taqiqlanadi:
a) bitta silosda (bunkerda) turli mahsulotlarni birgalikda saqlash;
b) ishlab chiqarish xonalarida joylashgan bunker va siloslarda aspiratsion chiqindilar va sanoat changlarini yig‘ish va saqlash.
Sholi, tariq va grechixa po‘choqlari don zavodining ikki kun ishlashi uchun sig‘imga ega bunker tipidagi omborlarda saqlanishi kerak. Po‘choqlarni ochiq joylarda va ayvonlar ostida saqlash taqiqlanadi.
Shrot va kunjaralarning harorati 35°C dan yuqori bo‘lganda, ulardagi namlikning massa ulushi va erituvchining qoldiq miqdori texnologik yo‘riqnomalarda belgilangandan ortiq bo‘lganda ularni omborxonalarga joylashtirish taqiqlanadi. Saqlanayotgan shrot va kunjaralarning harorati har kuni o‘lchab turilishi kerak.
O‘z-o‘zidan yonish holatlarining oldini olish uchun shrot, kunjara va boshqa unli xomashyolarni vaqti-vaqti bilan egallab turgan sig‘imlardan bo‘shlariga ko‘chirib turish kerak. Ushbu ishlarni bunker va siloslarda uzluksiz saqlashning ruxsat etilgan muddatlari asosida ishlab chiqilgan jadvallarga muvofiq amalga oshirish lozim.
Parrandachilik va chorvachilik obyektlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari
Ichki (biriktirilgan) vakuum-nasos, issiqlik ishlab chiqarish, olov yordamida ozuqa pishirish va isitish, shuningdek, chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida yirik ozuqa zaxirasini saqlash uchun xonalar yong‘inga qarshi to‘siqlar bilan ajratilgan bo‘lishi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqariga chiqish joylari bilan ta’minlanishi kerak.
Chorvachilik va parrandachilik uchun mo‘ljallangan binolarda transport vositalari, traktorlar va qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun sexlar, omborlar va avtoturgohlarni tashkil etish, shuningdek, xo‘jalikka texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Chorvachilik va parrandachilik binolariga uchqun so‘ndirgich bilan jihozlanmagan traktorlar, avtomobillar va qishloq xo‘jaligi mashinalari kirishi taqiqlanadi.
Chorvachilik uchun mo‘ljallangan binolarning darvozalari va eshiklari faqat tashqariga ochilishi hamda to‘sib qo‘yilmagan bo‘lishi kerak. Darvoza va eshiklar oldidagi barcha joylar har doim qordan tozalangan bo‘lishi kerak. Kirish joylariga ostona, zina va boshqalar o‘rnatilishiga ruxsat etilmaydi.
Chorva mollari va parrandalarni saqlash uchun binolarning darvozalari va eshiklari faqat oson ochiladigan zulfinlar yoki ilgaklar bilan yopilishi mumkin. Ushbu maqsadlar uchun qulflardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chorvachilik fermalarida (majmualarida) 20 yoki undan ortiq bosh qoramollar bo‘lganda guruhli bog‘lash usulidan foydalanish kerak. Bog‘lash konstruksiyasi yong‘in sodir bo‘lganda hayvonlar binolarni tezda tark etishini ta’minlashi kerak.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə